Mavzu: ona tili darslarida matn ustida ishlash



Yüklə 23,35 Kb.
səhifə1/2
tarix27.04.2023
ölçüsü23,35 Kb.
#103581
  1   2
1. Ona tili darslarida matn ustida ishlash


MAVZU: ONA TILI DARSLARIDA MATN USTIDA ISHLASH.
Reja:

  1. Matn ustida ishlashning asosiy bosqichlari.

  2. Har xil turdagi matnlarni o’qitish metodikasi.

  3. Matn ustida ishlashda tanlab o’qish matnni tasvirlash usullaridan foydalanish.


KIRISH
Yangi O’zbekistonni buyuk davlatga aylanishida ta‟lim-tarbiya ishlarini oqilona yo’lga qo’yish, o’quvchilarni zamonaviy ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiya yutuqlari bilan doimiy ravishda tanishtirib borish benihoya katta ahamiyatga ega. Chunki taraqqiyot taqdirini ma`naviy jihatdan yetuk, texnikaviy bilimlar va murakkab texnologiyani egallagan, irodasi baquvvat, iymoni butun, zamonaviy fikrlaydigan, yuksak salohiyatliyoshlar hal qiladi. Shuning uchun, mamlakatimiz tomonidan ta'lim muassasalari faoliyatini tubdan yaxshilash, eng ilg'or xorijiy tajribani o'rganish, har jihatdan zamonaviy tizim yaratish masalalariga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. O’quvchilarining qiziqish va intilishlarini hisobga olgan holda, ularga har tomonlama puxta ta'lim va tarbiya berish, dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, qalbi va ongiga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirib borish, shu orqali ularni ona Vatanga muhabbat, pokiza orzular ruhida kamol toptirish bugungi kundagi eng muhim, eng dolzarb masalalardan biridir.
Asosiy qism.
Insoniyatning ijtimoiy siyosiy taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan ilmiy manbalarni avlodlarga meros qilib qoldirish uchun birdan –bir imkoniyat –matn va yaratish ilmi bilan shug’ullanishdir. Demak til imkoniyat, matn esa natijadir; matn egallagan bilim, ko’nikma va malakalar hosilasi. “Zero, mustaqil yaratilgan matn–o’quvchi tafakkuri qobiliyatining voqealanishi, tugal bir mazmunning o’quvchi tomonidan kashf etilishi, uni yuzaga chiqishidir”. Ona tili ta’limida matn yaratish va matn ustida ishlash usullari bag’oyat xilma –xil.
1. Berilgan matndan o’rganiladigan mavzuga oid so’zlarni ajratish, ularni so’z turkumlari bo’yicha guruhlash, so’z yasovchi, so’z o’zgartiruvchi, shakl yasovchi qo’shimchalarni guruhlash.
2. Matndagi sodda gaplardan qo’shma gaplar hosil qilish, qo’shma gaplarni soddalashtirish.
3. Ajratilgan sodda qo’shma gaplarni sintaktik tahlil qilish.
4. She’riy yo’l bilan yozilgan asarlarni nasriy yo’l bilan gapirib berish.
5. Matndagi qo’shma gaplarni ajratish, turlarini aniqlash.O’quvchilarda matn ustida mustaqil ishlash ko’nikmalarini shakllantirish uchun o’qituvchi tomonidan tavsiya qilinadigan tayyor matnlar 5 –9 sinflar uchun ona tili o’quv dasturi talabi asosida tanlanadi. Matnning turini aniqlash, qaysi uslubga xosligini aniqlash, matndagi tinish belgilarini to’g’ri va o’rinli qo’llash ko’nikmalari shakllantiriladi.
Matnni kengaytirish –bu matnga epigraf tanlash, maqol, hikmatli so’zlar, iboralar tasviriy ifoda bilan boyitish, ilmiy matnni badiiy matnga aylantirish aniqlovchi, to’ldiruvchi, hol,ega kesimlardan samarali foydalanish kerak; (So’z va gap kengaytiruvchilar). Matnni ixchamlash –bunda matn mazmunini o’zgartirmagan holda, matnni takrordan tozalash, xatolarni bartaraf etish matn mazmuniga mos kelmaydigan kiritmalardan voz kechish, ularni kamaytirish, abzaslarni birlashtirish kerak.Matnni davom ettirish –kirish qismi berilgan matnni davom ettiriladi.Umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchilar matn ustida ishlash va matn yaratish jarayonining o’zaro aloqadorlikka erishish, gazeta, jurnal, badiiy va ilmiy adabiyot manbalari, kompyuter, internet tizimi, saqlanayotgan axborotlar mavzuga oid ma’lumotlaridan foydalanishga odatlantirish kerak. Matnni imloviy, uslubiy nuqsonlarini topish, ularni mustaqil bartaraf etishni o’rganish kerak.O’quvchilarning nutq madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish umumta’lim maktablari ona tili darslarining asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqsad sari eltadigan usullar sirasiga badiiy asarlardan olingan ayrim gaplar, kichik parchalar ustida olib boriladigan ishlar ham kiradi. Bunday misollar bilan ishlash metodikasi esa qator o’ziga xosliklarga ega. Bu o’ziga xoslik bir jihatdan ularni idrok etish bilan bog’liq. Ona tili darslarida o’quvchilarning badiiy asarni badiiy idrok etish, shu orqali olam haqida, voqea-hodisalar to’g’risida obrazli fikr yuritish ko’nikmalari badiiy asarlardan keltirilgan illustrativ materiallar asosida muvaffaqiyatliroq shakllantirilishi mumkin.
Berilgan matndagi gaplarni ajratish.O’rta maktablarning V –VI sinflarida, ayniqsa boshlang’ich sinflarda matnni gaplarga ajratish usuli samarali foydalaniladi. O'quvchi berilgan matnda tinish belgilar tushib qoldirilgan gaplarni aniqlaydilar, har bir gapning nisbiy tugallangan mazmunga ega bo’lishini anglab oladilar. Shuningdek, gap tuzishga, har bir gapning qanday gap ekanligini ajratishga odatlanadi. Ularda qanday tinish belgilar qo’yilishini bilib oladilar. Hatto so’z va gaplarni bir-biridan farqlaydilar. Berilgan so’zlar yordamida gap tuzishga o’rganadilar. Masalan: V sinf«Ona tili» darsligida 17-dars gap mavzusini o’rgatishga qaratilgan. Darslikda berilgan 60-61-62 mashqlar o’quvchilarni gap tuzishga, so’z va gapning farqini ajratish, hatto bitta so’zdan ham gap haqida dastlabki nazariy ma’lumotlar berishda berilgan matn tarkibidagi har bir gapni aniqlash, qanday tinish belgilar qo’yilishi anglab olish lozim bo’ladi.Bu esa o’quvchilarni avvaldan nutqida qo’llanib yurgan gaplarga xos sintaktik qonuniyatlarni anglab olishga yaqindan yordam beradi. Hatto matn yaratish jarayonida olingan nazariy bilimlarni amaliy qo’llashiga, yozma nutqining ravon bo’lishiga o’z ijobiy ta’sirini yetkazadi. Masalan: V sinfda «Ko’chirma gap» mavzusini o’qitishda o’quvchilarga avvalo og’zaki matn yaratish keyin esa yozma dialogik matn yaratishtopshiriladi. Bu esa ularning og’zaki nutqidagi har qanday fikrni yozma bayon qila olish malakasini shakllantiradi. Umuman, matn ustida ishlash o’rta maktablarda keng yo’lga qo’yilgan bo’lib, ulardan samarali foydalanish o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqlarining ravon bo’lishlarini ta’minlaydi.
O’quvchilarni mustaqil fikrlashga va o’z fikr mahsulini og’zaki va yozma shakllarda to’g’ri va ravon bayon qila olishga o’rgatish ona tili o’qituvchilari oldida turgan eng dolzarb masaladir. Demak, bu kabi ma’suliyatli ishlarni amalga oshirish maqsadida DTS va darsliklarda bir qancha talablar va topshiriqlar berilgan. Har bir sinfda o’quvchilarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqib talablar belgilab qo’yilgan. Jumladan, V sinf ona tili darsligida ham gap tuzishga o’rgatishga bag’ishlangan topshiriqlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin.-berilgan so’z, tayanch tushuncha, so’z birikmasi, tasviriy ifoda vaiboralardan foydalanib gap tuzish.-berilgan andozaga qarab gap tuzish;-berilgan mavzuli rasmlar asosida gap tuzish;-o’qituvchi tomonidan yoki darslikda tavsiya qilingan mavzuga doir gaptuzish kabi. Ona tilining izchil kursini o’rganish jarayonida gap ustida ishlash va gap tuzish berilgan barcha mashg’ulotlarni tarkibiy qismini tashkil etadi.
Demak, V sinf «Ona tili» darsligida berilgan sintaksis va punktuatsiya bo’limining maqsadi ham shu masalani o’rgatishga qaratilgan. Darslikda berilgan gap, gapda so’zlarning bog’lanishi, gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari, gap bo’laklari, qo’shma gap, ko’chirma gap va ularda tinish belgilarning ifodalanishi kabi mavzular shular jamlasidandir.
Binobarin, ona tili darslarida ona tili darsliklarida berilgan matnni o‘qitish orqali va dars davomida matn ustida ishlash orqali nafaqat ularning bilimini oshirish, shuningdek, dunyoqarashining rivojlanishiga va nutqining o‘sishiga xizmat qiladi.Shu bois, birinchi o‘rinda, o‘quvchilarga matnni o‘qish texnikasiga rioya qilishni o‘rgatish ayni muddaodir. “O‘qish texnikasini egallashda takror o‘qish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayrim o‘quvchilar u yoki bu matnni bir necha marta o‘qishga harakat qiladi. O‘qish faoliyatiga qiziqish, uning mazmuniga ham qiziqishni vujudga keltiradi, bilim olish ehtiyojini tug‘diradi va o‘qish motivlarini tarkib toptiradi”. Binobarin, o‘quvchilar matnni bir martagina emas,balki takror o‘qisalar, matn mazmunini tushunish bilan bir qatorda matndagi leksik va sintaktik birliklarni va tinish belgilarning ishlatilish o‘rinlarini ham o‘rganib oladilar. Aytish kerakki, o‘quvchilar matn tuzishda asosan grammatik shakllardan biri kelishik qo‘shimchalarini o‘rinli ishlata olishlari zarur. O‘quvchilarning nutqida faol ishlatiladiga shakllardan biri qelishik qo‘shimchalaridir.” Ma’lumki, kelishikning mohiyati “oldingi mustaqil so‘zlarni keyingi mustaqil so‘zlarga tobelab bog‘lash”dir.Bu mohiyat faqat ana shu morfologik ko‘rsatkichlar tizimiga ega”. So‘zlashuv nutqida qo‘llaganliklariday matn turlarini tuzish va yozishda ham kelishik qo‘shimchalarining ishlatilish o‘rinlariga e’tibor bilan qo‘llash fikrni aniq ifodalashda xizmat qiladi. Xususan, o‘quvchilar nutqida qaratqich kelishigining o‘rniga ko‘p hollarda tushum kelishigining qo‘shimchasini qo‘llash uchrab turadi. Masalan, otamning so‘zi so‘z birikmasi o‘rniga otamni so‘zi kabi so‘z birikmasini matnda ishlatadilar.Ona tili darsliklaridagi berilgan qoidalarni mukammal o‘rgansalar, bunday xatoliklar bartaraf qilinadi.
O‘quvchilarga muayyan topshiriq asosida o‘qish mashqlarini bajartirish o‘qish sur’atining o‘sishiga, matnning hoyaviy mohiyatini tushunib yetishga savodxonligining oshishiga yordam beradi. Shuning uchun ona tili o‘qituvchisi dastlab “ Matn sarlavhasidan anglagan fikringizni yozing”, “Ikkinchi xatboshini ikki-uch gap bilan asosiy mazmunni gapirib bering” “Uchinchi xat boshidagi g‘oyani qisqacha so‘zlab bering”,”Matnga o‘zingiz sarlavha tanlang va matnga mos tanlagan sarlavhangizni izohlang”,”Matnga o‘zingizning mustaqil holda xulosangizni ayting”,”Matnda qaysi kirish so‘zlardan foydalandingizni tushuntirib bering” kabi topshiriqlarning berilishi ularning matn ustida ishlashga yanada ishlashga va o‘ylab mulohaza qilishga ko‘maklashadi va ularda mustaqil ravishda o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.O‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligida matnda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar ustida ishlash keyingi matn yaratish uchun asos bo‘ladi. Shuni aytish lozimki, matnni o‘qish va dars jarayonida o‘quvchilar va o‘qituvchi hamkorligida turli tipdagi qiziqtiruvchi, faollashtiruvchi savollar va qiziqarli topshiriqlar asosida tahlil qilish o‘quvchilardagi ko‘plab omillarning rivojiga asos bo‘ladi:
-aqliy faoliyati takomillashadi;
-og‘zaki va yozma nutqi o‘sadi;
-mustaqil fikrlash doirasi kengayadi;
-erkin munosabat bildirish ko‘nikmasi rivojlanadi;
-matn mazmuniga oid leksik va sintaktik birliklar tanlashni o‘rganadi;
- so‘z boyligi zahirasi boyib boradi;
- o‘zaro muloqotda mavzuga xos fikr berish takomillashadi
Boshlang’ich sinflarda ona tili ta’limini o’rganishdan asosiy maqsad grammatik va kommunikativ savodxonlikni rivojlantirish, mustaqil, erkin va ijodiy fikrlay oladigan, qiroat va chiroyli so’zlash san’atidan xabardor bo’lgan, yozma va og’zaki nutq hamda matn yaratish ko’nikmalarini mukammal egallagan, ma’naviyati yuksak barkamol shaxsni tarbiyalab yetishtirishdan iborat. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining boshlang’ich sinflarida ona tili ta’limining asosiy maqsadi o’quvchilarning kommunikativ savodxonlik darajasini oshirish, ularni mustaqil va ijobiy fikrlashga yo’naltirish, fikr mahsulini to’g’ri, ravon, o’rinli ifodalashga o’rgatish ekan, uni amalga oshirishning ishonchli omillaridan biri – matn yaratishning samarali texnologiyasini ishlab chiqish, uni o’quv amaliyotiga izchil joriy etish, o’quvchini muammoli o’quv topshiriqlari orqali izlanish va kashf qilishga yo’naltirish, o’quvchi lug’at boyligini kengaytirish jarayonida nutqiy faoliyatini shakllantirish, (so’zning lug’aviy ma’nolarini sharhlash) fikr ifodalash (og’zaki nutq va matn yaratish)da so’zni tanib va tanlab ishlatishni talab qiluvchi o’quv topshiriqlari, nutqiy madaniyatni yuksaltiruvchi ko’nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdir. Boshlang’ich sinfda matn yaratishning asosiy maqsadi – matn ustida ishlash bilan esa matnning tili, mantiqiy va uslubiy shakllanganlik darajasi o’rganiladi, o’quvchining kommunikativ savodxonlik darajasi esa, matn yaratish mahoratini aniqlash jarayonida o’z yechimini topadi. Boshlang’ich sinlarda ona tilining yangi – yangi ifoda imkoniyatlarini izlab topish va uni dars jarayoniga tadbiq etish o’quvchilarning ijodiy tafakkur, hodisalarni kuzatish, anglash, qiyoslash, analiz va sintez, tanlash, guruhlash, yaratish kabi bilish qobiliyatlarini takomillashtirib, ularda milliy mafkura, mustahkam e’tiqod, milliy dunyoqarashini tarkib toptirishga xizmat qiladi. Turli til xodisalari (so’z va iboralarni) ma’nosini to’liq anglash va uni xususiy nutqda qo’llashga intilish – ulardan nutqiy vaziyatga mosini tanlash o’z fikrini ixcham, aniq va ravon ifodalash malakalarining shakllanishi va rivojlanishiga zamin yaratadi.
“Ona tili ta’limi mazmuni” o’quv-metodik qo’llanmasi mualliflari H.Ne’matov, A.G’ulomovlar o’quvchilarni ijodiy yozma ish – matn ustida ishlashga o’rgatishda egallangan bilimlarni quyidagi ko’nikma va malakalar bilan mustahkamlashni tavsiya qiladilar.1 Tilshunos E.Qilichev “Matnning lingvistik tahlili” nomli kitobida “Matn – hamma elementlari o’zaro zich aloqada bo’lgan va avtor nuqtai nazaridan ma'lum bir maqsadga yo’naltirilgan nominativ-estetik axborotni ifodalovchi murakab tuzilma» degan ta'rifni beradi. I.Rasulov esa matnni quyidagicha ta'riflaydi: “Gapdan katta birlik murakkab sintaktik butunlik bo’lib, u fikran va sintaktik jihatdan o’zaro bog`liq bo’lgan gaplar birlashmasidan iborat. Unda fikr gapga nisbatan ancha to’liq bo’ladi”. Ta’limning rivojlanuvchi va takomillashib boruvchi texnologiyasi boshqa fanlar qatori ona tili ta’limida ham keng miqyosdagi umumpedagogik vazifani bajaradi. Boshlang’ich sinf o’quvchisi nutqiy mahoratining yuksalib borishi – ona tili ta’limi mazmuni, o’quv jarayoni va uning to’g’ri shakllantirilishiga bog’liqligi isbot talab qilmaydigan haqiqat bo’lsa, nutq tilning ifoda vositalaridan foydalangan holda voqyeylikka aylangan fikrdir. U nutq a’zolarining ongli harakati jarayonida paydo bo’ladi. Ruhiy hodisa bo’lgan tilning ifoda vositalari nutq ixtiyoriga o’tgach, haqiqatga aylanadi. Demak, nutqning vazifasi – ong, xotira va tafakkurning uyg’unlikdagi faoliyati mahsulini barcha uchun tushunarli, adabiy me’yoriy shaklga kiritish, uni moddiylashtirish (axborotga aylantirishdan) va tinglovchiga yetkazishdan iborat. Tilda har bir unsurning o’z vazifasi, ma'no doirasi, boshqa unsurlar, birliklar bilan bog`lanish qonuniyatlari bor. Ana shu qonunityalardan mukammal boxabar bo’lgan, so’z sezgisi va mahorati yuksak yozuvchi betakror tasvir, kutilmagan, ohorli badiiy lavhalar paydo qila oladi. Shunda kitobxon asarning nafaqat g`oyasi, balki go’zal tilining asiriga aylanadi. Bunda umumxalq tilidagi badiiy tasvirga favqulodda muvofiq birliklarni tanlash, saralash va sayqallash asosida, lisoniy-badiiy qonuniyatlardan kelib chiqqan holda ularga yuklangan xilma-xil badiiy-estetik ma'nolar hal qiluvchi rol o’ynaydi.
XULOSA
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash lozimki, birinchi Prezidentimiz Islom Karimov an’anaviy ta’lim tizimi haqida to’xtalar ekan, “Maktablarimizda bolalar mustaqil fikrlashga o’rgatilmasligi, ta’lim jarayonida o’quvchi passiv tinglovchi, o’qituvchi faol ishlovchi, hukmron ekanligini” – qattiq tanqid ostiga oldi. Umumiy o’rta ta’lim bitiruvchilariniтg erkin fikrlashi, mustaqil matn yaratish malakalari sifati va darajasi ona tilidan DTSlari talabiga javob beradimi? Bu borada ilg’or pedagogik texnologiyalaridan foydalanish qanday?” degan savollari bugun yangi ta’lim dasturlari asosida o’z yechimini yopmoqda. Mustaqil yaratilgan matn –o’quvchining imlo savodxonligi ijodiy tafakkuri, so’z boyligini, nutqiy salohiyatini, qolaversa, o’quvchi mahoratini namoyish etuvchi –ko’zgudir.
Demak, o‘quvchilarda turli tipdagi matnni tuzish va yozishga o‘rgatish uchun ularning so‘z boyligini oshirish va badiiy asarlarni o‘qishga qiziqish uyg‘otish bilan birga ona tili darsliklaridagi qoida va ta’riflarni chuqur o‘rganib, matnda to‘g‘ri qo‘llashga o‘rgatish kerak. Ayniqsa, o‘quvchilar badiiy asarlarni mustaqil o‘qib, asar mazmunidan kerakli hayotiy xulosaga kelishi, she’rlarni yod olib, uning asosiy mazmunini anglab yetishi, xalq maqollaridan foydalanib muloqotda foydalanishi va ularga izoh berishi ularning fikrini teranlashtiradi, nutqini, bilimini, dunyoqarashini boyitadi, o‘zbekona milliy qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘usini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Matn so’z birikmasi va gapdan farqlanadi, chunki matnning ham o’z kategoriyasi va qonuniyatlari mavjud. Matn so’zining lug`aviy ma'nosida birikish, bog`lanish tushunchalarining borligi, shuning uchun matn tarkibi o’zaro qaysidir bog`lovchilar yordamida birikishni o’rganish “Matn tilshunosligi” sohasining asosiy muammolaridan biridir. Bu paytda o’quvchining savodi chiqishi bilan birga, uning dunyoqarashi shakllanadi, tafakkur qilish malakasi rivojlanadi. Boshlang’ich sinf o'quvchilarning intellektual salohiyati, mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatlari, tafakkurini rivojlantirish, egallagan bilimlarini amaliyotda qo'llay olishlari, amaliy ko'nikma va malakalarini hosil etishga matn yaratishning o’rni beqiyosdir.



Yüklə 23,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin