1. Axloq normalari – «Pancha shila» (Buddaning besh nasihati): 1) qotillikdan saqlanish;
2) о‘g‘rilikdan saqlanish;
3) gumrohlikdan saqlanish;
4) yolg‘on, qalbaki narsalardan saqlanish;
5) mast qiluvchi narsalardan saqlanish.
2. MeditatsiY. 1) tо‘g‘ri tushunish (tо‘g‘ri e’tiqod qilish) – Buddaning birinchi da’vatida sо‘z
yuritilgan tо‘rt haqiqatni bilish va unga ishonish;
2) tо‘g‘ri niyat qilish – dunyoviy lazzat-halovatlardan xalos bо‘lishga, keraksiz
fikrlar va boshqalarga zarar yetkazib qо‘yishdan saqlanishga intilish;
3) о‘zini tо‘g‘ri tutish – о‘ziniki bо‘lmagan narsaga kо‘z olaytirmaslik, ortiqcha
hissiyotga berilmaslik;
4) tо‘g‘ri anglash – о‘z tanasi va ruhiga о‘zini yо‘qotib qо‘ymaydigan darajada
nazoratda bо‘lish hamda bunda ehtiroslar va iztiroblarga chek qо‘yish;
5) tо‘g‘ri harakat qilish – о‘zidagi yomon tuyg‘ularni jilovlash hamda ezgu
tuyg‘ular va harakatlarni rivojlantirish;
6) tо‘g‘ri hayot kechirish – noma’qul hayot tarzidan saqlanish;
7) tо‘g‘ri fikr yuritish – kamolotning tо‘rt bosqichini ketma-ket bosib о‘tish;
8) tо‘g‘ri gapirish – yolg‘ondan, tuhmatdan, haqoratdan va befoyda gaplardan
saqlanish.
3. Donishmandlik – bu buddizmning asosiy maqsadi bо‘lib, narsalar tabiatini
tо‘g‘ri tushunishdan iborat.
Yuqorida kо‘rsatilgan uch amaliyot bosqichini о‘tagan inson oxir-oqibat oliy
saodatga, ya’ni nirvana holatiga erishadi. Nirvana sо‘zining lug‘aviy ma’nosi –
«о‘chish, sо‘nish». Unda hayotning har qanday kо‘rinishiga intilish yо‘qoladi.
Manbalari. Buddizm ta’limoti bir qator kitoblar shakliga keltirilgan
tо‘plamlarda bayon qilingan. Ulardan eng asosiysi Tripitaka (yoki Tipitaka – «uch
savat» ma’nosini anglatadi). U uch qismdan iborat bо‘lganligi uchun shunday nom
bilan atalgan. Bu manbaning qо‘lyozma nusxasi Shri Lankada saqlanib qolgan. U
milodning boshlarida kitob shakliga keltirilgan. Ular – Budda targ‘ibotining
haqiqiy bayoni hisoblangan sutra matnlari – Sutra-pitaka, rohiblik axloqi,
xonaqohlar nizomlariga bag‘ishlangan vinaya matnlari – Vinaya-pitaka,
buddizmning falsafiy va psixologik muammolarini bayon qilib berishga
bag‘ishlangan abxidxarma matnlari – Abxidxarma-pitakadan iborat. Keyinchalik
shakllangan sanskrit, xitoy, tibet, kxmer va yapon tillaridagi buddizmga oid
adabiyotlar ancha keng tarqalgan, ammo ularning ilk buddizm tarixi uchun
ahamiyati ozroq. Budda hayotiga tegishli rivoyatlarning asosiysi Tripitakada
jamlangan.