13
davom etadi. Va, nihoyat, ruhning butunlay ozod bо‘lishi –
nirvana holati yuz
beradi.
Dunyoviy kishidan ham, tarkidunyo qilgan rohibdan ham ma’lum axloqiy
qoidalarni bajarish talab qilinadi. Chunki hayotning maqsadi ruhni yomon
karmadan saqlash, yangi
karmaning yuzaga kelishiga yо‘l qо‘ymaslik, borini ham
asta-sekin yо‘q qilib yuborishdan iborat. Buning uchun dunyoviy odam besh
narsaga amal qilishi kerak:
birinchisi – zarar etkazmaslik (
axinsa),
ikkinchisi – rost
sо‘zlash (
satya),
uchinchisi – о‘g‘irlik qilmaslik (
asteya),
tо‘rtinchisi – zino
qilmaslik (
braxmacharya),
beshinchisi – tamagirlik qilmaslik (
aparigraxa). Mana
shular insonning axloqiy mezonini tashkil qiladi. Bundan tashqari, u yana ikki asos
–
chin e’tiqod va
tо‘g‘ri bilim tamoyillariga ham amal qilishi lozim. Ularning
birinchisi – jaynizm diniga e’tiqod qilishni bildirsa, ikkinchisi – ruhning abadiy
ozodligi va hayotning har bir jismda mavjudligini bilishdir. Rohiblar uchun bir
muncha murakkab qoidalar ishlab chiqilgan.
Jaynizm ta’limoti borliqning ilohiyot tomonidan yaratilgani va uning borliq
ustidan nazorat qilib turishini tan olmaydi. Unga kо‘ra, ruh – abadiy mavjudot,
olam esa azaliydir. Ruh moddiy tanani engib о‘tib, abadiy hayotga etishi mumkin.
Maxaviraning fikricha, dunyodagi har bir jism, uning jonli yoki jonsiz bо‘lishidan
qat’i nazar, qandaydir darajadagi anglash xususiyati bilan yaratilgan. Shuning
uchun jaynizmda
axinsa – zarar etkazmaslik qoidasiga kо‘proq e’tibor beriladi,
ya’ni jonli yoki jonsiz narsalarga ozor etkazmaslik talab qilinadi.
Maxavira vedalarning ulug‘ligini inkor etdi va veda urf-odatlariga
braxmanlarning hukmronligiga qarshi chiqdi. U insonni ma’naviy yuksaklikka olib
boruvchi hayot qonunlarini, ashaddiy rohiblikni, ruhni ozodlikka olib chiquvchi
deb hisoblangan nafsni tiyish fazilatini keng targ‘ib etdi.
Maxaviraning ashaddiy rohiblik tamoyillari va sodda bayon qilingan ta’limoti
kо‘pchilikni о‘ziga jalb qildi. Uning
ganadxara (“maktab boshliqlari”) nomi bilan
mashhur bо‘lgan 11 shogirdi bо‘lib, ular Maxavira vafotidan keyin uning
ta’limotini davom ettirganlar.
Jaynizmning asosiy qoida-tamoyillarini о‘z ichiga olgan 45 ta asar mavjud
bо‘lib, ular Maxavira tomonidan bitilgan. Biroq mil. av. III asrda og‘zaki matnlarni
kitob holatiga keltirish maqsadida qilingan harakatlar oqibatida jaynizm ikki oqim
–
shvetambarlar yoki
svetambarlar (“oq kiyim kiyganlar”) va
digambarlar
(“moviy kiyim kiyganlar”)ga bо‘linib ketgan.
Digambarlar jaynizmning asl
holatini saqlab qolishga kо‘proq ahamiyat berganlar. Ular Rishabxaning qadimiy
qonunini yо‘qolgan deb hisoblab,
shvetambarlardagi matnlarni haqiqiy emas deb
e’lon qildilar. Jaynizmning ikki oqimga bо‘linishi har ikki oqimning о‘ziga xos
urf-odatlari, kiyinishi va boshqa hayotiy qirralarning shakllanishiga sabab bо‘ldi.
Vaholanki, ular asosiy diniy qoidalarda о‘zaro farqlanmaydilar.
Hozirgi kunda dunyoda bir yarim milliondan ortiq jaynizm dini tarafdorlari
mavjud. Ular, asosan, Hindistonning Rajputan, Gujarot va bir qator janubiy
mintaqalari, Madxya, Bxarat shtatlarida istiqomat qiladilar.
Dostları ilə paylaş: