14
harakati XVII asrning ikkinchi yarmiga kelib о‘z e’tiqod qiluvchilarini faol harbiy
an’analar bilan sug‘orilgan siyosiy tashkilot atrofida jamladi. Bunday о‘ziga xos
taraqqiyotning natijasi shu bо‘ldiki, XVI asr boshlarida kichkinagina harbiy-diniy
jamoa Ranjid Singx asos solgan kuchli davlatga aylandi.
Sikxiylik diniga Panjobda guru (ustoz) Nanak (1469-1539) tomonidan asos
solinib, unga ergashganlar о‘zlarini
sikxlar, ya’ni shogirdlar deb atashgan.
“Sikxiylik” atamasi ham shu sо‘zdan olingan.
Nanakning vafotidan keyin uning ta’limotini 9 ta
guru rivojlantirgan.
Xususan, tо‘qqizinchi
guru Govind Singx (1675-1708) bu ishda muhim rol
о‘ynagan. Ular yagona ta’limotni targ‘ib qilgan yagona
guruni 10
qiyofada
namoyon bо‘ladi deb hisoblaganlar.
Sikxiylik talqinida hinduizmdagi Braxma, Vishnu, Shiva va islomdagi Alloh
bir ilohiyotda mujassam bо‘ladi. U
nirgun (“sifatlardan xoli”) va
sagun (“sifatlar
egasi”) deb talqin qilinadi. Uning asosiy holati
nirgun bо‘lib, bu holat har qanday
sifatlardan xolidir. Biroq inson uni qandaydir sifatlar orqali tanishi uchun u о‘z
xohishi bilan
sagun holatiga о‘tadi. Sikxiylik ta’limotiga kо‘ra, ilohiyot –
Yaratuvchi, Saqlovchi, Vayron qiluvchi (Braxma, Vishnu, Shivalardek) sifatlarni
о‘zida mujassam qiladi. U qudratli va hukmdordir. Uning tomonidan yaratilgan
dunyo esa о‘zgaruvchan va foniydir. Ilohiyot esa – abadiy. U azalda ham, hozirda
ham, kelajakda ham mustaqil ravishda mavjuddir. Azaliylik,
vaqtdan tashqarida
bо‘lish, tug‘ilmaganlik, о‘lmaslik kabi unga berilgan sifatlar uning mohiyatini
anglatadi. Xudoga bо‘lgan muhabbat, ishonch, sadoqat yо‘lini tutgan har bir inson
Unga etishishi va U bilan birlashib ketishi mumkin.
Xudoga ibodat qilish, sikxiylik ta’limoti bо‘yicha aslo dunyoviy hayotdan
uzilishni, rohiblik yо‘lini tutishni anglatmaydi,
aksincha, hayotda faollikni, tо‘la
mehnatni va oiladagi о‘z vazifasini bajarishni anglatadi. Bu tamoyillarga tо‘la amal
qilish pirovard natijada tug‘ilishlar zanjirining uzilishiga va insonning xudo bilan
birlashib ketishiga olib keladi. Har kim xudo bilan bevosita muloqotda bо‘lishi
mumkin.
Sikxiylik Hindiston xalqi diniy tafakkurining bir bosqichi sifatida kuchli
islohotchilik harakatlari zaminida yuzaga keldi. Ushbu harakat Ramanand,
Gorakxnatx, Chaytanyax, Kabir va Vallabxacharya nomlari bilan bog‘liq bо‘lib,
butun XVI asrni о‘z ichiga oldi. Bu davrda hinduizm
kabi sikxiylikga ham
islomning ta’siri kuchli bо‘ldi. Mazkur holatda madaniyatlar orasidagi doimiy
kurash о‘z aksini topgan. Nanak ham Kabir kabi hinduizmni butparastlikdan
tozalab, islomga yaqinlashtirishga harakat qildi. Tadqiqotchilarning fikricha,
sikxlar bir Xudoga e’tiqod qiladilar. Bu din boshqa iloh va butlarga ibodat qilishni,
hinduizmning yirik ziyoratgohlariga borishni, folbinlik
va sehr-joduga ishonishni
taqiqlaydi hamda tug‘ilish va о‘lim bilan bog‘liq poklash marosimlarini tan
olmaydi. Sikxiylik ijtimoiy tizim sifatida kasta tabaqalanishini inkor etadi va bu
yо‘l bilan braxmanlarning tug‘ilish, о‘lim va nikoh marosimlaridagi rahbarlik
mavqeiga barham beradi.
Boshqa dinlar kabi sikxiylik ham о‘zining muqaddas kitobiga ega. Uning
muqaddas kitobi – Adigrantx (“Boshlang‘ich kitob”) bо‘lib, beshinchi
guru Arjun
(1581-1606) tomonidan tuzilgan. U,
shuningdek, Gururantx (“Guru kitobi”) yoki
15
Grantxsahib (“Sohibning kitobi”) nomlari bilan ham ataladi. Unga avval dastlabki
besh
guruning, keyinchalik esa boshqa
gurularning madhiyalari kirgan. Jumladan,
Kabirning, Namdevning, Farididdin Ganjishakarning (XV asr) madhiyalari bilan
bir qatorda bir necha Bxakti va sufiylik harakati namoyandalarining ham
madhiyalari kirgan. U panjob tilida yozilgan bо‘lib, hozirgi kunda Amritsardagi
sikxlarning bosh ibodatxonasi hisoblanmish “Oltin Haram”da saqlanadi.
Keyingi yillarda sikxiylikda hinduiylik odatlarini о‘zlashtirib
olgan din
vakillari bilan sof sikxlar orasida bо‘linish kuzatilmoqda. Birinchi guruh
namoyandalari tomonidan eng muqaddas joylarning ishg‘ol etilishi 1926 yili
Panjob siyosiy maydonida “Aqoliy Dal” harakatining yuzaga kelishiga sabab
bо‘ldi. Diniy tamoyillar asosida tuzilgan bu harakat namoyandalari musulmonlar,
hinduiylar va sikxlarning siyosiy tengligini talab qilib chiqdilar. 1947 yili
Hindistonning ikkiga bо‘linishi natijasida musulmonlar Panjobning Pokistonga
tegishli qismiga, hinduiylar va sikxiylar esa Panjobning Hindistonga tegishli
qismiga kо‘chib о‘tganlaridan keyin bu harakatning ta’siri kuchaydi.
XX asrning 50-60-yillarida bu harakat yagona irq
va til masalasidan kelib
chiqib, Panjob shtati tuzilishini talab qildi. Natijada 1966 yili shunday shtat tashkil
etildi. Hozirgi kunda bu shtatda Hindiston sikxiylarining 80 % istiqomat qiladi.
Savollar :
1.
“Dinshunoslik” fani jamiyat ma’naviy xayotida dinning tutgan о‘rni
2.
Dinshunoslik fanining predmeti, maksadi va vazifalari.
3.
Dinshunoslikning ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqadorligi.
4.
Dinshunoslik fanini о‘rganishning jamiyat barqarorligini mustahkamlash,
5.
diniy bag‘rikenglikni tarbiyalash, vijdon erkinligini ta’minlashdagi ahamiyati.
6.
Dinga berilgan ta’riflar.
7.
Din - ijtimoiy ong shakli, muayyan turmush va tafakkur tarzi, ma’naviy
qadriyat sifatida.
8.
Dinning jamiyat va shaxs ma’naviyati yuksalishidagi, komil insonni
tarbiyalashdagi ahamiyati.
9.
Dinning strukturasi.
10. Dinning ijtimoiy funksiyalari:
dunyoqarashni shakllantirish, yosh avlodni
tarbiyalash, tartibga solish (regulyatorlik), birlashtirish (integratorlik), tasalli
berish (kompensatorlik), aloqa о‘rnatish (kommunikativ) va x.k.
11. Dinlar tasnifi.
12. Xinduiylik.
13. Vedalar ta’limoti va xudolari
14. Upanishadlar - xinduiylikning muqaddas kitoblari.
15. Braxmanlik ta’limotida kastalar.
Dostları ilə paylaş: