5-rasm
Moliyaviy liberallashuv/globallashuv jarayonlarining salbiy ta‟siri:
CHebollar va Janubiy Koreya inqirozi (19.5-rasm )
Moliyaviy liberallashuvning noto‗g‗ri boshqarilishida kuchli tijorat
manfaatlari muhim rol o‗ynaydi. 1990- yillarning oxiridagi moliyaviy inqirozdan
oldin Janubiy Koreyaga nisbatan
hech qaerda aniq emas ediki, chebollar deb
nomlanuvchi yirik oilaviy konglomeratlar o‗zlarining savdosi orqali iqtisodiyotda
katta ta‘sirga ega bo‗lishib, YAIM ning salkam 50% ini yaratishgan.(6-rasm)
6-rasm
Chebollar siyosiy jihatdan juda kuchli bo‗lishgan va hukumat tomonidan
―inqirozga yuz tutishi uchun juda ham yirik‖ hisoblangan. Bunday tushunarsiz
kafolat bilan chebollarning moliyaviy ahvoli yomonlashadigan bo‗lsa bevosita
xukumat yordami yoki yo‗naltirilgan kreditlar olishini bilgan. Ammo
chebollarning bitimlari so‗ndirilgan bo‗lsada, o‗zlarining
barcha foydasini saqlab
qolishgan. Aniqki, chebollar katta miqdorda qarz olishgan va yuqori darajada
leverajga ega bo‗lishgan.
1990-yillarda chebollar hech qanday pul qilishmagan edi. 1993-yildan 1996-
yilgacha top o‗ttizta chebollarning aktivlari daromadliligi hech qachon 3%dan
yuqori bo‗lmagan (AQSH korporatsiyalari bilan taqqoslaydigan bo‗lsak, ushbu
ko‗rsatkich 1520% ni tashkil qilgan). 1996 -yilda moliyaviy inqiroz o‗zining salbiy
ta‘siriniko‗rsatishdan oldin aktivlarning daromadliligi surati 0,2% gacha pasayib
ketdi. Bundan tashqari faqatgina top beshta chebollarda foyda mavjud bo‗lgan
bo‗lsa, oltinchidan o‗ttizinchigacha o‗rinda bo‗lgan chebollarda 1%dan
yuqorifoyda bo‗lmasligi natijasida ko‗p yillar davomida zarar ko‗rishdi. Bu
darajadagi past foydalilik va yuqori darajadagi leveraj bois hukumat kafolati
mavjud bo‗lmasahar qanday bank ushbu konglomeratlargaajratilayotgan kredit
summasini kamaytirishi mumkin edi.Agarda chebollar
defoltga uchraydigan
bo‗lsa, xukumat tomonidan ularning kreditlari qoplanishi mumkinligini banklar
bilganligi bois ular faoliyatini moliyalashtirishni to‗xtatishmadi. Tijorat banklari
tomonidan chebollarning yirik miqdorda moliyalashtirilishi hamularning qondirib
bo‗lmaydigankreditga bo‗lgan talabinikamaytirmadi.Chebollar mavjud moliyaviy
qiyinchiliklardan chiqib ketishning yo‗li o‗sishni davom ettirish ekanligi
to‗g‗risida qaror qabul qilishdi. Bu maqsadni
amalga oshirish uchun katta
miqdorda mablag‗ zarur edi. Xattoki maqtalgan Koreya milliy jamg‗arma
depozitlari foiz stavkasi 30%dan yuqoriligi chebollarning rejalashtirilgan
kengayishini moliyalashtirish uchun etarli darajada mablag‗larni ta‘minlay olmas
edi. Ular mablag‗larni qaerdan olishlari mumkin? Buning javobi xalqaro kapital
bozorlarida edi.
Chebollar Koreya xukumatini liberallashuv jarayonlarining tarkibiy qismi
hisoblanganmoliya bozorlarini xorijiy kapitalga ochib berishni tezlashtirish
bo‗yicha qo‗llabquvvatladi. 1993-yilda hukumat mahalliy
banklarning xorijiy
valyutada ifodalangan qreditlash berish qobiliyatinikengaytirdi. Bir vaqtning
o‗zida
Koreya
xukumati
moliyaviy
institutlar
tomonidanajratiladigan
cheklanmagan qisqa muddatli tashqi qarzlar olishga samarali ravishda ruxsat berdi.
Ammo mamlakatga kapital oqimini boshqarishning vositasi sifatida uzoq muddatli
qarzlargamiqdoriy cheklovlar o‗rnatilgan edi. Uzoq muddatlidan tashqari faqatgina
qisqa muddatlixorijiy kapital oqimini ochilishi hech qanday iqtisodiy samaradorlik
keltirmadi. Qisqa muddatli kapital oqimi rivojlanayotgan davlatlarning
iqtisodiyotini
kuchsizlantirdi;
moliyaviy
inqirozning
qandaydir
belgilari
ko‗rinishni boshlasa,qisqa muddatli kapital tezkorlik bilan mamlakatdan chiqib
ketishni boshlaydi.
Asosan qisqa muddatli kapital oqimini kirib kelishiga yo‗l ochib berilganligi
to‗laligicha siyosiy ta‘sirni ko‗rsatdi: chebollar pulga extiyoj sezgan
sharoitdaxalqaro bozorda uzoq muddatli kreditlash xorijiy kreditorlar uchun yuqori
riskka egaligi bois qisqa muddatli fondlarni past foiz
stavkalarda qarz olish juda
oson edi.Ushbu o‗zgarishlarning salbiy ta‘siri natijasida Koreya banklari o‗zlariga
xorijiy fondlarga yo‗l ochuvchi vosita sifatida chet el mamlakatlarida yigirma
sakkizta filiallarini ochishdi.
Hozirda Koreya moliya institutlarixorijiy kapitalni jalb qilishga imkoniyat
borligiga qaramasdan chebollarda hali ham muammo mavjud edi. Ulartijorat
banklarini o‗z tarkibiga olishga ruxsat berilmagan edi. SHu sababdan ham
chebollar o‗zlari xohlagan miqdorda bank kreditlarini jalb qila olishmadi.Ammo,
Janubiy Koreyaga xos bo‗lgan maxsus moliyaviy institutmavjud bo‗lib,
chebollarga kerakli bo‗lgan miqdorjaqarzlarni jalb qilish imkoniyatini berar edi:
savdogar bank. Savdogar bank korporatsiyalari ulgurji savdo moliyaviy institutlari
hisoblanib, qimmatli qog‗ozlarninganderrayting operatsiyalari, lizing va korporativ
sektorga qisqa muddatli kreditlar ajratish shug‗ullangan. Ular kreditlar uchun o‗z
fondlariniobligatsiyalar hamda tijorat qog‗ozlarini emissiya qilish va interbank va
xorijiy bozorlardan qarz olish hisobiga shakllantirishgan edi. Koreya inqirozi
davrida savdogar banklarga xorijdan kredit olishga ruxsat
etilgan edi va ularning
faoliyati deyarli tartibga solinmagan edi. Chebollar o‗zlarining imkoniyatlarini
yuqori baholashdi va xukumat vakillarini ko‗plab moliyaviy kompaniyalarni
(allaqachon chebollar tomonidan o‗zlashtirilgan)savdogar banklarga aylantirishga
ishontirdi.Savdogar banklar katta miqdordagi fondlarni chebol egalariga
yo‗naltirishdi. Lekin ushbu fondlar samarasiz hisoblangan po‗latchilik, avtomobil
ishlab chiqarish va kimyo sanoatiga ishlatildi. Ajratilgan kreditlar muammoli
ko‗rinishni olganidan so‗ng, ushbu bosqich xalokatli moliyaviy inqirozni boshlab
berdi.
Dostları ilə paylaş: