2.3. Xo‘jalik operatsiyalari ta’sirida balansdagi o‘zgarishlar
Har bir xo‘jalik yurituvchi subekt o‘z faoliyatini amalga oshirish jarayonida
ko‘plab xo‘jalik operatsiyalarini sodir etadi. Bu xo‘jalik operatsiyalarining har biri
sodir bo‘lganda balansga ta’sir qilib, balans moddalari summalarini o‘zgartirib
yuboradi. Lekin bu xo‘jaklik operatsiyalari balansga faqat to‘rt xil yo‘l bilan ta’sir
etadi.
Birinchisi, shunday xo‘jalik operatsiyalari borki, ular balansning faqat
aktiviga ta’sir etadi. (+A –A) Bunda balansning aktivida bir modda summasi
ko‘payib, ikkinchi bir modda summasi aynan shu summaga kamayadi, lekin
balansning umumiy summasi o‘zgarmasdan qoladi.
Ikkinchisi, shunday xo‘jalik operatsiyalari sodir bo‘ladiki, ular balansning
faqat passiviga ta’sir qilib, (+P –P) passivda bir modda summasi ko‘payib, ikkinchi
modda summasi aynan shu summaga kamayadi. Bunda ham balansning umumiy
summasi o‘zgarmaydi.
Uchinchisi, shunday xo‘jalik operatsiyalari sodir bo‘ladiki, ular balansning
aktiviga va passiviga ham ta’sir etib, ular summasini ko‘paytirib yuboradi. (+A +P)
Bunda yuz bergan xo‘jalik operatsiyasi ta’sirdia balansninng aktiv tomonda bir
modda ko‘paysa aynan shu summaga passiv tomnda ikkinchi bir modda ham
ko‘payadi.
To‘rtinchisi, shunday xo‘jalik operatsiyalari sodir bo‘ladiki, ular balansning
aktiviga ham passiviga ham ta’sir etib, ular summasini kamaytirib yuboradi. (-A –
P) Bunda yuz bergan xo‘jalik operatsiyasi ta’sirida balansninng aktiv tomonda bir
modda kamaysa aynan shu summaga passiv tomnida ikkinchi bir modda ham
kamayadi.
Balansga ta’sir qiladigan bunday o‘zgarishlarni misollarda keltiramiz.
61
Buxgalteriya balansi hisobot davrining 1-kuniga tuziladi. Xo‘jalik faoliyatini
amalga oshirishda xo‘jalik mablag‘lari tarkibi va hajmi sodir bo‘layotgan
operatsiyalar ta’sirida uzluksiz o‘zgarib turadi. Bu o‘zgarishlar balansga, albatta,
ta’sir etadi. Faraz qilaylik, hisobot davrining boshiga korxona balansi quyidagicha
bo‘lgan:
BALANS
Aktiv
Passiv
Mablag‘lar turi va ularning
joylanishi
Summa
Mablag‘lar manbai va
ularning tayinlanishi
Summa
Asosiy vositalar
3 500 000 Ustav kapitali
4 000 000
Xom-ashyo va materiallar
1 000 000 Foyda
400 000
Kassa
100 000 Bank kreditlari
200 000
Hisob-kitob schyoti
500 000 Mol etkazib beruvchi va
pudratchilar
bilan
hisoblashishlar
500 000
JAMI
5 100 000 JAMI
5 100 000
Misolni ko‘rib chiqayotganda korxona mablag‘lari xo‘jalik operatsiyalarida
qatnashayotganda, o‘zgarmasdan qolmasligiga etibor beramiz; keyinchalik ular
yangi xususiyatga ega bo‘ladilar yoki bir shakldan ikkinchi shaklga o‘tadilar.
SHuning uchun davr boshiga ko‘rsatilgan dastlabki xolati katta o‘zgarishlarga
duch keladi. Lekin bunda mablag‘lar turining umumiy summasi bilan ularning
manbalarining umumiy qiymati o‘rtasidagi tenglik hech qachon buzilmaydi.
Birinchi operatsiya. Kassadan korxona xodimlariga hisobdorlik shartlari bilan
60 000 so‘m berildi. Pul berilgandan keyin «Kassa» moddasidagi summa 60 000
so‘mga kamayadi va 40 000 (100 000-60 000) so‘mni tashkil qiladi. SHu bilan bir
vaqtda pullarning hisobdorlik shartlari bilan berilishi hisobdor shaxsning ushbu
korxonaga qarzining paydo bo‘lishiga olib keladi.
Demak, balans aktivida hisobdor shaxsning korxonaga bo‘lgan 60 000
so‘mlik qarzi aks ettiriladigan «Debitorlar» moddasi paydo bo‘ladi. Bunda ushbu
operatsiya ta’sir etgan har ikkala balans moddasi ham aktivdir. Mazkur xodisadan
mablag‘lar aktivining bir moddasidan ikkinchisiga o‘tipshgina sodir bo‘ldi.
Aktivning jami o‘zgarmaydi va aktiv hamda passiv summalar o‘rtasidagi tenglik
62
saqlanib qoladi. Birinchi operatsiyadan keyin balans quyidagi ko‘rinishga ega
bo‘ladi:
BALANS (birinchi operatsiyadan keyin)
Aktiv
Passiv
Mablag‘lar turi va
ularning joylanishi
Summa
Mablag‘lar manbai va ularning
tayinlanishi
Summa
Asosiy vositalar
3 500 000 Ustav kapitali
4 000 000
Xom ashyo va materiallar 1 000 000 Foyda
400 000
Kassa
40 000 Bank kreditlari
200 000
Hisob-kitob schyoti
500 000 Mol
etkazib
beruvchi
va
pudratchilar bilan hisoblashishlar
500 000
Debitorlar
60 000
JAMI
5 100 000 JAMI
5 100 000
Ikkinchi operatsiya. Sof foyda hisobidan uning bir qismi (100 000 so‘m)
korxona ishining natijalarini yakunlashda qabul qilingan qarorga binoan zaxira
kapitali tashkil etilgan.
Mazkur operatsiya korxonaning taqsimlanmagan foydasini 100 000 so‘mga
kamaytiradi, lekin balansda yangi modda paydo bo‘ladi: xuddi shu summaga
zaxira kapitali ko‘payadi. Demak, endi foyda miqdori 300 000 (400 000 - 100 000)
so‘mni, zaxira fondi esa 100 000 so‘mni tashkil qiladi. Ikkinchi operatsiya
natijasida faqat mablag‘lar manbai o‘zgaradi. Bir manba (foyda)ning kamayishi
hisobiga boshqa (zaxira fondi) manba paydo bo‘ladi. Bu operatsiya faqat passiv
moddalarga tegishlidir. Bunda passivning jami summasi o‘zgarmaydi. Demak,
aktiv va passiv summalaridagi tenglik ham buzilmaydi. BALANS (ikkinchi
operatsiyadan keyin)ga qarang
BALANS (ikkinchi operatsiyadan keyin)
Aktiv
Passiv
Mablag‘lar turi va ularning
Joylanishi
Summa
Mablag‘lar manbai va ularning
tayinlanishi
Summa
Asosiy vositalar
3 500 000 Ustav kapitali
4 000 000
Xom ashyo va materiallar
1 000 000 Zaxira kapitali
100 000
Kassa
40 000
Foyda
300 000
Hisob-kitob schyoti
500 000
Bank kreditlari
200 000
Debitorlar
60 000
Mol etkazib beruvchi pudratchilar
bilan hisoblashishlar
500 000
JAMI
5 100 000 JAMI
5 100 000
63
Uchinchi operatsiya. Mol etkazib beruvchilardan sotib olingan 250 000
so‘mlik materiallar korxonaga kelib tushdi, lekin puli to‘lanmadi. Mazkur
operatsiya, birinchidan, materiallarning miqdori ko‘payishiga olib keladi. Demak,
balansning «Xom ashyo va materiallar» moddasi 250 000 so‘mga oshadi.
Ikkinchidan materiallar mol etkazib beruvchilardan sotib olinib, puli hali
to‘lanmagani uchun, korxonaning mol etkazib beruvchilar oldida qarzi paydo
bo‘ladi. Balansda bu «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar» moddasi bo‘yicha
aks ettirilib, uning summasi ham 250 000 so‘mga oshadi va 750 000 so‘mga teng
bo‘ladi.
BALANS (uchinchi operatsiyadan keyin)
Aktiv
Passiv
Mablag‘lar turi va ularning
joylanishi
Summa
Mablag‘lar manbai va
ularning tayinlanishi
Summa
Asosiy vositalar
3 500 000 Ustav kapitali
4 000 000
Xom ashyo va materiallar
1 250 000 Zaxira kapitali
100 000
Kassa
40 000 Foyda
300 000
Hisob-kitob schyoti
500 000 Bank kreditlari
200 000
Debitorlar
60 000 Mol etkazib beruvchi va
pudratchilar
bilan
hisoblashishlar
750 000
JAMI
5 350 000 JAMI
5 350 000
Balansda aks ettirilish tavsifi bo‘yicha ushbu operatsiya oldingisidan farq
qiladi. U bir vaqtning o‘zida aktiv va passivga tegishlidir. Lekin uning aktivda
xam, passivda xam yuzaga keltirgan o‘zgarishlari bir xil summada ifodalanadi va
bir tomonga yo‘naltirilgandir. Demak, aktiv va passivning jami summalari bir xilda
o‘zgaradi, ularning o‘rtasidagi tenglik saqlanib qoladi.
To‘rtinchi operatsiya. Hisob-kitob schyotidan bankka kredit bo‘yicha qarzni
uzish uchun 200 000 so‘m o‘tkazilgan. Bu operatsiya hisob-kitob schyotidagi pul
mablag‘larining kamayishiga olib keladi va bir vaqtning o‘zida korxonaning
kreditlar bo‘yicha qarzining qisqarishiga olib keladi. Demak, balansda «Hisob-
kitob» schyoti bo‘yicha summa 300 000 (500 000 – 200 000) so‘mgacha kamayadi
va «Bank kreditlari» passiv moddasi bo‘yicha 0 (200 000 – 200 000) gacha
64
kamayadi, ya’ni bu modda passiv moddasidan chiqarib tashlanadi.
To‘rtinchi operatsiya balans yakunlarini bir miqdordagi summaga kamaytirdi.
SHuning uchun balans aktivi va passivi yakuniy summalari o‘rtasidagi tenglik bu
operatsiyadan keyin ham saqlanib qoladi.
BALANS (to‘rtinchi operatsiyadan keyin)
Aktiv
Passiv
Mablag‘lar turi va ularning
joylanishi
Summa Mablag‘lar manbai va ularning
tayinlanishi
Summa
Asosiy vositalar
3500000 Ustav kapitali
4000000
Xom ashyo va materiallar
1250000 Zaxira kapitali
100000
Kassa
40000 Foyda
300000
Hisob-kitob schyoti
300000 Bank kreditlari
-
Debitorlar
60000 Mol
etkazib
beruvchi
va
pudratchilar
bilan
hisoblashishlar
750000
JAMI
5150000 JAMI
5150000
Bunga o‘xshagan operatsiyalar xo‘jalik faoliyatida ko‘plab uchraydi.
Keltirilgan to‘rtta operatsiyalar ularni balansda aks ettirishning sodir bo‘lishi
mumkin bo‘lgan hodisalarni o‘z ichiga oladi.
Boshida balansning faqat aktiviga yoki passiviga ta’sir qiladigan voqealar
(birinchi va ikkinchi operatsiyalar) ko‘rsatilgan edi. Bunda balansning aktivi va
passivini o‘zgartirmaydigan summalarning faqat qayta guruhlantirilishi bo‘lib
o‘tgan edi. Bu balans o‘zgarishlarining birinchi va ikkinchi turlaridir. Boshqa
operatsiyalar balansning aktiviga ham passiviga ham ta’sir etadi. Bunda har ikkala
ta’sir qilinadigan moddalar ularning ko‘payishi (uchinchi operatsiya) yoki
kamayishini (to‘rtinchi operatsiya) yuzaga keltiradi.
YUqoridagi bayonlarga asoslanib, balansli o‘zgarishlar turlarini quyidagi
tarzda ifodalash mumkin:
|