1.2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining nazariy
asoslari
Bozor munosabatlariga o‘tishning yuqoridagi asosiy tamoyillari buxgalteriya
hisobini isloh qilishda va korxonaning hisob tizimini bozor iqtisodiyoti talablari
asosida tashkil qlishda ham alohida ahamiyatga ega.
SHuning uchun ham buxgalteriya hisobini isloh qilishda, avvalo, uning
hozirgi tizimni saqlab qolgan holda asta-sekin evolyusion yo‘l bilan metodologik,
tashkiliy
va
texnik
o‘zgarishlar amalga oshirila boshlandi. Bunda
mustaqilligimizning dastlabki yillarida amalga oshirilgan tadbirlar alohida
ahamiyatga ega bo‘ldi. SHunday tadbirlardan biri Davlat mulki bo‘lgan ob’ektlarni
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirish edi. SHu
maqsadda hukumat iqtisodiyotning turli tarmoqlarida xususiylashtirishga oid 20
dan ortiq qarorlar qabul qildi. Bu qarorlarni amalga oshirish mulkchilik
shakllarining rivojlanishiga va bu bevosita buxgalteriya hisobining uslubiy
asoslarini rivojlantirishni ham talab qilar edi.
Buxgalteriya hisobini isloh qilishga doir 1994 yilda qabul qilingan davlat
dasturida
islohotlarni
amalga
oshirishdan
ko‘zlangan asosiy maqsad
quyidagilardan iborat qilib belgilandi:
-O‘zbekiston Respublikasi islohotlar orqali kapitalning rivojlanishi,
xususiylashtirish, ichki va tashqi investitsiyaning kirib kelishi imkoniyatlarini
ko‘paytirish, xususiy sektor faoliyatiga samarali baho berish;
-xalqaro moliya bozorlari resurslaridan samarali foydalanish, xalqaro
iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, chet ellik hamkorlar bilan teng
munosabatda va aloqada bo‘lish;
-O‘zbekiston
Respublikasidagi
buxgalteriya
hisobi
tizimini
xalqaro
buxgalteriya hisobi standartlari bilan taqqoslash imkoniyatlarini yaratib, chet ellik
hamkorlarga zarur iqtisodiy axborotlarni o‘z vahtida sifatli etkazib berishdir.
Buxgalteriya hisobini yuqoridagi maqsadlar asosida tashkil etish uning
xalqaro meyorlar talablarini hisobga olgan holda yuritilishini ta’minlaydi. Xalqaro
19
qoidalarga
muvofiq
mamlakatimizda
buxgalteriya
hisobining
xalqaro
standartlaridan kelib chiqqan holda qabul qilingan qonuniy va meyoriy hujjatlarida
belgilangan qoidalarga mos holda yuritilishi nazorat qilinadi. Xalqaro qoidalarga
ko‘ra, quyidagi faoliyatlar nazorat qilinadi:
-buxgalteriya hisobi holati va talabga javob berishi;
-moliya - xo‘jalik masalalarida amaldagi qonunchilikka rioya qilinishi va
ta’sis etuvchi hujjat qoidalariga amal qilinishi;
-buxgalteriya hisobining haqiqiy holatga mos kelishi.
Buxgalteriya hisobining yuqorida belgilangan talablarga javob berishini
nazorat qilish mustaqil auditorlik firmalari va davlat soliq organlari tomonidan
amalga oshiriladi. Umuman bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobotining
o‘rni va ahamiyati tubdan o‘zgaradi.
Bu borada professor S.B. Qodirxonov shunday deb, ta’kidlaydi «Agar
hohlansa ishlab chiqarish xarajatlarining buxgalteriya hisobini alohida yuritish
mumkin, ya’ni ishlab chiqarish xarajatlarini schetlarning umumiy tizimidan ajratib
olgan holda yuritib, shu bilan g‘arb mamlakatlarida keng tarqalgan ishlab chiqarish
va moliya buxgalteriya hisobiga o‘tish mumkin. Natijada ishlab chiqarish
buxgalteriyasi bilan moliya buxgalteriyasi tashkiliy jihatdan ajratilishi mumkin
bo‘ladi.
Ularning vazifalariga to‘xtalar ekan, professor S.B.Qodirxonov shunday deb,
yozadi: «Bunda ishlab chiqarish buxgalteriya hisobini ishlab chiqarishni
boshqarish va ishlab chiqarish hamda ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxini
kalkulyasiya qilish manfaatini ko‘zlab yuritilsa, moliyaviy hisob korxonaning
moliyaviy xisoboti tizimi va uning moliyaviy hamda tijorat faoliyatini boshqarish
maqsadida yuritiladi. Hisobchilikning bunday tartibiga o‘tish har xil darajadagi
boshqaruv tizimini zaruriy axborotlar bilan ta’minlashni sezilarli ravishda
takomillashtirish bilan birga, ishlab chiqarish xarajatlari, tannarx va mahsulotning
ayrim turlarining rentabellik darajasi haqidagi tijorat sirlarini yashirish imkonini
beradi».
Ammo K.K. Jumaniyozov va B.Y.Maqsudovlarning fikricha, «Buxgalteriya
20
hisobini rivojlantirishda bir narsaga alohida etiborni qaratish lozim, u ham bo‘lsa,
buxgalteriya hisobini bozor iqtisodi talablari asosida takomillashtirish faqatgina
hisob ma’lumotlari doirasini, mazmunini, maqsadga muvofiqligini, muddatini, uni
olishga ketadigan xarajatlarni va boshqaruv ob’ektlarini aks ettirish usullarini
kengaytirish asosida bo‘lmasligi kerak. CHunki, bu omillar hisob ishlari hajmining
o‘zini oqlamagan tarzda o‘sish va buning oqibatida boshqaruv tizimining talabga
javob bermasligi hamda uning yuritilishida soxtalik yuz berish kabi salbiy
oqibatlarga olib kelishi mumkin».
SHuningdek, olib borilgan tadqiqotlarga asoslangan holda K.K. Jumaniyozov
va B.Y.Maqsudovlarning buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining foydaliligi
to‘g‘risida shunday deb yozadi: «Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, korxonalarda
olinayotgan barcha ma’lumotlarning 40-50 foizi keraksiz, shu bilan birga
boshqaruvning ma’lumotga ehtiyoji 50 foizga qondirilmas ekan».
Demak, ushbu olimlar fikricha, buxgalteriya hisobi hozirgi sharoitda o‘zining
funksiyasini 50 foizga bajarmoqda. Hozirgi paytda ayrim korxonalarimizning zarar
bilan ishlashi va moliyaviy barqarorligi mavjud emasligining bilvosita
sabablaridan biri buxgalteriya hisobi bilan bog‘oliq ekan. Bu o‘z navbatida,
buxgalteriya hisobini korxonalarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning
ajralmas qismi sifatida qarash zarurligini ko‘rsatmoqda va uni uzluksiz ravishda
rivojlantirishni taqozo etadi.
Ammo bozor munosabatlari sharoitida xo‘jaliklarda mavjud hisob tizimi
markazlashtirilgan rejali iqtisodiyot sharoitidagidan keskin farq qiladi, ya’ni u
moliyaviy hisob va boshqaruv hisobidan tashkil topadi.
Professor YA.V.Sokolov 1940 yillarning oxiri va 1950 yillarning boshlarida
dunyoning rivojlangan mamlakatlarida buxgalteriya hisobida sezilarli o‘zgarishlar
sodir bo‘ldi va u «Moliyaviy va boshqaruv hisobiga bo‘lindi» deb, ma’lumot
beradi.
Moliyaviy hisob, asosan, tashqi foydalanuvchilarning manfaati uchun
yuritilsa, boshqaruv hisobi korxona manfaatini ko‘zlab tashkil qilinadi.
Buxgalteriya hisobining rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy omil bu sanoatning
21
rivojlanishi va natijada iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari rivojlanishi bilan uzviy
bog‘liqdir.
«G‘arb klassifikatsiyasiga muvofiq buxgalteriya hisobi o‘zining rivojlanishida
quyidagi 5 bosqichni bosib o‘tgan va ular asosan jahonning rivojlangan
mamlakatlari AQSH, Germaniya, YAponiya va Fransiyada qo‘llanilgan. Ular
savdo (1880 yilgacha), tadbirkorlik (1800-1900 yillar), tashkiliy (1900-1950
yillar), optimizatsion (1950-1975 yillar), strategik (1975 yildan hozirgacha).
Buxgalteriya hisobining hozir amalda rivojlangan mamlakatlar amaliyotida
qo‘llanilayotgan strategik tizimida buxgalteriya hisobi va marketingning
integratsiyalashuvi natijasida xo‘jalikning istiqboldagi moliviy holatini aniqlash
imkoniyatlari vujudga keldi.
T.P.Karpovaning fikricha, an’anaviy hisob usullarining barham topishi va
buxgalteriya hisobining ikkiga - Moliyaviy va boshqaruv hisobiga bo‘linishining
asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
-kapitalning kontsentratsiyalashuvi sharoitida tashqi va ichki raqobatning
kuchayishi;
-inflyasiyaning va ishlab chiqarish xarajatlarining o‘sishi;
-transmilliy korporatsiyalarining tuzilishi va faoliyat ko‘rsatishi.
Bizningcha, T.P.Karpovaning fikrlari o‘rinli, «…chunki buxgalteriya
hisobining an’anaviy usullari haqiqatdan iqtisodiyotning rivojlanishi sharoitida
boshqaruv talablariga javob bera olmay qoldi va uni davr talabi asosida
rivojlantirish ehtiyoji vujudga keldi.
Masalan: N.P.Kondrakov, Z.V.Kiryanov va boshqalar buxgalteriya hisobiga
doir kitoblarida moliyaviy va boshqaruv hisoblarini turli belgilari bo‘yicha
taqqoslashganda
B.Nidlz,
X.Anderson
va
D.Kolduellning
«Printsipы
buxgalterskogo ucheta» kitobiga tayanishgan.
Respublikamizda va MDH mamlakatlarida buxgalteriya hisobini isloh qilish
va uni bozor iqtisodiyoti talablari asosida rivojlantirishda asosiy etibor moliyaviy
hisobga qaratilgan. Boshqaruv hisobi bo‘yicha ma’ruza matnlari, o‘quv
qo‘llanmalar va ilmiy izlanishlar mavjud bo‘lsada, davlat miqyosida boshqaruv
22
hisobining uslubiy, tashkiliy va texnik tomonlarini ishlab chiqish bo‘yicha ishlar
amalga oshirilayotgani yo‘q.
Boshqaruv hisobining eng asosiy muammosi uni har bir xo‘jalik va tarmoqda
tashkil qilishning o‘ziga xos uslubiy, tashkiliy va texnik jihatlarining mavjudligi
bo‘lib, uni bir xo‘jalikdan boshqasiga ko‘chirib bo‘lmaydi. SHuningdek,
boshqaruv hisobini tashkil qilish darajasi o‘sha xo‘jalikning rahbar va
mutaxassislarining malakasiga ham bog‘liq. Bundan tashqari raqobat sharoitida har
qanday xo‘jalik o‘zining boshqaruv hisobi tizimini boshqa xo‘jalikka
tanishtirmaydi. Bularning barchasi boshqaruv hisobining o‘ta murakkab hisob
tizimi ekanligidan dalolat beradi.
Umuman olganda bizning mamlakatimiz xo‘jaliklarida boshqaruv hisobi
mavjudmi yoki yo‘qmi.
Buning uchun biz, eng avvalo, tarixga nazar tashlashimiz zarur. «20-
yillarning oxirida vatanimizda hisob-iqtisod ilmi deyarli to‘liq ilg‘or iqtisodi
rivojlangan mamlakatlardan to‘sib qo‘yilgan. Xuddi shu mamlakatlarning hisob-
iqtisodiy nazariyasiga asosan 40-yillarning oxiri va 50-yillarning boshlarida tub
o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Eng asosiysi buxgalteriya hisobi ikkiga: « Moliyaviy va
boshqaruv hisobiga» bo‘lindi.
Buxgalteriya hisobi sohasida ham ancha malakali kadrlar potensiali vujudga
kelganligini alohida ta’kidlash mumkin. Endi qo‘yilgan savolga qaytadigan bo‘lsak
bizning mamlakatimiz korxonalarida boshqaruv hisobi mavjud emas. Faqatgina
boshqaruv hisobining elementlarini o‘zida aks ettirgan ishlab chiqarish hisobi
mavjud bo‘lgan. Ammo ishlab chiqarish hisobini yanada rivojlantirish va uni
yanada yuqori darajaga ko‘tarish, buxgalteriya hisobi va uning boshqaruv
funksiyasini yanada kengaytirish maqsadida sobiq Ittifoqdagi qator iqtisodchilar
ilmiy-tadqiqotlar
olib
bordilar.
Jumladan,
professorlar
A.F.Aksenenko,
D.U.Urakov, B.I.Valuev, S.A.Stukov va boshqalar. Ammo ularning ilmiy-
tadqiqotlari ishlab chiqarish hisobi miqyosida olib borilgan bo‘lib, boshqaruv
hisobi konsepsiyasini yaratish imkonini bermadi.
Professorlar A.F.Aksenenko, M.S.Mavzuijonov, J.J.Pirimbaevlar buning
23
asosiy sabablari to‘g‘risida quyidagicha yozadi: «Hammaga ma’lumki, har qanday
ilmiy g‘oya amaliyotda qo‘llanilsagina rivojlanadi. Ammo, bizning turli darajadagi
amaldorlarimiz hisob biznes filosofiyasi, uning tili ekanligini tushuna olmadi va
progressiv g‘oyalarning qo‘llanilishiga har xil yo‘llar bilan to‘sqinlik qildilar.
Ammo, bizning fikrimizcha markazlashtirilgan rejali iqtisodiyot sharoitida
boshqaruv hisobi nazariyasi va amaliyotining rivojlanishi uchun sharoitning
bo‘lishi mutlaqo mumkin emas edi. CHunki xo‘jalik sub’ekttlariga uning zaruriyati
yo‘q edi. Daromadlarni taqsimlash, narxlarni belgilash, sotuvchi va xaridorni
tanlash davlat organlari tomonidan hal qilinar edi. Aniqrog‘i xo‘jalik sub’ekttlari
erkin va mustaqil emas edi».
Endilikda bozor munosabatlari chuqurlashayotgan hozirgi kunda xo‘jaliklarda
mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish hisobini qo‘llash mumkinmi, degan savol
tug‘iladi: bizningcha, bu borada professor A.F.Aksenenko, M.S.Mavzuijonov va
J.J.Pirimboevlarning quyidagi fikrlari o‘rinlidir: «MDH davlatlaridagi ishlab
chiqarish
hisobi
AQSH
hisob
tizimida
bo‘lgan
o‘zgarishlar
kabi
transformatsiyalanadi. Ta’kidlash zarurki, bu o‘zgarishlar Amerika tizimidan nusxa
olishga asoslanmasligi zarur, aks holda MDH va AQSH, shuningdek, boshqa g‘arb
mamlakatlari korxonalarining mazmuni va iqtisodining rivojlanishi bo‘yicha
turlicha darajada. SHuning uchun ham hisobning jahon bo‘yicha integratssiyasi
uslubiy xarakterga ega bo‘lgan moliyaviy hisobga yo‘naltirilishi kerak.
Demak, yuqorida biz bildirgan boshqaruv hisobini tashkil qilish har bir
korxona va tarmoq miqyosida bir-biridan keskin farq qiladi, degan fikrlarimiz
o‘rinli ekanligiga ishonch hosil qilishimiz mumkin. Keyingi yillarda MDH
korxonalarida ham moliyaviy va boshqaruv hisobini alohida tashkil qilish real
voqealikka aylandi hamda bu borada matbuotda qator ilmiy maqolalar elon qilina
boshladi. Masalan: V.F.Paliy va V.V.Paliy, A.D.SHeremet, YA.V.Sokolov,
T.O.Terenteva, K.V.SHiborts va boshqalar. Ushbu maqolalarda moliyaviy va
boshqaruv hisobida buxgalteriya hisobi schetlari tizimidan qay darajada samarali
foydalanish bo‘yicha aniq tavsiyalar berilgan.
Bu borada V.V.Paliy va V.F.Paliy shunday deb yozadi: «Moliyaviy va
24
boshqaruv hisobi uchun bir xil raqamli schetlardan foydalanishning kelajagi yo‘q,
chunki buxgalteriya hisobi – bu belgilar tizimidir. Bir xil belgili schetlarning
moliyaviy va boshqaruv hisobida qo‘llanilishini kodlashtirish va schetlar
bog‘lanishida chalkashliklarni keltirib chiqaradi». Ularning fikricha, moliyaviy va
boshqaruv hisobi uchun buxgalteriya hisobining schetlar rejasida alohida xarajat
schetlari bo‘lishi shart. CHunki buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari
xarajatlarni ularning elementlari bo‘yicha hisobga olishni talab qilsa, korxona
rahbariyati va mutaxassislari esa, xarajat moddalari hamda xarajatlarning vujudga
kelish joylari, ma’suliyat markazlari bo‘yicha hisobga olishni talab qiladi.
Xarajatlar elementlari bo‘yicha moliyaviy hisobda hisobga olinsa, moddalari,
ma’suliyat va vujudga kelish joylari bo‘yicha esa boshqaruv hisobida o‘z aksini
topadi.
V.V.Paliy va V.F.Paliyning fikricha, Buxgalteriyahisobida xarajatlarni
hisobga olish hamda ularni bog‘lash uchun maxsus schetlarni kiritish zarur. Ular
yordamida moliyaviy va boshqaruv hisobida xarajatlar to‘g‘risida ma’lumotlar
umumlashtiriladi. Xuddi shunga o‘xshash fikrni J.J.Pirimboev ham bildiradi. U
moliyaviy va boshqaruv hisobini 79-«Ichki xo‘jalik hisob-kitobi» scheti orqali
bog‘lanishini taklif qiladi. Ammo, bizningcha, ushbu taklif, birinchidan etarli
darajada asoslab berilmagan bo‘lsa, ikkinchidan xarajatlar to‘g‘risidagi
ma’lumotlarning moliyaviy va boshqaruv hisobiga bog‘lanishining 79- «Ichki
xo‘jalik hisob-kitobi» scheti orqali bog‘lanishi mazmunga ega emas. CHunki
xarajatlar hisobi uchun buxgalteriya schetlar rejasining «ishlab chiqarish»
bo‘limidagi schetlar tayinlangan.
Bizning fikrimizcha, V.V.Paliy va V.F.Paliy tomonidan xarajatlarni
Buxgalteriyahisobida aks ettirish hamda ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’minlash
uchun taklif etilgan uchala variant amaliy ahamiyatga ega. Ammo bu taklif etilgan
xarajatlar hisobini moliyaviy va boshqaruv hisobiga yuritish variantlari 2000 yil 31
oktyabrda Rossiya Fdereatsiyasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan
buxgalteriya hisobining yangi schetlar rejasi asosida ishlab chiqilgan va bizning
xo‘jaliklarimiz amaliy faoliyatiga qo‘llash imkoniyati cheklangandir. Sababi
25
bizning Respublikamizda qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobi schetlar rejasi
Rossiya Federatsiyasi rejasida qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobining schetlar
rejasidan va buxgalteriya hisobining milliy standartlaridan keskin farq qiladi.
SHunday qilib, Respublikamiz mustahillik yillarida buxgalteriya hisobini
isloh qilishda jahondagi rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish asosida
mamlakatimiz iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda
amalga oshirildi. SHu yillar mobaynida bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya
hisobining
nazariy
asoslari
mamlakatimiz
iqtisodiyotining
o‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olgan holda har tomonlama rivojlantirildi.
Dostları ilə paylaş: |