O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
13-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.11.2022
251
O‘ZBEKISTONDA PUL-KREDIT TIZIMI VA UNI MODERNIZATSIYALASH
YO‘LLARI
Rashidov Abror Ro‘
zimurod o‘g‘li
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston
miliy universiteti
Jizzax filiali “Ijtimoiy va iqtisodiy fanlar” kafedrasi assistenti
Ikramova Dilnoza To‘lqin qizi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston
Milliy Universiteti
Jizzax filiali Iqtisodiyot yo‘nalishi 2-bosqich talabasi
Annotatsiya: Mazkur maqolada mamlakatimizning pul-kredit siyosati haqida
qisqacha so‘z yuritilgan bo‘lib, pul-kredit siyosatini o‘tkazish mexanizimi,
mamlakatimizdagi hamda boshqa mamlakatlarining bankka omonat siyosati, yangi
imtiyozlar, qarorlar, chora-tadbirlar hamda ularning yechimlari istiqbollarining tarkibiy
mazmun mohiyati bayon etilgan.
Kalit so‘zlar: pul-kredit siyosati, omonat (depozit), Islom banki, Shveytsariya
milliy banki, markaziy bank.
Ayni vaqtda valyuta bozorini liberallashtirish borasida islohatlarning
muvafaqqiyatli amalga oshirilishi ko‘p jihatdan pul-kredit siyosatini takomillashtirish,
tijorat banklari faoliyatini mustahkamlash hamda bank tizimini rivojlantirish choralari
samaradorligi bilan chanbarchas bog‘liq. Qayd etish lozimki, iqtisodiy siyosatni amalga
oshirish yondoshuvlarning qayta ko‘rib chiqilishi davrida
shakllanayotgan yangi
voqealarda pul-kredit sohasidagi o‘zgarishlarning aholi va tadbirkorlik sub’ektlari
tomonidan to‘g‘ri qabul qilinishi va qo‘llab-quvvatlanishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarning markaziy banklari tajribalari hamda
xaqaro moliya institutlari izlanishlari natijalari pul-kredit siyosatini amalga oshirishda
narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadining shak-shubhasiz ustuvorligini ko‘rinib
turgani barchaga malum. Pul-kredit siyosatini amalga oshirish tartibi va ketma-ketligi
turli mamlakatlarda iqtisodiyotning xususiyatlari hamda
tarkibiy tuzilishiga qarab
farqlanadi.
Amaldagi O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy
banki to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, Markaziy bankning
bosh maqsadi milliy valyuta
barqarorligini ta’minlash hisoblanadi. Bunda “Milliy valyuta barqarorligi”
tushunchasini ikki xil, ya’ni almashuv kursining xorijiy
valyutalarga nisbatan
barqarorligi yoki uning ichki harid qobiliyati barqarorligi deb talqin qilish mumkin.
Markaziy bankning pul-kredit siyosatining maqsadlari va asosiy yo‘nalishlari,
shuningdek
inflatsiyaning
maqsadli
ko‘rsatkichlariga
erishish
bo‘yicha
majburiytalarning aniq belgilanishi jamiyatda ijobiy iqtisodiy kutilmalarning
shakllanishiga xizmat qiladi. Bugungi kunda aholining inflatsion kutilmalari ko‘p
jihatdan valyuta bozoridagi almashuv kursining dinamikasi bilan bog‘liqligi
inobatga