№12 106
oshirishda o‘zbek tili fanini o‘rganish va rivojlanishi fanga oid ma’lumotlarni
tushunishga olib keladi. Shunday ekan biz o‘qituvchilar hozirga zamon talabi asosida
ish olib borishimiz lozim .
Hozirgi kun o‘qituvchisi qanday bo‘lishi kerak?
- pedagogika va psixologiyaga doir bilimlarga ega bo‘lishi
- o‘z ustida doimiy izlanishda bo‘lishi;
- o‘quvchilar ehtiyojlarini anglay olishi;
- ta’lim jarayonini rejalashtirish, baholash va qayta aloqani o‘rnata olishi;
- AKT ni bilishi va tadbiq eta olishi;
- ta’lim jarayoniga yangilik kirita olishi;
- o‘z fanini mukammal bilishi talab qilinadi.
Har tomonlama yetuk, sog‘lom, mustaqil, fikrlovchi shaxslarni tarbiyalashda
boshlang‘ich sinfdan tortib yuqori sinfgacha o‘quvchilarga bilim,ko‘nikma, malaka
berishda o‘qituvchi muhim o‘rin tutadi.O‘qituvchi qancha mahoratli bo‘lsa dars
shuncha samarali bo‘ladi.
Darsning boshlang‘ich qismida “Yashirin so‘z” metodi orqali o‘quvchilarga
stikerlarga yozilgan raqamlar yozuv taxtasiga yopishtirilgan holda ko‘rsatiladi.Ular
raqamlarda yashiringan harflarni topadilar.Harflar asosida mavzuga oid atamalar
kelib chiqadi.Masalan” Po‘lat Mo‘min, ustoz, mehr,tabarruk,kitob va boshqa
Alifboda joylashgan harflarning raqami belgilanadi va o‘quvchilarga stikerlar
orqali ko‘rsatiladi. P-15, o‘-25, l-11, a-1, t-19; M-12, o‘-25, m-12, i-8, n-13
raqamlarida o‘tilishi kerak bo‘lgan she’r muallifi yashiringan. Javob: Po‘lat Mo‘min
Masalan o‘zbek tili 5-sinf Po‘lat Mo‘min qalamiga mansub “Ustozlar”she’rini
ifodali o‘qib tahlil qilish mavzusida avvalo o‘quvchilarga matnni ifodali o‘qib berib,
O‘zbekiston xalq artisti Sanobar Rahmonova tomonidan ijro etilgan “Ustozlar”
qo‘shig‘ini ijrosi qo‘yib beriladi, so‘ng she’r matni ustida ishlash uchun she’rdagi
ayrim so‘zlarni o‘rniga nuqta qo‘yilgan holda o‘quvchilarga tarqatma material
beriladi.O‘quvchilar mustaqil o‘zlari she’r matnini nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zlarni
qo‘ygan holda o‘zlari mustaqil bajarishadi. Natijada she’r matni o‘quvchi uchun 3-4
marotaba takror bo‘ladi va yod olish uchun yordam bo‘ladi. Aynan shu mavzuga