“Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali


“Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix02.06.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#123430
1   2   3
o-zbek-tili-fanini-o-qitishda-interfaol-metodlardan-foydalanish

“Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali
 

 
 
 
 
 
№12
 
107 
“Ikki qismli kundalik” metodidan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
 
“Ikki qismli kundalik” metodi Po‘lat Mo‘min “Ustozlar” she’ri misolida 
Ushbu metod orqali o‘quvchu o‘zi fikr yuritishda, ustoz qanday inson ekanligi 
va uni tariflash uchun so‘zlar topishga harakat qiladi. Metodning ikkinchi qismiga 
o‘quvchu o‘z fikrini o‘zi yozadi va o‘qib beradi.Natijada o‘quvchilarda nutqiy 
ko‘nikmasi oshadi, yozish qoidasiga amal qilishga harakat qiladi, o‘zbek tilida 
mavjud so‘zlarni bilib olagan holda o‘z matnida foydalanishga harakat qiladi.Bundan 
tashqari o‘quvchiga notanish so‘zlarni izlashga undaydi.Aynan shu mavzuni tahlil 
qilish jarayonida “Savol mendan,javob sizdan” metodidan ham foydalansa maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. 
Shoir fikri 
O‘quvchi fikri 
Mehr nuri yog‘ar doim 
Ko‘zingizdan, ustozlar. 
Yursam deyman shu tabarruk 
Izingizdan, ustozlar. 
Chin insonlik kitobiga 
Baxt-u hikmat bitibsiz. 
Fan bog‘ining bog‘bonisiz 
Odob bilan bilim oldim 
So‘zingizdan, ustozlar 
 
 


“Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali
 

 
 
 
 
 
№12
 
108 
Bu metodda ham o‘quvchi nutqi rivojlanadi, so‘zlar topishga va o‘z fikrini 
chiroyli ifodalshga harakat qiladi. O‘zbek tili grammatikasini tushinish va amaliyotda 
qo‘llay olish uchun o‘quvchilarga “Rangli test” metodidan foydalanilsa o‘quvchi ko‘z 
o‘ngida testlar orqali o‘zbek tili grammatikasi ranglar uyg‘unligida muhrlanadi. 
1)-lar qo‘shimchasi ko‘plik ma’nosini ifodalagan so‘zlar berilgan qatorni 
belgilang? 
А) Gular, kiyimlar, qalamlar B) Oyimlar, kitoblar, ammamlar 
S) xonimlar, ko‘chalar, daftarlar D) ko‘chatlar, qalamlar, dadamlar 
2) -lar qo‘shimchasi shaxs va narsalarning qanday ma`nolarini anglatadi? 
A) ko‘plik B) dona va taqsim S) ko‘plik va hurmat D) hurmat 
3) -lar qo‘shimchasi hurmat ma‘nosini anglatgan gapni toping? 
A) Dadamlar do‘kondan menga gullar olib keldilar 
B) Gullarni parvarish qilish uchun mehr berish kerak 
S) O‘quv qurollaringni ozoda tut! 
D) Bilimli har joyda obro‘ topadi 
Men o‘z faoliyatimdan kelib chiqqan holda shuni angladimki o‘zga tilli 
maktablar xususan ta‘lim rus tilda olib boriladigan maktablarda o‘quvchilar o‘z 
fikrini bayon etishda qiyichiliklarga duchor bo‘ladilar. Har darsni boshlagandan 
so‘ng o‘quvchilar diqqatini va o‘zbek tilida ko‘proq so‘zlash imkonini yaratish 
maqsadida “Har sohadan bir shingil” savol-javob o‘yinini o‘tkazaman.Bu o‘yin orqali 
o‘quvchilar darsga bo‘lgan diqqati jamlanadi, o‘zbek tilida javob berishga undaydi 
Masalan: 
1) 
Hozir qaysi fasl? 
2) 
5*5 nechi 
3) 
Biz qaysi sayyorada yashaymiz? 
4) 
Alisher Navoiy qachon tug‘ilgan? 
5) 
Qozonga birinchi nima solinadi? 
6) 
Aziza ismining teskarisi? 
7) 
Bola aziz-maqol davomini top? 
8) 
Do‘st so‘zi ruschaga qanday tarjima qilinadi? 
9) 
Dada so‘zi ingliz tiliga qanday tarjima qilinadi? 
10) 8ga 5 ni qo‘shsak nechi bo‘ladi? 
Ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy maqsadi va vazifasi barkamol, yetuk 
shaxslarni ya’ni komil insonni yetkazish -shakllantirishdan iborat.Shunday ekan biz 
ta’lim-tarbiya samaradorligini o‘quvchilarning qay darajada BMKlarga ega 
ekanliklarini bilgan holda, mustaqil ishlay olishga, hayotda o‘z o‘rinlarini toppish 
uchun qanday tayyorgarligi bilan o‘lchashimiz baho berishimiz lozimligini bilishimiz 
lozim. 


“Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali
 

 
 
 
 
 
№12
 
109 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
1. 
O‘zbek tili darslik 5-sinf uchun. “ O‘qituvchi” nashriyoti Toshkent 2020-
yil 
2. 
“O‘zbek tili fanini o‘qitishda interfaol metodlar” Til va adabiyot instituti 
metodik qo‘llanma. Toshkent 2021-yil 
3. 
“O‘qituvchi” jurnali Toshkent 2021-yil 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin