“FSMU” texnologiyasi FSMU texnologiyasi interfaol metodlar sirasiga kiradi. Mazkur texnologiya ishtirokchilardagi umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni oʻzlashtirish, xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash koʻnikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Mazkur texnologiyadan ma’ruza mashgʻulotlarida, mustahkamlashda, oʻtilgan mavzuni soʻrashda, uyga vazifa berishda hamda amaliy mashgʻulot natijalarini tahlil
etishda foydalanish tavsiya etiladi.
Texnologiyani amalga oshirish tartibi: * qatnashchilarga mavzuga oid boʻlgan yakuniy xulosa yoki gʻoya taklif etiladi; * har bir ishtirokchiga FSMU texnologiyasining bosqichlari yozilgan qogʻozlarni tarqatiladi; * ishtirokchilarning munosabatlari individual yoki guruhiy tartibda taqdimot qilinadi.
FSMU texnologiyasining tuzilmasi:
Muammoli savol beriladi
Ta’lim oluvchilar yakka tartibda muammoli savolga 4 bosqichli javob yozadi
Xulosa:* Ushbu texnologiya tinglovchilarni o’z fikrini himoya qilishga; * Erkin fikrlash va o’z fikrini boshqalarga o’tkazishga; * Ochiq holda bahslashishga egallagan bilimlarni tahlil qilishga; * Qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga o’rgatadi.
FSMU texnologiyasi
Bu texnologiya A. Qodiriyning “Otkan kunlar” romani bo’yicha ihlashda yaxshi samara bermoqda. Jumladan, “Otabek haqiqiy o’zbek o’g’loni” fikr, “Nega ota-onaga bildirmay uylanib oladi, bizda bunday xulq odobsizlik sanaladi-ku?” savol. Misollarni o’quvchilarning o’zlari keltiradilar va umumlashtiriladi.