Bekchanova-zilola kurs-ishi m.ó. m pdf


II BOB.Uchinchi sinfda matematikadan to’garak mashg’ulotlarini tashkil



Yüklə 177,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix02.06.2023
ölçüsü177,38 Kb.
#123830
1   2   3   4   5   6
II BOB.Uchinchi sinfda matematikadan to’garak mashg’ulotlarini tashkil
etish metodikasi
2.1. Matematikadan didaktik o‘yinlarni tayyorlash va o‘tkazish.
Ta’lim jarayonida didaktik o‘yinlar rolini chuqurroq va aniqroq tasavvur qilish
maqsadida biz bu ishimizda qo‘llaydigan ta’lim, o‘yin, didaktik topshiriq, o‘yin
topshiriqlari singari tushunchalarning ta’rifiga va ularning ma’nosini ochib
berishga to‘xtalib o‘tamiz.
Ta’lim — o‘qituvchining bolalarga bilim, ko‘nikma va malakalar
berishining, bu bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘quvchilar uqib olishi, egallab
olishi va ularni mustahkamlab olishining rejali suratda o‘tadigan jarayonidir.
Ta’lim jarayoni — bolalar xotirasining boyishi, ularning nutq va tafakkurining
o‘sish jarayonidir; turli xil metod va usullar yordamida sodir bo‘ladigan
jarayondir.
O‘yin — bolalarning suyak-suyagiga singib ketgan faoliyatdir, ularning bu
faoliyati, o‘yin turlariga qarab, ob’ektiv voqelikni, hayotni muayyan darajada
o‘zida aks ettiradi.
O‘yin sinfda o‘tilgan o‘quv faoliyatining ma’lum darajada davomi va
mustahkamlanishidir.
Tajribada shu narsa isbotlanganki, o‘yin kichik yoshdagi o‘quvchi bolalarning
zarur
ehtiyojidir.
Didaktik o‘yin — ta’lim beruvchi usul bo‘lib, bu usul muayyan ta’limiy
maqsadlarga erishuvga, ya’ni o‘tilgan o‘quv materialini aniqlashga,
mustahkamlashga va uni chuqurlashtirishga qaratilgan bo‘ladi. Har bir didaktik
o‘yinni o‘tkazishda muayyan maqsad, masalan, biror harakatni, biror hisoblash
usulini, ya’ni ma’lum didaktik topshiriqni mustahkamlash vazifa qilib olinadi.
Masalan, «Teatr» o‘yiniga qo‘yiladigan didaktik topshiriq bolalarning oldingi
darslarda tanishgan 5 soni haqidagi tushunchalarini mustahkamlashdan iborat.
«Doiraviy misollar» o‘yinida esa ikinchi o‘nlik ichida hisoblash malakalarini
mustahkamlashdan iborat bo‘lgan didaktik topshiriq qo‘yiladi.
21


Didaktik topshiriq darsga qo‘yiladigan umumiy maqsadning bir qismini tashkil
qiladi.
Har bir didaktik o‘yinning ham har qanday o‘yindagi singari qoidalari bo‘ladi.
o‘sha qoidalarga amal qilinmasa, o‘yinning o‘yin sifatidagi ahamiyati,
binobarin, o‘yinning ta’lim-tarbiyaviy va psixologik ahamiyati yo‘qoladi. o‘yin
qoidalari o‘yin topshirig‘iga kiritiladi. o‘yin topshirig‘i—o‘qituvchining
bolalarga o‘yinning qanday o‘ynalishini, kim g‘olib chiqqan hisoblanishini va
hokazolarni tushuntirish tarzida beradigan topshirig‘idir.
«Jimjitlik» o‘yinida bolalarga beriladigan topshiriq o‘qituvchi ko‘rsatgan belgi,
sonni «xayol»da yechish va son natijasini topishdir. o‘yin qoidasi — ovoz
chiqarmasdan harakat qilishdir.
Didaktik material: suratlar, jadvallar, plakatlar, sanoq jadvallari, stol ustida
ko‘rsatiladigan teatr-shirma, abak (sanoq asbobi), o‘yinchoqlar, cho‘tlar; har
bir bolaga beriladigan sanoq materiali: geometrik shakl-lar, xaltachalarga
solingan dub yong‘oqlar, cho‘plar, qo‘lda yasalgan buyumlar (qog‘oz qayiqcha
va shapkacha); geometrik shakllar chizilgan jadvallar, kartondan yasalgan
shakllar, sxemalar solingan konvertlar; sanoq materiallari solingan individual
yashiklar; geometrik shakllar solingan konvertlar va hokazo.
idaktik o‘yinlarning ta’lim va tarbiyaviy ahamiyati
Bolalarga har bir o‘yinni o‘rgatishda muayyan ta’limiy maqsad nazarda
tutiladi. O‘yinning eng muhim ahamiyati ham ana shundadir. O‘yinning
o‘tkazilish formalari va usullari bilan ta’limning boshqa turlaridan farq
qiladigan o‘yinlar ta’lim berish jihatidan ham katta ahamiyatga egadir.
Didaktik o‘yinlar o‘yin usullarini cheksiz takrorlash va o‘zgartirish, o‘yinga
turli narsalar kiritish imkonini beradi. Masalan, biz «Jimjitlik» o‘yinining 5—7
xilini butun sinf bilan hamda ayrim bolalar bilan 10 martadan ko‘proq
takrorlab o‘tkazdik; «Nima o‘zgardi» tipidagi o‘yin 5 xil turli ko‘rsatmali
material bilan o‘tkazildi va hokazo. Natijada o‘yin malakalarining bir xilda va
mustahkam bo‘lishiga hamda o‘yinning har bir qoidasini tinglay bilish va unga
rioya qilinishiga erishish imkonini berdi. Didaktik o‘yinlar o‘zining shakli
22


jihatidan asosan bog‘chada o‘ynaladigan ijodiy o‘yinlardan ham, o‘qituvchi
o‘zi hikoya qilib berish yo‘li bilan tushuntiradigan va o‘quvchilarni birma-bir
so‘rab chiqish natijasida mustahkamlanadigan va shu singari o‘yinlardan ham
har tamonlama farq qiladi. Didaktik o‘yinlar o‘qitish vazifasiga xizmat qiladi
va qiziqarli, maroqli, tushunarli darajada olib boriladi. Bolalar g‘olib chiqish
maqsadida jonu dili bilan mashq qiladilar, berilgan har bir topshiriqni albatta
bajarishga odatlanib qoladilar, ularda didaktik topshiriqlarni bajarishga bo‘lgan
qiziqish orta boradi. Didaktik o‘yinlar har bir darsning maqsadini, har bir
mashqning maqsad va vazifalarini yaxshiroq tushunib olishga yordam beradi.
Didaktik o‘yinlar ta’limning ko‘rgazmaliligini, o‘qituvchining nutqini va
bolalar harakatini o‘z ichiga oladi, buning natijasida idrokda (ko‘rish, eshitish,
teri sezgisi belgilarida) birlik tug‘iladi. Bu esa o‘qituvchining aytganlarini
bolalarning zehnan o‘ylab olishiga va o‘sha aytilganlarni ifodalab berishlariga,
ya’ni didaktik o‘yinlar qoidalarini o‘quvchilarning o‘zlari bajarishlariga imkon
beradi. Didaktik o‘yinlarning bo‘ tarzda tuzilish xususiyatlari o‘quvchilar
faoliyatini tahlil qilish imkoniyatini beradi. Shuning uchun ham barcha bolalar
o‘yin vaqtida qiziqish bilan harakat qiladilar.
Didaktik o‘yinlar bolaning his-tuyg‘usiga ta’sir etib, unda o‘qishga ijobiy
munosabat va qiziqish xislatini tarkib toptiradi. Bolalar o‘yinni zo‘r
mamnuniyat bilan o‘ynaydilar, o‘yin boshlanishini esa sabrsizlik bilan
kutadilar, ularning ongida ertangi o‘quv kunining quvonchli manzarasi
gavdalanadi.
Har bir didaktik o‘yinda ko‘pchilik bolalar yoki butun bir sinf o‘quvchilari
ishtirok qiladi. Masalan, «Doiraviy misollar» o‘yinida hamma bolalar masala
yechadi, «Zanjircha»da 10, «Do‘koncha»da 8—12 bola, «Narvoncha» da esa
qariyb hamma o‘quvchilar masala yechadilar va hokazo.
Bundan tashqari, o‘yin jarayonida hatto bolalardan ba’zi birlari bevosita
ishtirok etmasa ham, ular o‘yinda imoishoralar vositasida bavosita
qatnashadilar. Masalan, ko‘zlarini yumib, kim necha marta taqillatganini
tinglaydilar, «Eng yaxshi hisobchi», «Kim aniqroq va tezroq» va shu
23


o‘yinlarda o‘z o‘rtoqlarining misolni qanchalik to‘g‘ri-noto‘g‘ri
yechayotganlarini kuzatib boradilar.
O‘yin paytida bolalar psixikasining individual xususiyatlari, ularda shartli
reflekslarning paydo bo‘lish tezligi va ularning mustahkamligi yanada
yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Bu esa o‘qituvchiga o‘quvchilar faoliyatiga
individual munosabatda bo‘lish imkonini beradi. Bu o‘yinlarda bolalarning
o‘z-o‘zlarini boshqara, tuta bilishga o‘rganishlarini ta’kidlab o‘tgan edi. Bu
o‘yinlar bolalarni intizomli qiladi.
Didaktik o‘yinlarning tarbiyaviy ahamiyati nimalardan iborat?
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, didaktik o‘yinlar hamjihatlik va
intizomlilikni tarbiyalashga yordam beradi, chunki har bir o‘yin g‘alaba
qozonishga intilish bilan bog‘liq bo‘lib, o‘yin shartlari va qoidalariga qat’iy va
izchil rioya qilishni talab etadi. «Kim aniqroq va tezroq», «Bo‘sh kelma», «Eng
yaxshi hisobchi», «Ko‘rganni eslab qolish diktanti» singari o‘yinlarni o‘tkazish
paytida o‘quvchilar sinf xonasida jimjitlik bo‘lishiga o‘quvchilarning o‘zlarini
tuta bilishlariga, partadan tovush chiqarmay turib, oyoq uchida doskaga chiqa
olishlariga, joylariga osoyishtalik bilan qaytib kelib o‘tirishlariga, tovushlarni
diqqat bilan tinglashlariga, raqamlarga zehn bilan qarashlariga erishadilar.
Darsda o‘yinqaroqlik qilib o‘tiradigan va o‘qituvchini bitta dars davomida 10
—15 martagacha tanbeh berishga majbur etadigan bolalar ham uchrab turadi.
Biroq o‘yin o‘tkazilayotgan vaqtda bunday bolalarning xulq-atvori tamoman
o‘zgarib ketadi. Ular darhol o‘zlarini tutib oladilar, o‘qituvchining o‘yin
qoidalarini ko‘rsatib berishini kutib o‘tirmaydilar ham, qoidalarni o‘zlari
bajonu dil va mustaqil bajaradilar. Didaktik o‘yinlar jarayonida bolalarda
uyushqoqlik, vaqtni iloji boricha tejay bilish xislatlari tarbiyalanadi.
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, didaktik o‘yinlar bolalarda do‘stlik, birodarlik,
mehnatkashlik hissini tarbiyalash va taraqqiy ettirishga yordam beradi. «Kim
turgan saf yaxshiroq», «Zanjircha», «Narvoncha», «Bilgan kishi sanashni
davom ettiraversin» singari o‘yinlar o‘tkazilayotganda bolalar o‘z o‘rtoqlari,
o‘zi turgan saf va o‘z sinflarining sharafi uchun kurashadilar.
24


Bir safga tizilganlar ikkinchi safda turgan o‘quvchilar bilan
musobaqalashayotganda topshiriqni saflardan birining bitta o‘quvchisi yoki bir
necha o‘quvchilari, yoxud butun bir saf bajaradi. Odatda bolalar o‘z
sheriklariga dalda berib turadilar, agar o‘rtoqlari topshiriqni to‘g‘ri bajarsa,
undan behad xursand bo‘ladilar va u bilan faxrlanadilar. Shuni ham aytish
kerakki, o‘yin o‘tkazilayotgan paytda bolalarda hasad, qizishib ketish singari
salbiy xislatlar uchramaydi.
Didaktik o‘yinlar ijodiy shaxs tarbiyalashga yordam beradi, chunki har bir
o‘yin, uning har bir takrorlanishi topshiriqni bajarishga yangicha munosabatda
bo‘lishni talab qiladi, uni hal qilish zarurati esa ijodiy izlanishlarni keltirib
chiqaradi.
Didaktik o‘yinlarda tirishqoqlik, matonatlilik, boshlangan ishni oxirigacha
yetkaza bilish singari eng kerakli irodaviy sifatlar tarbiyalanadi. Masalan,
«Doiraviy misollar» o‘yinida oltita misolning hammasini yechish kerak, aks
holda, oxirgi sonning birinchisiga to‘g‘ri kelish-kelmasligini bilib bo‘lmaydi.
Ana shuning o‘zi bolalarni aktivlashtirib yuboradi va ular misolni yechmay
qo‘ymaydilar.
«Do‘koncha» tipidagi o‘yinda o‘yinchoqlar «sotib olish» ning o‘zi bilan ish
bitmaydi, balki bir necha o‘yinchoqlar narxini hisoblab (qo‘shib) chiqishga,
necha pul «qaytarib» berish kerakligi hakida o‘ylab ko‘rishga ham to‘g‘ri
keladi. Bolalar «qiziqarli kvadratlar» o‘yinida murakkab matematik amallarni
bajaradilar. Bunda o‘quvchilarga bir yo‘la bir necha amallarni bajarishga,
chiqqan natijalarni taqqoslashga, erishilishi mumkin bo‘lgan natijalar
to‘g‘risida o‘ylab ko‘rishga va noto‘g‘ri hisobdan voz kechishga to‘g‘ri keladi.
Bularning hammasi tez, zo‘r qiziqish va aqliy faoliyat bilan o‘tadi. Katta,
chiroyli to‘pni ko‘rgan o‘quvchilarda tortinchoqlik yo‘qola borib, ular dastlab
qo‘rqa-pisa, keyinchalik esa dadillik bilan sonlarni o‘ylab topishga kirishadilar.
o‘yin jarayonida bolalarda tevarak-atrof haqida to‘g‘ri tushuncha paydo
bo‘lardi, bu esa bolalarga topshiriq mazmunini (mustaqil o‘ylab topish paytida)
xilma-xil qilishga yordam beradi. «Do‘koncha», «Nimani taqillatdim?»,
25


«Teatr», «Bolalar bog‘chasida mehmondorchilikda» singari o‘yinlarda bolalar
tevarak-atrofdagi hayotni, narsalarning sifatini, og‘irlik o‘lchovi, narx-navolar
va boshqalarni bilib olardilar, Ularda fazoviy tasavvurlar mustahkamlanadi.
Didaktik o‘yinlar, ayniqsa bolalar ham, o‘qituvchi ham o‘yinning qanday
o‘tishiga qiziqqan paytlarida o‘qituvchini bolalarga yaqinlashtiradi. o‘qituvchi
bolalar nazarida tarbiyachigina emas, balki chinakam do‘stga ham aylanadi. Bu
esa ayniqsa dastlabki kunlarda yuz beradigan yotsirash hollariga barham
beradi. Shunday qilib, o‘yinlar, ayniqsa dastlabki kunlarda bolalarda o‘qituvchi
va o‘qishga nisbatan ijobiy munosabat paydo qiladi.
Sinfdan tashqarida o‘ynatiladigan o‘yinlar bolalarning bo‘sh vaqtini durustroq
o‘tkazish vositasidir. «Bo‘g‘inlar», «Sanayver», «Qiziqarli kvadratlar» kabi
o‘yinlarni o‘ynaganlar, boshqa ko‘pgina o‘yinlardan esa qo‘shimcha
mashg‘ulotlarda unumli foydalaniladi. Bolalar, jon-dillari bilan darsdan keyin
qolishga rozi bo‘ladilar va o‘zlariga berilgan topshiriqni tezda bajaradilar.
Didaktik o‘yinlarning tasnifi va klassifikatsiyasi
Sanoqqa doir didaktik o‘yinlar o‘zining mazmuniga ko‘ra, universal bo‘ladi,
ya’ni ularni («Jimjitlik», «Narvoncha», «Eng yaxshi hisobchi» va boshqalarni)
butun yil bo‘yi turli variantlarga o‘tkazish mumkin. Ko‘pchilik o‘yinlarni hech
qanday ko‘rsatmali qurolsiz o‘tkazish mumkin. Odatda ulardan darsning
boshlanish qismida og‘zaki hisoblash o‘rnida yoki darsning oxirgi qismida (3
—5 minut davomida) mustahkamlovchi vosita sifatida foydalaniladi.
«Jimjitlik» (bir necha varianti), «Hisoblayver», «Ketgan kim», «Biz kamayib
qoldik», «Nima o‘zgardi», «Eng yaxshi hisobchi» (bir necha varianti), «Bir-
birnga qarama-qarshi», «Tingla va o‘yla», «Narvoncha» (bir necha varianti),
«Zanjircha» «qo‘shish yoki ayirish», «Hisoblashni qaysi son bilan (boshlagan
bo‘lsang, o‘sha son bilan tugat», «Anqayib o‘tirma», «Kim aniqroq va tezroq»,
«Men bir sonni o‘ylab qo‘ydim», «Top-chi, qancha» va boshqa o‘yinlar ana
shular jumlasiga kiradi.
«Teatr», «Jadvalni qidirib top», «Doiraviy misollar», «Do‘koncha»,
«Yarmarka» (bir necha varianti), «qaysi surat bekitildi* «Ko‘rganni eslab
26


qolish diktanti», «Sonli jadvallaru- qiziqarli kvadratlar» va boshqa ko‘rsatma
qurollari — jadvallari, o‘yinchoqlari, maketi, plakatlari, turli buyumlari
bo‘lgan va maxsus tayyorlangan o‘yinlar qatoriga kiradi.
Sanoqqa doir o‘yinlar bir necha gruppaga bo‘linadi. Son operatsiyalarini, ya’ni
birinchi va ikkinchi o‘nliklar doirasidagi sonlarni qo‘shishni, ayirishni so‘ngra
esa ko‘paytirish va bo‘lishni mustahkamlovchi o‘yinlar birinchi gruppaga
kiritiladi. Turli variantlarda son tuzishni mashq qildiruvchi, sonlar o‘rtasidagi
bog‘lanishlarni mustahkamlovchi o‘yinlar ikkinchi gruppaga kiritiladi. Undan
oshirib hisoblash malakalarini mustahkamlovchi o‘yinlar uchinchi gruppaga
kiritiladi To‘g‘ri va teskari sanashni hamda son tarkibini mustahkamlovchi
o‘yinlar to‘rtinchi gruppaga kiritiladi.
Ko‘paytirish va kamaytirish topshiriqlarini bajarish malakalarini
mustahkamlovchi o‘yinlar beshinchi gruppaga kiritiladi Xat-savodga doir
o‘yinlar o‘qish va yozish darslarida o‘tkaziladi. Jadvalda keltirilgan
o‘yinlardan ba’zilari («Sholg‘om», «Oldin qanday qo‘yilganini ko‘rib ol va
xuddi shunday qilib ko‘y* (ko‘rganni eslab qolish diktanti), «Xuddi shunday
qilib joyla», «Bo‘lishlar», ko‘rsatma qurollardan foydalangan holda, qolganlari
esa ko‘rsatma materialsiz o‘tkaziladi. Xat-savod egallanishi bilan xat-savodga
doir o‘yinlarni o‘tkazish ehtiyoji yo‘qolaveradi.
3- sinfda qiziqarli matematika to’garagini tashkil etish :
Tajribada o‘tkazilgan to‘garak mashg‘ulot namunalarini keltiraman.
Shuningdek ―”Qiziqarli matematika”, ―”Ajib hisob”, ―”Sonlar olami”
to‘garaklarni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalarni keltiraman.
“Qiziqarli matematika” to’garagi mashg’ulot ishlanmalari :
To’garakning maqsad va vazifalari:
Matematika to‘garagi ishi, uni to'g'ri tashkil qilganda va uni o‘tkazish
metodikasidan to'g'ri foydalanganda, o‘quvchilarda matematikaga qiziqish
uyg'otish va bu qiziqishni rivojlantirish, ularning matematik qobiliyatlarini
rivojiantirishga imkon beradi. Mustaqil ishlash ko‘nikmalarini singdiradi,
o‘z kuchlariga ishonchni, qiyinchiliklarini mustaqil bartaraf qilish qobiliyatini
27


tarbiyalaydi. Bolalar to‘garak ish jarayonida o‘zlarining matematika jihatidan
o‘sganliklarini, yangi bilimlar va malakalar olganliklarini anglab yetishlari
katta ahamtyatiga ega. Shu boisdan o‘tkaziladigan mustaqil ishlar natijalarini
o‘quvchilarning umumiy va individual muvaffaqiyatlarini ta'kidlagan holda
to‘la batafsil tahlil qilish kerak.
To‘garakning ba'zi mashg'ulotlariga o‘quvchilarning ota-onalarini ham taklif
qilish mumkin. Matematik savollar va masalalalarning turli-tumanligiga
qaramay kichik yoshdagi o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan to‘garak
mashg'ulotlari mazmuni quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak:
1.Rejalashtiruvchi material dastur materiali bilan bog‘lanishga ega. Bunda
hisoblash amallari qaralayotgan sinf dasturi talablaridan ortib ketmaydi,
hisoblashlar, masalalar yechish, geometrik shakllarni yasashlarga amaliyot
bilan nazariya orasidagi bog'lanishi ta'minlanishi kerak.
2.O‘rganilayotgan masalalar istiqbol maqsadlarga ega bo‘lishi, ya'ni
o‘quvchilarni kelajakda o‘rganilishi nazarda tutilgan matematik masalalarni,
masalan: to‘plam, funksional bog'lanish, algebraik simvolika, tenglamalar,
grafiklar, ular yordamida arifmetik masalalarni yechish va hokazolarni
o‘rganishda tayyorlanish maqsadlariga ega bo‘lishi mumkin.
3. O‘rganiladigan masalalarning mazmuni qaralayotgan yoshdagi bolalarning
kuchlari yetadigan, ularda matematikaga muhabbat va uni o‘rganishga qiziqish
uyg'otadigan asosiy ta'lim va tarbiyaviy masalalarni hal qilish imkonini
beradigan bo‘lishi kerak.
Qiyinroq misol va masalalar yechish, o‘quvchilar tafakkurini, konkretdan
abstraktga o‘tish, zarur umumlashtirishlarini qila olish qobiliyatlarini
rivojlantirish va hokazolar to‘garak ishi mazmuniga kiradi. Qiziqarlilik
harakteridagi mashqlar, arifmetik fokuslar, «ajoyib» kvadratlar, topishmoqlar,
qiziqarli o‘yinlar, she'rlar va hokazolar katta o‘rin oladi, Shu bilan birga
materialni qiziqarli bo‘lishi yagona maqsad emas, qaraladigan matematik
qoidalar, qonuniyatlar va boshqalarni chuqurroq tushuntirishga imkon beradi.
28


To‘garak mashg'ulotlarida o‘qituvchilar suhbatlariga, to‘garak a'zolarining
chiqishlariga katta o‘rin ajratiladi, ba'zi nazariy material o‘qituvchilar
suhbatlarida bayon qilinadi, qiziqarli matematik masalalar beriladi.
Matematika to‘garagida bir guruh bolalarning ishtirok qilish va ularning
qiladigan ishlari faqat to‘garak qatnashchilargina emas, balki sinfdoshlarning
hammasi uchun ham katta ahamiyatga egadir.
Yulduzchalar
o’rniga
kerakli
sonlarni
qo’ying.
1. To'g'ri tenglikni xosil qiling:
*****-****=1; 10000-9999=1
***+***=1980; 990+990=1980
2.5*6*7*8 yulduzchalarni amal ishoralari bilan shunday almashtiringki,
natijada qiymati 39 ga teng ifoda xosil bolsin (5+6*7-8=39).
Qiziqarli masalalar va savollar
1. Bir milliard xosil qilish uchun necha kg olish kerak? Necha tonna olish
kerak? (1000000 kg, 10001).
2. Agar odam har kuni 8 stakan suv ichsa. 50 yilda necha litr, necha chelak,
necha bochka suv ichadi?
Izox: 1 yil - 365 kun, 1 chelak - 12 litr, 1 bochka – 40 chelak.
3. Agar odam har kuni 100 metr yo‘l yursa, 50 kunda necha metr yo‘l yuradi? 5
-yildachi?
4. Uzunligi 36 metr bo‘lgan chitni sotuvchi har qaysi haridorga 3 metrdan
sotadi. Sotuvchi chitni necha marta kesgan? (11 marta).
5. Axmad qog'ozga 7 ta gul chizdi. Buni ko‘rgan singillari esa undan 1 tadan
gul berishni suradi. Uning 1 ta singillari bor. U singillarni iltimosini bajarish
uchun qaychini olib chizilgan varag‘ni 3 to'g'ri chizik buylab kesganda xosil
bo‘lgan har bir kismda 11 tadan gul rasmi qoldi. Buni qanday bajargan?
6. Bir bola ko‘chaga chiqib, yo‘ldan bir so‘m pul topib oldi. Agar ko‘chaga 2 ta
bola chiqqanda edi, necha so‘m topib olgan bo‘lardi? Savatda 6 ta olma bor.
Shu olmalarning 6 ta bolaga shunday bo‘lib berinki natijada savatda ham 1
29


dona olma qolsin? 1 km 1 metrdan 1000 marta katta bo‘lsa, 50 km 50 metrdan
necha marta katta bo‘ladi? (1000 marta)
7. Quyon 4 oyogida tursa 5 kg, agar 2 oyog‘ida tursa necha kg bo‘ladi? (5 kg).
8.1 tayoqning 2 uchi bo‘lsa, yarimta tayoqning nechta uchi bo‘ladi?
9. Qayin daraxtning 8 ta shoxi bor. Har shoxida 8 ta shoxcha, har 1 shoxchada
8 ta olma bor. Hamma olmalar qancha? (Qayin daraxtida olmalar bolmaydi).
10. Bir bola 20 dan 22 ni ayirib 88 xosil qildi. U qanday amal bilan bajargan? 
11. O‘quvchi 18 sonni 2 ga bo‘lgan ekan, untadan chiqibdi. U qanday bo‘lgan?
12. 666 sonini xech qanday arifmetik amal bajarmay 1 yarim marotaba orttiring
(999.180° ga buring).
13. 3 ta gugurt cho‘pdan xech qanday sindirmay 4 xosil qiling? (IV).
14. Qurt 1 kunda 5 metr baiandga chiqib, 4 metr pastga tushadi. 10 metrlrk
daraxtga nechanchi kuni chiqadi? (6 kuni).

Yüklə 177,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin