2.8. Takomillashtirilgan ta’minlash qurilmasining
konstruktsiyasi va ishlash printsipi.
Hozirgi vaqtda texnologik mashina va qurilmalarni, texnologik
jarayonlarni modernizatsiya qilish, kam metall va material sarflagan
holda yuqori ish unumdorligi va samaradorligiga ega bo’lgan
mashinalarni yaratish dolzarb vazifalardan biri bo’lib hisoblanadi.
Ushbu bitiruv-malakaviy ishini bajarish davomida chigitli
paxtani dastlabki ishlash korxonalarida qo’llaniladigan paxtani
saqlashga tayyorlash qurilmalarining konstruktsiyalari o’rganib
chiqildi va PLA markali ta’minlash qurilmasining
takomillashtirilgan
konstruktsiyasi taklif qilindi.
Takomillashtirilgan chigitli paxtani saqlashga tayyorlash
qurilmasi sig’im
1 (takomillashtirilgan qurilmaning sxemasi bitiruv-
malakaviy ishining grafik qismida keltirilgan), yuritma
4, konsol
5,
g’ildirak
6, g’ildirak
11 lardan tashkil topgan bo’lib, mavjud PLA
markali ta’minlash qurilmasidan
shunisi bilan farqlanadiki, unda ikki
tasmali gorizontal transportyor o’rnida qoziq
3 larga ega bo’lgan ikki
qator qoziqli shnek
2 o’rnatilgan.
Chigitli paxtani saqlashga tayyorlash qurilmasining taklif etilgan
konstruktsiyasi quyidagi tartibda ishlaydi. Dalalardan yig’ib-terib
olinib, tayyorlov punktlari yoki paxta tozalash
zavodlariga keltirilgan
chigitli paxta laboratoriya tekshiruvidan o’tkazilgach, tarozida
tortiladi va g’aramlash uchun keltiriladi.
Tirkamadan chigitli paxtani ta’minlash qurilmasiga uning orqa
yon tomonidan asta-sekin ag’dariladi. Taklif etilgan ta’minlash
qurilmasida tasma o’rnida ikki qatorda gorizontal ravishda qoziqli
shneklar o’rnatilgan bo’lib, iflosliklarning
tushib ketishi uchun
ularning ostida to’rli sirt loyihalangan. Qoziqli shneklar soat mili
yo’nalishida aylanma harakat qiladi. Ta’minlash qurilmasiga
ag’darilgan chigitli paxta shneklarning qoziqlari yordamida titkilanadi
va ulardan ajralib chiqqan iflos aralashmalar to’rli sirt orqali pastga
tushadi. Chigitli paxta shnek bo’ylab surilib, qiya elevator 10
ga borib
tushadi va uning cho’tkalari yordamida g’aramlash uchun navbatdagi
tashish qurilmasiga uzatiladi.
Chigitli paxtani saqlashga tayyorlash
qurilmasining
konstruktsiyasini takomillashtirishdan maqsad, g’aramlangan chigitli
paxtada turli xildagi nuqsonlar paydo bo’lishining oldini olish
hamda
toza va sifatli saqlashdir. Chigitli paxta turli xildagi iflos
aralashmalardan ajratilib, ma’lum darajada tozalangan holda
g’aramlanishi uning xossalarini buzmasdan
sifatli saqlanishiga
ko’maklashadi va navbatdagi ishlov berish jarayonlarini ham
osonlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: