11-Mavzu. Real kompressorlar



Yüklə 33,54 Kb.
tarix08.06.2022
ölçüsü33,54 Kb.
#61016
11-Mavzu


11-Mavzu.
Real kompressorlar
Ta’minot suvi va kondensatni turbina otboridan olingan bug‘ bilan qizdirish regenerativ qizdirgichlar yordamida amalga oshiriladi. Regenerativ qizdirishning samaradorligi regenerativ otbordagi bug‘ parametrlarining to‘g‘ri tanlanishiga regenerativ qizdirgichlarning soniga, ularning ulanish sxemalariga va turlariga bog‘liq bo‘ladi. Turbina qurilmasining issiqlik sxemasidagi joylashish o‘rniga ko‘ra regenerativ qizdirgichlar yuqori va past bosimlilarga bo‘linadi.
YUqori bosimli qizdirgichlar (YUBQ) qozon agregati va ta’minot nasosi oralig‘ida joylashtirilib turbinaning yuqori va o‘rta bosimli qismlaridan olinayotgan bug‘ issiqligidan foydalanadi. Bu yerdagi ta’minot suvining bosimi ta’minot nasosidan berilayotgan napordan aniqlanadi. YUqori bosimli qizdirgichda suv bosimining katta ekanligi ularning konstruktiv tuzilishiga va yasash uchun ishlatilayotgan materialning mustahkamlik xususiyatlari oldiga jiddiy talablarni qo‘yadi.
Kiritilayotgan bug‘ning issiqliklaridan imkon darajasida to‘liq foydalanish uchun bug‘ni to‘yinish holatiga yaqin parametrlargacha sovituvchi – bug‘ sovitgichi va bug‘ kondensatini sovituvchi – kondensat sovitgichi kabi maxsus qizdirish yuzalarini o‘rnatish ko‘zda tutilgan.
Past bosimli qizdirgichlar turbina kondensatori va ta’minot nasosi oralig‘iga joylashtiriladi, ulardagi suvning harakati kondensat nasosi berayotgan bosimi ostida yuz beradi.
Elektr stansiyasining regenerativ qizdirgichlariga suvni belgilangan parametrlargacha qizdirishni ta’minlashlari va ishonchli ishlashligi uchun yuksak talablar qo‘yiladi.
Ular germetik mustahkam bo‘lishligi shart hamda ularning alohida qismlarini tekshirish va qizdirish yuzalarini cho‘kmalardan tozalash uchun kirish, kuzatish imkoniyatlari ta’minlangan bo‘lishi shart. Bundan tashqari, qizdiriluvchi jismning qaynab ketishi va gidravlik zarbning oldini olish uchun qizdirish yuzalaridagi qizdiruvchi bug‘ bosimi suv bosimidan past bo‘lishi shart.
Qizdirgichlar konstruksiyasi barcha elementlardagi harorat o‘zgarishlarni qoplashni va ular qizdirishining maksimal tezligini ta’minlashi shart. SHu jumladan, qizdirgichlarning barcha yuzalarida drenajga chiqish imkoniyatlarini va qizdiruvchi bug‘ issiqligidan maksimal foydalanish sharoitini ta’minlashi ham shart.
Issiqlikdan foydalanishning tashkil etilishi prinsipiga ko‘ra regenerativ qizdirgichlar yuzali va aralash turlarga bo‘linadi. Bularning ikkinchi turlaridan issiqlik elektr stansiyalarda faqat past bosimli qizdirgich sifatida foydalaniladi.
Aralash turdagi past bosimli qizdirgichlar qizdiruvchi bug‘ning issiqligidan to‘liq foydalanishga sabab bo‘ladi, bu esa turbina qurilmasining issiqlik samaradorligini oshiradi. Biroq bunday turdagi qizdirgichlarning qo‘llanilishi ta’minot suvini regenerativ qizdirish tizimida ma’lum murakkabliklarni keltirib chiqaradi, ya’ni kondensatni haydash uchun nasoslar soni ko‘paytiriladi, turbinaning bo‘ylama qismida suv tushishidan saqlanish uchun talablar kuchaytiriladi, qizdirgich komponovkasi murakkablashadi. Bunday holatlarda aralash turdagi regenerativ qizdirgichlarning keng tarqalishiga to‘sqinlik qiladi. Hozirgi paytda, ular katta quvvatli turbina qurilmalarida qo‘llaniladi. CHunki bu qurilmalarda bug‘ otborining issiqligidan foydalanish samaradorligini orttirishga nihoyatda ehtiyoj katta. Bunday qizdirgichlar oxirgi otborlar issiqligidan foydalanish maqsadida o‘rnatiladi. Bu holda, vertikal komponovkaning qo‘llanilishi, qo‘shimcha nasos qurilmalarini o‘rnatmaslik imkoniyatlarini beradi, ya’ni turbina qurilmasining barcha ish rejimlarida kondensatning bir qizdirgichdan ikkinchisiga quyilishi erkin (o‘zi oqar) tarzda yuz beradi.
Tarmoq standarti talablariga muvofiq tayyorlov zavodlarida regenerativ qizdirgichlarni markalash uchun quyidagi tartibda harfli va raqamli belgilashlardan foydalaniladi: PN – 400 – 26 – 7 – I; PN – 800 – 29 – 7 – IA; PNS – 800 – 1,0 – 2 yoki PV – 1600 – 380, bu yerda birinchi harflar qizdirgichlarning turi va joyini belgilaydi, ya’ni PN – past bosimli, PNS – aralash turdagi past bosimli, PV – yuqori bosimli (ruscha – podogrevateli nizkogo (PN) vыsokogo (PV) davleniya i smeshivayuщego (PNS) tipa), birinchi raqam - issiqlik almashinuv yuzami m2; ikkinchi va uchinchi raqam – mos ravishda qizdirilayotgan jism va qizdiruvchi bug‘ bosimi, oxirgi rim raqami – modifikatsiyasini belgilaydi, A harfi esa qizdirgichdan atom elektr stansiyalarida foydalanishni mumkinligini bildiradi.
Past bosimli qizdirgichlar.
Qizdirgichning konstruktiv sxemasi qizdiruvchi bug‘ o‘ta qizigan yoki to‘yingan bo‘lishidan qat’iy nazar uning issiqligidan to‘liq foydalanish imkoniyatini ta’minlashi shart.
Bu talabdan kelib chiqib qizdirgichni ikkita yoki uchta issiqlik uzatish zonalariga ajratish mumkin. Qizdirgichdagi qizdiruvchi bug‘ni sovitilishi shunday uchastkada sodir bo‘ladiki, bu yerda issiqlik almashinish yuzasi devorining harorati qizdiruvchi bug‘ning to‘yinish haroratidan yuqori bo‘ladi. Bunday yuza bug‘ sovitgichi (BS - OP) deb ataladi. Bug‘ sovitgichi konstruktiv jihatdan qizdirgich ichida joylashtirilishi yoki alohida, issiqlik almashingich sifatida o‘rnatilish mumkin. Qizdiruvchi bug‘ issiqligining asosiy miqdori kondensatsiyalanish zonasida yuz beradi (SP – xususiy qizdirgich – XK). Qator hollarda issiqlikdan to‘liq foydalanish maqsadida qizdiruvchi bug‘ kondensatini sovitish zonasi ajratiladi va kondensat sovitgichi deb ataladi (KS - OK), bu zona ham kondensatsiyalanish zonasida bir korpusda yoki alohida issiqlik almashingich sifatida o‘rnatilishi mumkin. Barcha yuzali turdagi regenerativ qizdirgichlarda latun yoki zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan silliq quvurlar ishlatiladi. Qizdiriluvchi suvning harakati suv ichida yuz beradi, qizdiruvchi bug‘ esa quvurlararo fazoda harakatlanadi.
Yüklə 33,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin