O’ zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi buxoro muhandislik- tеxnologiya instituti


 Texnologik uskunalarni changsizlantirish va atmosferaga



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/32
tarix02.06.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#123896
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32
O’ zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim vazirligi

3.8. Texnologik uskunalarni changsizlantirish va atmosferaga 
chiqariladigan chiqindilarni tozalash 
Paxtaga dastlabki ishlov berishning texnologik jarayoni ishlab chikarish 
binolaridagi havo va atmosferani buzadigan kup chang aj-ralishi bilan birga boradi. 
Bu esa kasb patologiyasi va allergik kasalliklari vujudga kelishiga sabab bulishi 
mumkin. Ishlab chikarish binolari havosining changlanishini kamaytirishga havo 
surish ti-zimlari (aspiratsiya), atmosferaga chikarilgan iflosliklarni to-zalashga esa 
havo tozalagichlarni qo’llash bilan erishiladi. Texnologik uskunalardan chikadigan 


va havo surish tizimlari yordamida uzok-lashtiriladigan havo 800 dan 3000 mg/m3. 
gacha o’zgarib turadigan boshlangich changlanishga ega.
Paxta zavodi changining fraktsion tarkibi muayyan chegaralarda o’zgarib 
turadi. 5 mkm. gacha o’lchamli zarrachalar 17,8—36,4 %; 5 dan 10 mkm gachalar 
26,2—43,2 %; 10 dan 50 mkm gachalari 21,3—33,4 % va 50 mkm dan yuqorilari 
5,0—23,9 % ni tashkil kiladi. 
Paxtadan ajraladigan chang organik va mineral fraktsiyalardan iborat. 
Organik fraktsiya g’o’za tupi yoki ko’saklarining maydalangan zarralari va mayda 
qisqa tolalardan iborat. Changning mineral fraktsiyasi tuprok, qum hamda paxta 
yig’im-terim va uni tashish xamda saqlash vaktida unga tushadigan begona 
aralashmalardan iborat. 
Texnologik jarayon boshida paxtani tashish va iflos aralashmalardan tozalash 
paytida mineral chang ajralib havoni ifloslaydi, texnologik jarayon oxirida esa, 
ayniqsa, momiq ajratish va uni shibbalaganda, organik chang ajraladi. Paxtaning 
pnevmotransport tizimida ishlatilgan havoda 10 dan 20 foizgacha organik va 80—
90 % mineral zarralar bo’ladi. 
Linterlash texnologik jarayonining oxirida linter kondensorlardan chikarilgan 
havo tarkibida organik fraktsiya mikdori 80—90 % ga etadi. Changni pnevmatik 
usulda ishonchli tashish paxta tozalash zavodining tozalash sexlari uchun havo 
tezligi 20 m/s dan kam bo’lmaganda va qolgan hamma sexlarda 18 m/s. dan kam 
bo’lmagan tezlikda ta’minlanadi. 
Havo so’rish tizimi uchun TS6-46 va UVTS-22M rusumli chang 
ventilyatorlari qo’llaniladi (shuningdek, VTS-8M, VTS-10M va U1VTS 
ventilyatorlaridan ham foydalanishga ruxsat etiladi). Havo so’rish tizimlari 
qurilmasi va paxta zavodi texnologik uskunasining havo so’rish tizimining shakli 
«Ishlab chikarish binolarini changsizlantirish va paxta tozalash zavodlarida 
atmosfera chiqindilarini tozalash bo’yicha tavsiya» da keltirilgan (Toshkent, 
TSNIIXProm, 1981) [16]. 
Paxta tozalash zavodining chang chiqaradigan barcha mashina va 
mexanizmlari mahalliy havo so’rish tizimi bilan ta’minlanishi kerak. Changni 
bevosita chang ajratish manbaidan so’rish mahalliy so’rish deb ataladi. Paxta 


tozalash zavodining jami texnologik uskunalari chang ajratadi va mahalliy chang 
so’rish mashina hamda mexanizmlarni changsizlantirishning asosiy usuli sifatida 
qabul qilingan. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin