`
22
Ana shu markazdan qochma kuch ta’sirida suyuliik g’ildirakdan chiqishi natijasida uning atrofida
bosim ortadi, ishchi g’ildirak markazida bosim pasayadi (vakuum hosil bo’ladi),
hamda
suyuqlikning so‘rish quvuridan uzluksiz kelishi ta’minlanadi.
Markazdan qochma nasos va uning so‘rish quvuri yurgizishdan avval suvga to’ldirilishi lozim.
Buning uchun bolt olinib, teshikchadan vakuum-nasos yordamida havosi so‘rib olinadi yoki o‘sha
teshikchadan suv quyib to‘ldiriladi.
3
Markazdan qochma nasoslarda dvigateldan olingan mexanik energiya suyuqlikni kuraklaridan
oqib o‘tish jarayonida uning gidravlik energiyasiga aylanadi, ya’ni suyuqlikning statik va dinamik
bosimi ortadi.
Markazdan qochma nasoslar quyidagicha tasniflanadi:
- ishchi g‘ildiragi shakli bo‘yicha: markazdan qochma, o‘qli
va diagonal;
- ishchi g’ildiraklar soni bo‘yicha: bir g‘ildirakli, ko‘p g’ildirakli (ko‘p pog‘onali);
- suyuqlikni ishchi g’iidirakka kirish xususiyati bo‘yicha (markazdan qochma nasoslarda): bir
tomonlama, ikki
tomonlama;
- valini o’rnatilish holati bo‘yicha: gorizontal, vertikal
va qiya valli;
- bosim hosil qilishi bo‘yicha; past bosimli (H60 m);.
- tezkorligi bo‘yicha; markazdan qochma; sekinyurar (n^ = 40...80), o'rtacha tezkorlikdagi (ns =
80...150), tezkor (Пз=150...350); diagonal (ns=350...600), o'qiy (Пз=600...1200);
- ahamiyati bo'yicha: umumiy
vazifani bajaruvchi; maxsus vazifani bajaruvchi, ya’ni kimyoviy
aktiv suyuqliklar uchun, ifloslangan kanalizatsiya suvlari uchun, loyqa, qum yoki kul aralashmasi
uchun, issiq suvlar uchun va hokazo.
Markazdan qochma nasoslar so‘rish usuliga qarab bir tomonlama so‘ruvchi va ikki tomonlama
so‘ruvchi nasoslarga bo’linadi. Markazdan qochma nasoslarning asosiy qismlari korpus, valga
o‘rnatilgan aylanuvchi ish g’ildiraklari bo‘lib, valga bir yoki bir necha ish g’ildiragi o‘rnatish
mumkin. Birinchi holda nasos bir g‘ildirakli yoki bir bosqichli deyiladi. Ikkinchi holda esa u ko’p
bosqichli deyiladi. Bir bosqichli markazdan qochma nasoslar kichik bosimli
nasoslar gruppasiga
taalluqli bo‘lib, bosimni oshirish uchun valga bir necha ish g’ildiragi o‘rnatiladi. Bu holda bosim
ish g’ildiraklari nechta bo‘lsa, taxminan shuncha ortadi. Odatda,
markazdan qochma
nasoslarning bosqichlari soni o‘n ikkitadan oshmaydi.