21 markazdan qochma nasoslar, ularning ishlash prinsipi turg’unova Laylo Ramil qizi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix02.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#123898
  1   2   3   4   5
ZDIFT 1206




 
21 
 
 
 
MARKAZDAN QOCHMA NASOSLAR, ULARNING ISHLASH PRINSIPI 
1. Turg’unova Laylo Ramil qizi 
2. Urinov Bekjon Jovli o’g’li 
3. G’aniyev Sarvar Yo’ldosh o’g’li 
1. TKTI Shahrisabz filiali talabasi 
2. TKTI Shahrisabz filiali o’qituvchi 
3. TKTI Shahrisabz filiali o’qituvchi 
Toshkent kimyo texnologiya instituti Shahrisabz filiali 
Tel:+998755225068 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7802972 
Nasos- elektr yuritkichning mexanik energiyasini suyuqlikning harakatlanish energiyasiga 
aylantirib beruvchi gidravlik mashina hisoblanadi va odatda, suv,turli moylar, benzin, neft, 
kerosin va boshqa suyuqliklarni chuqurlikdan tortish, yuqoriga ko‘tarish, bir yerdan ikkinchi 
yerga uzatish, ular yordamida boshqa jismlarni ko‘chirish, tashish uchun ishlatiladi. Bunda 
suyuqliklar nasos orqali o‘tganida ularning energiyasi ortadi. Bu energiya yordamida suyuqlik 
ustida aytilgan ishlarni bajarish mumkin. Nasoslar suyuqlikka bergan energiyasiga yoki o‘zidan 
qancha suyuqlik o’tkaza olishiga qarab turli gruppalarga bo’linadi va bajaradigan vazifasini qaysi 
usulda amalga oshirishiga qarab turlicha nomlanadi.

Nasoslar harakatlanish turiga qarab 
hajmiy, markazdan qochma(kurakli), uyurmaviy va o’qli nasoslarga bo’linadi.Quyida kurakli 
ya’ni markazdan qochma nasoslar haqida ma’lumotga ega bo’lamiz. 
Markazdan qochma nasoslar suv trubasining teskari tomonidir. Turbinada g’ildirak orqali oqib 
o’tadigan suvning kinetik energiyasi mexanik ishlarga, markazdan qochma nasosda esa mexanik 
ish suvning kinetik energiyasiga aylanadi. Suv markazdan qochma nasos orqali 1-qismdan 4-
qismgacha, suv trubinasida esa teskari yo’nalishda oqadi.markazdan qochma nasoslarda 
nomidan anglaganimizdek, markazdan qochma kuch muhim rol o’ynaydi.Markazdan qochma 
nasoslarda suyuqliklar bir me’yorda uzatiladi. Markazdan qochma nasoslarda suyuqlikka 
energiyani nasos korpusida aylanuvchi ish g’ildiragi kuraklari yordamida beriladi. Bunda 
parraklar orasidagi suyuqlik zarrachasi markazdan qochma kuch ta’sirida nasos kamerasiga 
intiladi. Bunday harakat natijasida ish g‘ildiragi markazida bosim kamayib, ta’minlovchi 
idishdagi suyuqlik so‘rish trubasi orqali ko‘tariladi va ish g’ildiragi kuraklari orasida chiqib 
ketgan suyuqlik o‘rniga yangi suyuqlik keladi. 
Ish g’ildiragi bilan korpus orasida kattagina tirkish bo‘lib, agar korpus suyuqlik bilan 
to‘ldirilnasa, gildirak aylanishidan hosil bo’lgan siyraklanish suyultirishi ko‘tarishga ta’sirli 
bo‘lmaydi. Shuning uchun markazdan qochma nasoslarni ishga tushirishdan oldin uning korpusi 
suyuqlik bilan to‘ldiriladi. Nasosni to‘ldirishda yoki qisqa vaqtga to‘xtaganida suyuqlik oqib 
ketmasligi uchun so‘rish trubasining suvga botirilgan qismida klapan o‘rnatilgam bo‘ladi.

Ishchi g’ldirak aylanganda kuraklari oralig’ida uning o‘qida r radiusda joylashgan har bir m 
massali suyuqlik hajmiga ta’sir etuvchi markazdan qochma kuch F ta’sir qiladi. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin