Organization of pedagogical activities in preschool educational organizations



Yüklə 263,78 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix02.06.2023
ölçüsü263,78 Kb.
#124115
3509-Article Text-8736-1-10-20211117



MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA PEDAGOGIK 
ISHLARNI TASHKIL ETISH . 
ОРГАНИЗАЦИЯ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В 
ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ 
ORGANIZATION OF PEDAGOGICAL ACTIVITIES IN 
PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS 
A.Qodiriy nomli JDPI maktabgacha
ta’lim metodikasi kafedrasi dots. G.Kushakova 
1-kurs magistr M.Boyzakova 
 
Annotatsiya:Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik 
ishlarni tashkil etish hamda bola shaxsini Davlat talablariga muvofiq sog’lom va 
yetuk, maktabda o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish yuzasidan fikrlar 
bildirilgan. 
Аннотация: В статье представлены идеи по организации педагогической 
работы в дошкольном образовании и формированию личности ребенка в 
здоровом и зрелом, готовом к школе в соответствии с требованиями 
государства. 
Annotation: This article provides ideas on the organization of pedagogical work in 
preschool education and the formation of the child's personality in a healthy and 
mature, ready for school in accordance with the requirements of the State. 
Kalit so’zlar: maktabgacha ta’lim, tashkilot, pedagogik ishlar, tashkil etish, bola 
shaxsini,sog’lom, yetuk,shakllantirish, maktab, dunyoqarash.
Ключевые слова: дошкольное образование, организация, педагогическая 
работа, организация, личность ребенка, здоровый, зрелый, образование, 
школа, мировоззрение.
Keywords: preschool education, organization, pedagogical work, organization, 
child's personality, healthy, mature, formation, school, worldview 
XXI asr boshlarida kechayotgan global ijtimoiy-iqtisodiy va geosiyosiy 
jarayonlar, dunyoning g’oyaviy-mafkuraviy qiyofasini o’zgartirib, yangicha 
tafakkur va dunyoqarashni shakllantirishni taqozo etmoqda. 2017-2021-yillarga 
mo’ljallangan “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha 
Harakatlar strategiyasi”, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog 
kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning 
malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 
Qaroriga muvofiq, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, 
ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish, o’quv-metodik majmualarning 
yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish hamda pedagog xodimlarini 


qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish 
taqozo etadi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev rahbarligida 2017 yil 16 
avgust kuni bo’lib o’tgan yig’ilishda maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan 
tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to’la qamrab olish bo’yicha 
muhim vazifalar qo’yildi. Bu boradagi tahlillar natijasida qisqa vaqtda uchta yirik 
hujjat — O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 9 sentyabrdagi “Maktabgacha 
ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3261-
sonli Qarori, 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan 
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5198-sonli Farmoni hamda 
“O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi – faoliyatini tashkil etish 
to’g’risida”gi PQ-3305-sonli Qarori qabul qilindi. 
Maktabgacha ta’limning asosiy maqsadi-bola shaxsini maktabgacha 
yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga Davlat talablariga muvofiq sog’lom va yetuk, 
maktabda o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi. 
Maktabgacha ta’limning vazifalari: 
- bolalarni xalqning boy miliy, madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy 
qadriyatlar asosida aqliy va ma’naviy axloqiy jihatdan tarbiyalash; 
- bolalarda milliy g’urur, vatanparvarlik hislarini shakllantirish; 
- makatabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o’qishga 
muntazam ta’limga tayyorlash; 
- bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o’zining fikrini mustaqil va erkin 
ifodalash malakalarini shakllantirish; 
- bolalarning jismoniy va ruhiy sog’lig’ini ta’minlashdan iboratdir. 
Maktabgacha ta’lim mazmuni va metodlari bola shaxsining shakllanishi
uning mustaqil shaxs sifatida tan olinishi jarayonlari kechadigan muhitda tashkil 
etilishi katta ahamiyatga ega. Zero, shaxs sifatida shakllangan, kamol topgan bola 
o’zini, o’zligini taniydi va kelajakda millatning, yurtning faxriga aylanadi.
1. “Ilk qadam” tayanch dasturi asosida ta’lim-tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish 
muhim rolь o’ynaydi. 


2.Tarbiyachilarda ta’lim-tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishning nazariy jihatlariga 
ahamiyat qaratilgan. 
3.Rejalashtirish muhim bosqichlari, tarbiyachi tomonidan qo’llanilgan metod-
usullar zamon talabga javob beradi. 
4.Rejalashtirishda-bolalarning hamma faoliyat turlari keng qamrab olinmagan 
(mehnat-o’yin-ijodiy-mustaqil faoliyatlari) 
5.Rejalashtirishda yangi pedagogik-texnologiyalardan kam foydalanilgan (asosan 
kichik va o’rta guruhlarda pedagogik texnologiya elementlari qo’llangan) 
6.Rejalashtirishda bolalarning mustaqil faoliyat jarayonlariga kam vaqt, e’tibor 
qaratilgan.
7.Rejalashtirishda bolalarning yosh individual xususiyatlarini hisobga olgan holda 
rejalashtirilgan. 
8.Katta tarbiyachi va mudira tomonidan ta’lim-tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishga 
nisbatan nazorat va rahbarlikni kuchaytirish maqsadga muvofiqdir. 
9.Ta’lim-tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishi, rivojlantirish yo’llarini ishlab chiqilsa 
maqsadga muvofiq bo’ladi. 
10.Ta’lim-tarbiyaviy ishlarining turli bo’limlarini rivojlantirish masalasiga diqqatini 
qaratish lozim. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik ishlar fanining asosiy 
qonuniyatlari quyidagilar: 
1. 
Maktabgacha ta’limning Davlat xarakteri, uning ta’lim tizimida tutgan 
o’rni, maktabgacha ta’lim muassasasi uslubchisining ma’naviy- madaniy va 
umumkasbiy darajasi, uning liderlik va boshqaruv jihatlari, tamoyillari va 
xususiyatlari to

g‘risida tasavvur va bilimga ega bo’lish. 
2. 
Maktabgacha ta’lim muassasasi ishini rejalashtirishning nazariy 
asoslari, ta’lim-tarbiyaning maqsadi, mazmuni, shaxsni barkamollikka yetaklovchi 
omillar, jamoada sog‘lom muhitni yaratish. 
3. 
Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar hayotining turli qirralarini 
tashkil etishda tarbiyachi va uslubchi tomonidan qo‘llaniladigan metod va usullar, 
nazorat shakllari va uni o‘tkazish metodikasi. 


4. 
O’quv faoliyatini tashkil etish, nazorat va rahbarlikning o‘ziga xos 
xususiyatlari. 
5. 
Metodik ishlarning turlari - shakllari, pedagogik, innovatsion 
texnologiyalar asosida tashkil etishning qonuniyatlari, imkoniyatlari. 
6. 
Maktbgacha ta’lim muassasasining ota-onalar va jamoatchilik bilan 
xamkorlik ishidagi maktabgacha ta’lim muassasasining bola tarbiyasidagi 
majburiyatlari, tarbiya va rivojlanish muammolariga uzluksiz yondashish, bolalarga 
ta’lim-tarbiya berish, ularni rivojlantirish jarayonlarining birligi, o’zaro bog’liqligini 
amalga oshirish, oilaning ijtimoiy, ma’naviy, iqtisodiy, demografik, amaliy 
vazifalari, ota-onalar savodxonligini oshirish bilan bog’liq bo'lgan ish shakllarini 
tanlash imkonini beradi. 
O`zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’limni rivojlantirish maqsadi 
quyidagilarda aks etadi: 
1) 
maktabgacha ta’lim muassasalarining maqomini oshirish; 
2) 
ota-onalarning talab va takliflarini inobatga olgan holda, maktabgacha 
ta’lim muassasalarining xilma-xil turlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratish. 
Qo’yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni muvafaqqiyatli hal 
etish zaruriyati mavjud: 
1) 
maktabgacha ta’lim muassasalarining davlat tizimini saqlab qolish; 
2) 
maktabgacha ta’limga qo’yiladigan Davlat talablarini aniqlashtirish; 
3) 
maktabgacha ta’limning yangi mazmun va texnologiyasini ishlab 
chiqish; 
4) 
variativlik, ochiqlik, oila, maktab va mahalla hamda nodavlat 
tashkilotlar bilan hamkorlikni tashkil etish tamoyiliga muvofiq maktabgacha ta’lim 
muassasalarining tashkiliy tuzilishiga o’zgartirishlar kiritish; 
5) 
jamiyat rivojlanishi bilan bog`liqlikda qo’yiladigan talablar va shart-
sharoitlardan kelib chiqib maktabgacha ta’limning o`z vaqtida va muvafaqqiyatli 
moslashuviga erishish; 


6) 
maktabgacha ta’limdagi o`zgarishlarga tezda moslasha oladigan 
maktabgacha ta’lim muassasasi uchun kadrlar tayyorlashning tizimini 
takomillashtirish. 
Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’limiy-tarbiyaviy ishni rejalashtirish 
pedagoglar: tarbiyachi, uslubchi, mudira faoliyatining muhim turlaridan biridir. 
Rejalashtirish ta’lim-tarbiyaviy ishining zarur sharoit, foydalaniladigan vosita, ish 
usul va metodlarini ko‘rsatib, ta’lim-tarbiyaviy ish dasturini amalga oshirish tartibi, 
izchilligini oldindan aniqlashdir. 
Tarbiyada yetakchi o`rin katta yoshli o‘qituvchiga, tarbiyachiga tegishlidir. 
U bolalarning xilma xil faoliyatlarini tashkil etadi va yo‘lga soladi, o'qitish 
jarayonini amalga oshiradi. Faoliyatni rejalashtirishda pedagog bolalar rivoji va 
tarbiyasining umumiy qonuniyatlari hamda tarbiyalanuvchilarning o‘ziga xos 
xususiyatlarini bilishga tayanadi. Bolani tarbiyalash va rivojlantirish qonunlari 
ob’ektivdir, ular bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy ish mazmunini ham 
izchilligini ham aniqlashda asos xizmatini o‘taydi. 
Maktabgacha taiim muassasasi ta’lim-tarbiyaviy ishini rejalashtirish 
mamlakat va maktabgacha pedagogikaning muhim yutug‘idir. XIX asr o‘rtalarida 
rus pedagogikasining mashhur namoyondasi E.N.Vodovozova bolalar bilan tabiat 
hodisalari va qishloq mehnatkashlari mehnatini kuzatishlar mazmuniga ko‘ra izchil, 
murakkablashib va kengayib boradigan tizimini ishlab chiqdi. Bu kuzatishlar turli 
yoshdagi bolalar uchun ishlab chiqilgan bolib, ularning izchilligi tabiat, mehnat va 
kishilar turmushidagi mavsumiy o‘zgarishlar bilan bog‘langan. 
Bolalar bilan ishlashni rejalashtirish mazmun va shakllarini izlash uning 
asoslarini aniqlash mamlakatimizda ijtimoiy maktabgacha tarbiyaning butun 
shakllanish davrida davom etdi. E.l.Tixeeva metodi asosida ishlovchi maktabgacha 
ta’lim muassasasida pedagoglar jamoasi reja dastur ishlab chiqadi. Unda bolalar 
bilan ishning asosiy yo‘nalishlari, ularning birikmalari beriladi, har bir yo‘nalish 
ichidagi izchillik belgilanadi. 
Xulosa 
Yuqoridagi natijalardan kеlib chiqqan holda quyidagi xulosalarga kеldik: 


 MTMda Pеdagogik kеngashni tashkil etish Nizomi asosida ta'lim 
tarbiya ishlarini rеjalashtirish zarur; 
 Pеdagogik jarayon mеtodik ishlarni tashkil etishning shakl va usullari 
ishlab chiqish kеrak; 
 Maktabgacha ta'limga mеtodik rahbarlikning tashkiliy tuzilishi va 
vazifalari aniqlab olinishi va rеja ishlab chiqilishi kеrak. 
 Pеdagogik 
kеngashni 
pеdagogik 
tеxnologiyalar 
yordamida 
tashkillashtirilsa ham maqsadga muvofiq bo’lar edi. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI. 
1. 
Azizxo’jayеva X.N. “Pеdagogik tеxnologiya va pеdagogik maxorat” T. 
2003.
2. 
Yusupova P. “Maktabgacha pеdagogika”. T. 1995 y. 
3. 
WWW.TDPU.uz 
4. 
ZiyoNET.www.@mail.ru 

Yüklə 263,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin