Fan: MAKTABGACHA TALIM ASOSLARI
1-Mavzu. MAKTABGACHA TA’LIM
ASOSLARI FANINING UMUMIY
ASOSLARI
R E J A :
1. Maktabgacha ta’lim asoslari fanining predmeti va
maqsad, vazifalari.
2. Maktabgacha ta’lim asoslari fanining fanlar bilan
aloqasi.
3. Maktabgacha ta’lim asoslari fanining tamoyillari.
4. Maktabgacha ta’lim sohasidagi meyoriy hujjatlar
Mashg‘ulot maqsadi:
- maktabgacha
ta’lim
asoslari fanining masad va vazifalari haqida
umumiy tasavvurga ega
bo’ladilarpredmeti
va vazifalari, maktabgacha
ta’lim asoslari
fanining fanlar kesimida tutgan
o‘rni,
maktabgacha
ta’lim sohasidagi meyoriy
hujjatlar haqida
ma’lumotlarga ega bo’ladi
Tayanch so‘zlar:
Maktabgacha
ta’lim,
farzand tarbiyasi, ijtimoiylik, tarbiya,
ta’lim, bolalar, vatanparvar.
Maktabgacha ta’lim asoslari fanining predmeti va maqsad,
vazifalari.
Maktabgacha ta’lim asoslari fani maktabgacha taʻlim-tarbiyaning
umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy
maqsadga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash
hamda unga taʻlim berishning mohiyati va muammolarini
o‘rganadigan fan. Maktabgacha ta’lim asoslari ijtimoiy fanlar
tizimiga kiruvchi fan sanalib, maktabgacha yoshdagi bolalarni
jismoniy va ruhiy kamolotini tarbiyalash, unga taʻlim berish
muammolarini o‘rganadi.
Maktabgacha ta’lim asoslari tug‘ilgandan to yetti yoshgacha
bo‘lgan bolalarga har tomonlama tarbiya berish qonuniyatlarini
o‘rganadi va maktabgacha taʻlim tashkiloti sharoitida taʻlim-tarbiya
ishini tashkil etishning mazmuni, shakl, metod va vositalar hamda
maktabgacha taʻlim yoshidagi bolalarning yosh va o‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning har tomonlama
uyg‘un rivojlanishini taʻminlashga qaratilgan shart-sharoitlarni
ishlab chiqadi. U maktabgacha taʻlim tashkilotlari, oila va maktab
ishidagi izchillikni taʻminlaydi hamda bolalarni maktab taʻlimiga
tayyorlaydi.
.
Maktabgacha ta’lim asoslari fanining obyekti
– yaxlit maktabgacha pedagogik jarayon.
Maktabgacha ta’lim asoslari fanining predmeti
– maktabgacha taʻlim-tarbiya jarayoni,
mazmuni, qonuniyatlari, shakl, metod va vositalari.
Maktabgacha ta’lim asoslari fanining vazifalari.
Maktabgacha ta’lim asoslari fani bola shaxsini shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish
asosida jamiyat taraqqiyotini taʻminlashga alohida hissa qo‘shadi. Maktabgacha ta’lim
asoslari fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat
va jamiyat qurilishi, uning hayotida yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar mohiyati muhim
ahamiyatga ega
O‘zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda
huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan maktabgacha
yoshdagi bolalarni har tomonlama uyg‘un rivojlantirish, ularni
maktab taʻlimiga tayyorlash vazifasini muvafaqqiyatli hal etadi.
Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga eʻtibor
qaratiladi:
1. Har tomonlama uyg’un rivojlangan bola shaxsini
rivojlantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini
o’rganish.
2. Bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini
aniqlash.
3. Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda,
rivojlangan xorijiy mamlakatlar maktabgacha taʻlim tizimi
tajribasini o‘rganish asosida taʻlim tizimini takomillashtirish.
Maktabgacha ta’lim asoslarining asosiy kategoriyalari
Taʻlim – tarbiyalanuvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan
qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini
shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon. Taʻlim o‘zida uch asosiy elementni aks ettiradi:
bilim, ko‘nikma va malaka
Bilim
– tarbiyalanuvchining ongida tushunchalar, sxemalar, maʻlum obrazlar
ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy maʻlumotlar majmui
Ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati
O‘qitish – pedagogik faoliyat bo‘lib, u bilim, ko‘nikma va malakalarni bolalarga
singdirish, ularning bilish va amaliy faoliyatiga rahbarlik qilishdir
O‘qish – taʻlim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashdagi amaliy
faoliyatidir.
Tarbiya pedagogikadagi asosiy tushunchalardan biri sanaladi. Jamiyat va
pedagogikaning tarixiy rivoji davomida mazkur kategoriyani tushuntirishga turlicha
yondashuvlar yuzaga keldi.
.
Dostları ilə paylaş: |