Maktabgacha ta’lim asoslari fanining tamoyillari
Ta`lim tamoyillari deb,
umuminsoniy tarbiyaning maqsad
va vazifalarini amalga
oshirishga qaratilgan o`qish va o`qitish jarayonlarining yo`nalishi, o`quvchilar
tomonidan ilmiy bilimlarning o`zlashtirishlari, bilim, ko`nikma
va malakalar hosil
qilishning asosiy qonun qoidalarining yig`indisiga aytiladi.
O`qitish prinsiplari ta’limning eng muhim masalalarini
nazariy va amaliy jihatdan
to`g`ri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi
..
Maktabgacha
ta’lim sohasidagi meyoriy hujjatlar
O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda o‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va har
tomonlama yetuk
voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga
qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi qonuni maktabgacha ta’lim tiziming
asosiy huquqiy asoslaridan biridir. Qonun
O‘zbekiston Respublikasi Parlamentining Qonunchilik palatasi
tomonidan 2019 yil 22 oktabrda qabul qilingan. Senat tomonidan 2019 yil 14 dekabrda
ma’qullangan va
Prezident tomonidan 2016 yil 16 dekabrda imzolangan.
Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030
yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasi, O‘zbekiston
Respublikasi maktabgacha
ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2019
yilda amalga
oshirish nbo‘yicha «Yo‘l xaritasi» , 2019 — 2024 yillarda O‘zbekiston
Respublikasi
maktabgacha
ta’lim tizimini
rivojlantirishning maqsadli
ko‘rsatkichlari, 2025 - 2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha
ta’lim tizimini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi
.