Iqtisodiy muvozanatlik, uni ta'minlash
shart-sharoitlari va aniqlash usullari
Iqtisodiyot barqaror rivojtanishi uchun uning tomonlari tasida ma'lum
muvozanat bo'lishini taqozo qiladi.
Iqtisodiy muvozanat deb iqtisodiy jarayonllar, hodisalarning ikki yoki
bir necha tomonining bir — biriga teng bo'lgan holatiga aytiladi. Shuning uchun
ham butun iqtisodiyotining muvozanati tug'risida gap borganda eng avvalo yalpi
talab va yalpi taklif o'rtasidaga tenglik e'tiborga olinadi.
Makroiqtisodiyotda iqtisodiy muvozanatlikning
shakllanish jarayoni va uni
ta'minlash ancha murakkab va ziddiyatli. Chunki u o'z ichiga xususiy va umumiy
xarakterdagi bir qator muvozanatlar tizimini oladi.
Xususiy muvozanatlik — bu ikkita o'zaro borliq bo'lgan iqtisodiy
miqdorlar yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishi. Xususiy
muvozanatlik ishlab chiqarish va istmol, aholining sotib
olish layoqati va tovar
taklifi masalalari, budjet daromadlari va xarajatlari, aholida tovarlarga talab va taklif
o'rtasidagi muvozanatliklar ko'rinishida chiqadi. Bu muvozanatliklar ichida
Prezidentimiz A. Karimov ta'kidlab o'tganlaridek: «...ichki bozorda talab bilan taklif
o'rtasida
mutanosiblikka erishish, ya'ni qarilgan pul miqdori bilan unga sotib
olinadigan mollar salmog'i o'rtasida to'g'ri nisbatni ta'minlash g'oyat
katta rol
o'ynaydi.»