Prezideitimiz I.A. Karimov ta'kidlab o'tganlaridek «Tarkibiy tuzilishda
chuqur o'zgarishlarni amalga oshirish makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning,
istiqbolda O'zbekistonning barqaror iqtisodiy o'sishini va aholi farovonligini
ta'minlashning, jahon iqtisodiy tizimi qo'shilishning eng asosiy shartlaridan biridir.»
Iqtisodiyotda zarur tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirguncha ishlab
chiqarishni orqaga ketshiiga barham berish eng muhim maqsad bo'lib qoladi. Shu
sababli rsspublikamizda kekingi yillarda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash
orqali iqtisodiy o'sishga erishildi. 1998 yilda ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot
1997 yilga nisbatan 104.4 foizni tashkil etadi.
Sanoatda muayyan ijobiy tarkibiy o'zgarishlar
amalga oshirilishi natijasida,
uning mahsuloti 1998 yil oldingi 01ga nisbatan 105,8 foizni tashkil qildi. Sanoatning
yetakchi asosiy tarmoqlari ayniqsa barqaror rivojlandi.
Tarkibiy qayta qurishlar asosida butunlay yangi xalq xo'jalik majmuasini
bunyod etish birinchi navbatda eng muhim maroiqtisodiy va takror ishlab chiqarish
nisbatlarini tartibga solishni zarur qilib qo'yadi. Bunda asosiy e'tibor iqtisodiyotning
tarmoq tuzilishi, hududlarning tarkibiy tuzilishini takomillashtirishga qaratiladi.
Tarkibiy siyosatning hududiy jihatlari odamlar turmush darajasida vujudga
kelgan hududiy nomutanosiblikni bartaraf etish, resurslar
va ishlab chiqarish
imkoniyatlaridan samarali foydalanishdni ta'minlash katta ahamiyatga ega.
Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishidagi qayta qurishda ishlab chiqarilayotgan
mahsulot turiii o'zgarirish, uning sifatini yaxshilash va mahsulox tayyorlashga
kstadigan jami xarakatlarni kamaytirish talablari ham hisobga olinadi.
Iqtisodiyot tuzilishidaga o'zgartirshilar, chetdan mahsulot olib kelishi
qisqarishi, xalq xo'jaligi xom ashyo yetishtirishga qaraltilgan bir tomonlama
yo'nalishini bartaraf etishi va uning eksport imkoniyatlarini kengaytirish,
tarmoqlar
ichidaga va xududiy jihatdan vujudga kslgai nomutanosibliklarni bartaraf etish
asosida iqtisodiyotning mutanosib va barqaror rivojlanishini ta'minlash vazifalarini
hal etish bilan bog'liqdir.
Shu vazifalardan kelib chiqib, iqtisodiyot ichki tuzishidagi o'zgarishlar
respublikaning energetika va oziq-ovqat mustaqilligini ta'minlovchi tarmoqlarni
rivojlantirishga qaratiladi. Bunda birinchi navbatda eng muhim o'zak tarmoqlarni
neft
va gaz sanoatini, energetikani, rangli metallurgaya sanoatini, mashinasozlik
majmuasini, qishloq xo'jalik va agrosanoat majmuasining boshqa sohalariga
rivojlantirishga ustunlik beriladi.
Xalq xo'jaligining takror ishlab chiqarish tuzilishini tubdan o'zgartirish
asosida umumiqtisodiy barqarorlikka erishishda iste'mol bilan jamg'arish
fondi
o'rtasida eng maqbul mutanosiblikni ta'minlash asosiy o'rin tutadi. Iste'mol
fondining eng maqbul darajasiga erishish ichki bozorda talab bilai taklif o'rtasida
nomutanosiblikni ta'minlash muhim rol o'ynaydi. Shu sababli davlat eng muhim
makroiqtisodiy takror ishlab chiqarish nisbatlarini tartibga solib turuvchi omillarga
ko'proq e'tibor beradi.
Bozor
iqtisodiyotiga
o'tish
darida
iqtisodiyotni
barqarorlashtirish
muammosini hal etishda ishlab chiqarish infratuzilmasining muhandislik
kommunikatsiyalari, transport va aloqa tizimi singari tarmoqlarini ustivor
rivojlantirishga ham alohida e'tibor beriladi.
Nomoddiy ishlab chiqarish sohasida tarkibiy qayta qurishlar faol investitsiya
siyosatini o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Shu sababli respublika investitsiya
bazasini rivojlantirishga katta e'tibor berib, bunda o'z sarmoyalarimiz,
tashqi
kreditlar, bevosita investitsiyalar va ularning barcha manbalaridan foydalanish
ko'zda tutiladi. Tashqi investitsiyalarni jalb qilishda bevosita investitsiyalar tarzida,
davlat qarzlari, xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar, qarz beruvchi mamlakatlar
moliyaviy kredit resurslari shakllarida amalga oshirish mumkinligi hisobga olinadi.
Shunday qilib, respublikada iqtisodiy islohotlar davomida makroiqtisodiy
barqarorlikni ta'minlash va iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurish vazifalariga
aholining real turmush darajasini yaxshilash uchun zaruriy shart-sharoitlar sifatida
qaraladi.
Dostları ilə paylaş: