Qisqacha xulosalar
«Makroiqtisodiyot» fani umumiy iqtisodiy nazariyaning ikki muhim
bo‘limidan biri bo‘lib, iqtisodiyotni bir butun holda o‘rganadi va ishsizlik,
inflyasiya, iqtisodiy o‘sish, to‘lov balansi barqarorligi, davlat byudjeti, davlat qarzi
kabi hozirgi zamon iqtisodining barcha muhim muammolarini tadqiq qiladi.
Iqtisodchi olimlar tomonidan makroiqtisodiy tahlil elementlari XVIII
asrdanoq qo‘llanila boshlagan bo‘lsada makroiqtisodiyot fani XX asrning o‘rtalariga
kelib mustaqil fan sifatida shakllanib bo‘ldi va uning asoschisi deb J.M. Keyns tan
olinadi.
Makroiqtisodiy tahlilning o‘ziga xos xususiyati unda agregat
ko‘rsatkichlardan foydalanishda namoyon bo‘ladi. Uy xo‘jaliklari, firmalar, davlat
va tashqi dunyo makroiqtisodiyot sub'ektlarini tashkil etadi.
Makroiqtisodiy tahlilda matematik formula, grafik va chizmalar
ko‘rinishidagi makroiqtisodiy modellardan foydalaniladi. Iqtisodiyotdagi barcha
muammolarni o‘rganish imkonini beradigan yagona model mavjud emas. Shuning
uchun ham makroiqtisodiy tadqiqotlarda o‘zaro bir birini to‘ldiradigan ko‘pgina
modellardan foydalaniladi.
Davlatning iqtisodiy tizimning barqarorligini va iqtisodiy o‘sishni ta'minlash
borasidagi hatti-harakatlari iqtisodiy siyosat deb ataladi.
“Resurslar - tovarlar va daromadlar” hamda “daromadlar – xarajatlar”ning
doiraviy oqimi sxemasi soddalashtirilgan makroiqtisodiy model bo‘lib
makroiqtisodiyot sub'ektlarining o‘zaro munosabatlarini va makroiqtisodiy
jarayonlarning kechishini shartli tarzda aks ettiradi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Makroiqtisodiyot fani predmetining o‘ziga xos xususiyati nimada va u
mikroiqtisodiyot predmetidan nimasi bilan farq qiladi?
2. Pozitv va normatv makroiqtisodiyot tushunchalariga izoh bering.
3. kroiqtisodiyot sub'ektlari orasida davlatning roli qanday?
4. Agregat ko‘rsatkichlar deganda nimani tushunasiz? Makroiqtisodiy
tahlilda agregat ko‘rsatkichlardan foydalanish zaruriyati nima uchun yuzaga keladi?
5. Makroiqtisodiy modellarning mohiyatiga izoh bering.
6. Zahiralarni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar va oqimlarni tavsiflovchi
ko‘rsatkichlar o‘rtasida qanday bog‘liqliklar mavjud?
7. “Resurslar- tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar –xarajatlar”ning
doiraviy oqimi modelidagi qarama-qarshi omillarga izoh bering.
8. Doiraviy oqimlar modelini doiraviy aylanish tusini olishining shartlari
qanday?
Dostları ilə paylaş: |