bo‘lamiz. Ammo shu ko‘rinishda ham bu model makroiqtisodiy jarayonlarni yaxlit
holda tasavvur qilishga imkon beradi. Doiraviy oqimlar modelidan
chiqariladigan
xulosa shuki, davlat, firmalar, uy xo‘jaliklari va tashqi dunyoning yalpi xarajatlari
yalpi ishlab chiqarish hajmiga teng bo‘lishi
resurslar,
tovarlar va xizmatlar
oqimlari(ya'ni real oqim) bilan daromadlar va xarajatlar oqimlari ( ya'ni pul
oqimlari) o‘zaro teng bo‘lishining asosiy shartidir
Yalpi xarajatlar hajmining
oshishi ishlab chiqarish hajmlari va ish bilan bandlilik darajasining o‘sishiga olib
keladi . Bu esa o‘z navbatida yalpi daromadlarning oshishiga sabab bo‘ladi. Kattaroq
hajmdagi yalpi daromadlar unga mos hajmdagi yalpi xarajatlarni belgilab beradi.
Sabab oqibat bog‘lanishlari o‘rin almashishi tufayli
doiraviy oqimlar modeli
doiraviy aylanish ko‘rinishini oladi. Iqtisodiyot barqaror
rivojlanib borishi uchun
yalpi xarajatlar to‘xtovsiz o‘sib borishi shart. Bu vazifa
byudjet-soliq siyosati
vositalari bo‘lgan soliqlarni hamda davlat xarajatlarini o‘zgartirish hamda pul-kredit
siyosati vositalari yordamida mul massasini o‘zgartirish orqali bajariladi.
Dostları ilə paylaş: