16-ma’ruza ichki va tashqi elektr taьminoti tizimi uchun elektr apparatlarni tanlash



Yüklə 348,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix03.06.2023
ölçüsü348,92 Kb.
#124543
1   2   3
16.3-расм. 



Boshqarish apparatlari. Bunday apparatlar toifasiga kontrollerlar, komandoapparatlar va 
reostatlar kiradi. 
Kontrollerlar deb, dvigatelning bosh yoki qoʻzg’atish zanjirlarini oʻzgartirish, 
shuningdek, shu zanjirlarga kiritilgan qarshiliklar qiymatini oʻzgartirish uchun belgilangan qoʻl 
bilan boshqariladigan koʻp zanjirli, koʻp bosqichli apparatga aytiladi. 
Kontrollerlarning uch turi mavjud boʻlib, bular baraban tipidagi, kulachokli va yassi 
kontrollerlardir
Baraban tipidagi kontrollerlar yemirilishga qarshiligi nisbatan oz kontrollerlar toifasiga 
kiradi va soatiga cheklangan miqdorda (240 martagacha) ulash imkoniyatiga ega. SHunga koʻra 
bunday kontrollerlar nisbatan kam ulab-uziladigan elektr zanjirlarida qoʻllaniladilar. 
Kulachokli kontrollerlar kontaktlarining kam yemirilishi, soatiga ulab-uzish miqdorini, 
PV=60% boʻlgan xollar uchun, 600 tagacha oshirish imkonini beradi. Kulachok tuzilishining 
asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, zanjirni uzish kulachokning boʻrtiq qismi (kengaygan 
qismi) xisobiga amalga oshiriladi, ulash esa purjinaning bosish kuchi xisobiga amalga oshiriladi. 
SHu munosabat bilan kontaktlar payvandlanib qolgan ‘ollarda ‘am ularni kulachok yordamida 
uzish (ajratish) mumkin. 
Katta quvvatga ega generatorlarning qoʻzg’atish maydoni parametrlarini ravon 
boshqarish, katta dvigatellarni yurgizish va ularning aylanish chastotalarini boshqarish uchun bir 
necha bosqichli boshqarish imkoniyatiga ega boʻlish kerak. Bunday ‘ollarda kulachokli 
kontrollerdan foydalanish maqsadga muvofiq deb xisoblanmaydi, chunki koʻp bosqichlilik 
‘ususiyatiga ega boʻlish apparatning oʻlchamlarini keskin kattalashib ketishiga olib keladi. 
Dvigatelni yuritish va boshqarishda soatiga bajarilishi lozim boʻlgan ulab-uzishlar soni 10-12 
martadan ortmaydi. SHu sababli kontrollerlarga yemirilishga bardoshlilik nuqtai nazaridan katta 
talablar qoʻyilmaydi. Bunday ‘ollarda yassi kontrollerlar dan keng koʻlamda foydalaniladi. 
Komandoapparatlar deb, katta tok (kuchli tok) elektr apparatlarining (kontaktorlarning) 
boshqarish zanjirlarida ulab-uzishni ta’minlash uchun belgilangan uskuna (ji’oz)larga aytiladi. 
SHushningdek, bunday apparatlar kichik quvvatdagi elektr mashinalarini, elektromagnitlarni va 
boshqa shu kabi iste’molchilarni manbaga ulab-uzishda qoʻllaniladi. 
Komandoapparatlar qoʻl yordamida ishga tushirilishlari mumkin (boshqarish kalitlari, 
knopkalari; komandokontrollerlar) yoki nazorat etuvchi mexanizm yordamida ishga tushirilishi 
mumkin (yoʻl (masofa) oʻchirgichlari- putevqe vqklyuchateli). 
Boshqarish knopkasi eng oddiy komandoappart xisoblanib, dvigatellarning yuritish, 
toʻxtatish, revers qilishning turli sxemalarini, kuch zanjirlarining kommutatsiyasini amalga 
oshiruvchi kontaktorlarning elektromagnitlari zanjirlarini ulab-uzish orqali, boshqarish uchun 
belgilangan. Boshqarish knopkalari oʻzgaruvchan tok elektromagnitlarining zanjirlarini ‘am 
ulab-uzishni amalga oshirishi, uning kontaktlari 60A tokni ishonchli oʻtkazishini ta’minlashi 
kerak degan talabni qoʻyadi. 
Qachonki, maxsus dastur asosida soatiga katta miqdorda ulab-uzish orqali bir nechta 
boshqaruv zanjirlarning kommutatsiyasi talab qilingan ‘ollarda komandokontrollerlar 
qoʻllaniladi. Amaliyotda boshqarilmaydigan kulachokli komandokontrollerlardan keng koʻlamda 
foydalaniladi. 
Reostat oʻzidan elektr zanjiriga kiritiluvchi va oʻz elektr qarshiligi miqdorini oʻzgartirishi 
mumkin boʻlgan rezistor bilan kontrollerdan iborat apparatni ifodalaydi. 
Belgilanishiga koʻra rezistorlar quyidagi turlarga boʻlinishi mumkin: yuritish rezistorlari; 
tormozlash (toʻxtatish) rezistorlari; shuningdek - boshqarish, qoʻshimcha, iqtisodiy, razryadli, 
ballast, yuklama, qizdirish, yerga ulash va oʻrnatish rezistorlari. 
Yuritish, tormozlash, razryadli va yerga ulash rezistorlari asosan qisqamuddatli rejimda 
ishlash uchun belgilangan boʻlib, imkon darajasida kattaroq qizish doimiysiga ega boʻlishlari 
kerak. Qarshilik qiymatining oʻzgarmasligi nuqtai nazaridan katta talab qoʻyilmaydi. Qolgan 
rezistorlarning barchasi deyarli uzoq muddatli rejimda ishlash uchun belgilangan belib, kattaroq 
sovutish yuzasiga ega boʻlishlari kerak. Bunday rezistorlarning elektr qarshiligi oʻzgarmas 
(stabil) boʻlishi talab qilinadi. 



Qanday materialdan yasalgan boʻlishiga qarab rezistorlar-metalldan yasalgan, suyuqlik, 
koʻmir va keramik rezistorlarga boʻlinadi. 
Belgilanishiga koʻra reostatlar – yurituvchi; yuritib-boshqaruvchi; boshqaruvchi, 
yuklama va qoʻzg’atish reostatlariga boʻlinadi. Yurituvchi reostatlarga qarshiligining oʻzgarmas 
(stabil) boʻlishi nuqtai nazaridan qat’iy talablar qoʻyilmaydi. Ular qisqa muddatli rejimda ishlash 
uchun belgilangan. Qolgan reostatlarga ularning qarshiligi oʻzgarmas boʻlishi talabi qoʻyiladi, 
ular uzoq muddatli rejimda ishlash uchun moʻljallangan. 
Elektr yuritmalari zanjirlarida koʻproq metal rezistorli reostatlardan foydalaniladi. Ular 
bilan juftlikda, ulab-uzuvchi apparat sifatida yassi, kulachokli va baraban tipidagi kontrollerdan 
foydalaniladi. 
Sovitish usuliga koʻra reostatlar ‘avo bilan sovutiluvchi, yog’-moy bilan sovitiluvchi, 
moy yoki suv bilan majburiy sovitiluvchi reostatlarga boʻlinadi. 
‘avo bilan sovitiluvchi reostatlarda ulab-uzuvchi qurilma va rezistorning elementlari 
‘avoda shunday joylashishlari kerak-ki, eng kichik oʻlchamdagi reostat ‘am yaxshi darajadagi 
sovitilishga ega boʻlishlari kerak. Reostatning tashqi qoplamasi (kojuxi yoki korpusi) ‘avoning 
aylanishiga qarshilik koʻrsatmasligi, kojuxning maksimal ‘arorati 160
0
S dan oshmasligi va ulab-
uzish apparati kontaktlarining ‘arorati esa 110
0
S dan oshmasligi kerak. 
Reostatni tanlash uchun dvigatelning quvvati, uni yuritib yuborish sharoiti, yuklama 
xususiyati va dvigatelpkuchlanishi ma’lum boʻlishi talab qilinadi. Ushbu parametrlarga asosan 
tegishli tablitsalardan reostat kattaligi va rezistor elementlarining nomeri tanlanadi. 
Moy bilan sovitiluvchi reostatlarda rezistorlarning metall elementlari va kontroller 
transformator moyi solingan idishga joylanadi. Qizish jarayonida katta miqdordagi transformator 
moyi ishtirok etishi reostatning qizish boʻyicha vaqt doimiysini oshishiga olib keladi, bu esa oʻz 
oʻrnida katta quvvatdagi dvigatellarni ‘am kichik gabaritdagi reostat yordamida yuritish 
imkonini beradi. 
Qizish davomida moy parchalanib, unda ‘osil boʻlgan parchalanish ma’sulotlari rezistor 
oʻtkazgichlari ustiga oʻtiradi va metal bilan moy oʻrtasidagi issiqlik ta’sirlashuvini susaytiradi. 
SHunga koʻra moy ‘arorati 115
0
S dan ortmasligi kerak. 
Bunday reostatlarni tanlash uchun dvigatelp quvvati, statorning nominal kuchlanishi 
sharoitida tormozlangan rotor kuchlanishi, rotorning nominal toki va dvigatelpni yuritishdagi 
sharoit ma’lum boʻlishi zarur. 
Bir necha ming kilovatt quvvatdagi dvigatellarning burchak tezligini rostlash uchun, uzoq 
muddat katta quvvatda (qariyb 500-600 kVt) ishlovchi reostatlar qoʻllaniladi. Bunday ‘olda ‘avo 
bilan sovitiluvchi reostatning oʻlchamlari juda kattalashib ketadi va elementlarda ajralayotgan 
issiqlikni tarqatish murakkablashib ketadi. 3000 kVt quvvatdan katta quvvatlar uchun suyuqlik 
bilan sovitiluvchi reostatlar dan foydalanish tavsiya etiladi, bunda sovutuvchi material sifatida 
eletkrolit qorishmasi ishlatiladi. Bunday reostatlarning qarshiligi elektrolitga tushirilgan 
elektrodlar oʻrtasidagi masofani oʻzgartirish yoki elektrodlar yuzalarini oʻzgartirish xisobiga 
oʻzgartiriladi. 
Isigan elektrolit suv bilan sovitiluvchi maxsus radiator-trubalar yordamida sovutib 
boriladi. 

Yüklə 348,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin