O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
FIZIKA FAKULTETI
3-bosqich F19-05 guruh talabasi
O‘rolova O‘g‘iloyning
Yadro va elementar zarralar fizikasi fanidan
"Kvarklar"
mavzusida bajargan
KURS ISHI
Qabul qildi
: Ashurov S.A
Toshkent-2022
Mundarija
Kirish
3
I. Asosiy qism
5
I.1. Kvarklar mavjudligining isboti . . . . . . . . . . . . . .
5
I.2. Kvarklarning asosiy xossalari . . . . . . . . . . . . . . .
7
I.3. Aromat tushunchasi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
15
Xulosa
20
Adabiyotlar
21
2
Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi
: Materiya tuzilishi darajalar-
iga ko‘ra, mikrodunyo, makrodunyo va megadun-yoga bo‘linadi. Mikro-
dunyo – molekuladan kichik zarralar, masalan, atom, yadro, elementar
zarra va boshqalar. Makrodunyo – molekuladan katta jismlar, masalan,
qum, tosh, Yer, Quyosh, planeta, hayvon, odam va boshqalar.
Megadunyo – Yerdan to Koinot miqyosigacha bo‘lgan o‘lchovdagi dunyo.
Bu uchala dunyo bir-biri bilan bog‘liq, shuningdek, ular bir-biriga ay-
lanishi mumkin.
Kurs ishining maqsadi
:
• Kvarklar tushunchasining fanga kiritilishi bosqichlarini o‘rganish
• Turli adabiyotlar va manbalar orqali kvarklar xossalarini o‘rganish
Kurs ishining vazifalari:
• Kvarklar xossalarini o‘rganish
• Kvarklarning kuchli, kuchsiz va elektromagnit o‘zaro ta’sirda ishtirokini
o‘rganish
Qadim zamonlardayoq insonlar modda tuzilishi haqida, uning eng
kichik tashkil etuvchi zarralari haqida fikr yuritishgan. Demokrit fizika
faniga atom tushunchasini kiritgan. Ya’ni uning fikricha, har qanday
modda, eng kichik, o‘sha vaqtda bo‘linmas deb hisoblangan zarra - atom-
dan tashkil topgan. Atomning o‘zi yadro va uning atrofida "aylanuvchi"
elektrondan iborat ekanligi tasdiqlandi. Undan keyin esa yadroning o‘zi
ham yanada kichikroq zarralar: proton va neytrondan iborat ekanligi
3
aniqlandi. Shundan so‘ng yana ko‘plab elementar zarralar kashf qilindi.
Adronlarning o‘zi ham kvarklardan tashkil topganligi aniqlandi. Hozirgi
kunda tajribada tasdiqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, kvarklar olamdagi
eng kichik elementar zarralar hisoblanadi. Hamma zarralar kvarklardan
tashkil topganligi isbotlangan. Demak, olamni, shu jumladan insonlarni
ham tashkil etgan eng kichik zarralar bo‘lgan kvarklar va ularning xos-
salarini o‘rganish juda muhim ahamiyatga ega.
4
I.
Asosiy qism
I.1.
Kvarklar mavjudligining isboti
"Kvark" so‘zi Gellman tomonidan J.Joysning "Поминки по Финнегану"
asa-ridan olingan. Ushbu asar epizodlarining birida qushlar "Three
quarks for Muster Mark!" ("Mister Mark uchun uchta kvark!" deb tar-
jima qilish mumkin) deb qichqiradi. Bundan tashqari, R.Yakobson tomonidan
ilgari surilgan variant ham mavjud bo‘lib, unga ko‘ra, Joys ushbu so‘zni
Venada bo‘lgan vaqtida nemis tilidan o‘zlashtirgan. Nemis tilida quark
so‘zi ikki xil ma’noni anglatishi mumkin: 1) tvorog; 2) arzimagan narsa.
Nemis tiliga esa ushbu so‘z g‘arbiy slavyan tillari oilasidan kelib qol-
gan (chex tilida tvaroh, yoki polyak tilida twarog). Irland fizigi Loxlin
O’Rafertining fikriga ko‘ra, Joys Germaniyada bo‘lgan vaqtida qishloq
xo‘jalik yarmarkasida Drei Mark f ¨ur Masterquark ("Namunali tvorog
uchun uch marka") deb yozilgan reklama e’lonini ko‘rgan bo‘lishi mumkin[1].
J.Sveyg kvarklarni tuzlar deb ham atagan. Lekin ushbu nom uzoq
yashamadi va unutilib ketdi, chunki tuzlar to‘rtta, kvarklar esa birlamchi
modelga ko‘ra oltita bo‘lgan[1].
Kuchli o‘zaro ta’sirning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri — konfayn-
ment mavjudligi tufayli, kvarklarni erkin holda uchratish imkonsiz. Shu
sababli ko‘pchilikda u shunchaki matematik modellashtirish natijasi sifatida
taassurot qoldiradi[2].
Quyida esa kvarklar haqiqatdan ham mavjud zarralar ekanligiga is-
botlar keltirilgan:
• 1960-yillardayoq tajribalardan adronlar o‘z-o‘zidan multipletlar va
5
super multipletlarga birlashishi isbotlandi. Boshqacha aytganda,
multipletlarga birlashish uchun adronlarning erkinlik darajasi juda
kichik bo‘lishi lozim. Masalan, barcha barionlarning erkinlik dara-
jasi uchga, mezonlarning erkinlik darajasi esa ikkiga teng. Bu esa
ularning tarkibidagi kvarklar soni bilan mos keladi. Shu sababli
ham kvarklarni bir vaqtlar "subadron erkinlik darajasi" deb atash-
gan.
• yangi zarralar kashf etilgandan so‘ng ma’lum bo‘ldiki, ular tufayli
standart modelga hech qanday tuzatish yoki o‘zgartirish kiritish
shart emas ekan. Barcha yangi kashf qilingan adronlar so‘zsiz
kvark strukturasiga mos keldi.
• kvarklarning elektr zaryadi haqiqatdan ham kasr son ko‘rinishida
ekanligini qanday qilib isbotlash mumkin? Kvarklar modeliga bi-
noan, yuqori energiyali elektron va pozitron annigilyatsiyaga uchra-
ganda, dastlab adronlar emas, balki kvark-antikvark juftligi hosil
bo‘ladi. Ular esa keyin adronlarga aylanadi. Ushbu jarayonning
sodir bo‘lish vaqti tug‘ilgan kvarklarning zaryadiga bog‘liq bo‘ladi.
O‘tkazilgan tajribalar ushbu nazariyaning to‘g‘ri ekanligini tas-
diqladi.
• yuqori energiyali tezlatkichlar davri boshlangandan so‘ng esa, adron-
lar ichida impuls taqsimotini o‘rganish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Shundan so‘ng aniq bo‘ldiki, adronlarda, masalan protonda impuls
tekis taqsimlan-magan ekan. Ya’ni unda impuls turli erkinlik dara-
jalari bo‘yicha har xil taqsimlangan. Ushbu erkinlik darajalarini
Dostları ilə paylaş: |