Biznes huquqi cdr



Yüklə 405,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix05.06.2023
ölçüsü405,16 Kb.
#124954
  1   2   3   4
Документ0



149 
10-
mavzu. Biznes faoliyatiga soliqlar orqali taʼsir qilishning
huquqiy asoslari 
1. Biznes faoliyatiga soliqlar orqali taʼsir etishning oʻziga xos 
xususiyatlari.
2. Biznes faoliyatini tartibga solishga qaratilgan soliq 
qonunchiligi.
3. Biznes subyektlarining soliq majburiyatlari.
4. Biznes subyektlarining soliq majburiyatlari yuzasidan 
javobgarligi. 
Davlatning 
harbiy-mudofaa, 
ijtimoiy-iqtisodiy, 
boshqaruv, 
madaniy-
maʼnaviy sohalaridagi faoliyatini moddiy-moliyaviy jihatdan 
taʼminlash, davlat organlari bir meʼyorda ishlashiga erishishning 
asosiy manbai yuridik hamda jismoniy shaxslardan olinadigan turli-
tuman soliqlar
majburiy toʻlovlar hisoblanadi. Biznes faoliyati 
subyektlari soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashga majbur. 
Soliqlar - 
davlat byudjetining daromad qismiga oʻtkaziladigan, 
yuqori qonunchilik hokimiyat organlarining hujjatlariga asosan yuridik 
shaxslar va fuqarolar tomonidan begʻaraz, muyyan miqdorda va 
belgilangan muddatlarda umumdavlat va mahalliy ehtiyojlarini 
qondirish uchun toʻlanadigan majburiy toʻlovlardir.
Boshqa majburiy toʻlovlar deganda Soliq kodeksida belgilangan 
davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy pul toʻlovlari, bojxona 
toʻlovlari, shuningdek vakolatli organlar hamda mansabdor shaxslar 
tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni toʻlovchilarga 
nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan muayyan huquqlarni 
yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun 
toʻlanishi lozim boʻlgan yigʻimlar, davlat boji tushuniladi. 
Oʻzbekiston Respublikasining yangi soliq Kodeksi 2019-yil 30-
dekabrda qabul qilindi. 2020-yil 1-yanvardan amalga kiritildi. Kodeks 
12 ta boʻlim 72- bob 483-moddadan tashkil topgan. 
Avvalgi soliq Kodeksi 2007-yil 25-dekabrda qabul qilingan edi. 
U 21 ta boʻlim, 64 –bob, 392- ta moddadan iborat boʻlgan. 
2020-yilning 1-yanvaridan kuchga kirgan yangi tahrirdagi Soliq 
kodeksiga asosan, jismoniy va yuridik shaxslar kiritilgan oʻzgarish-
lar
ga muvofiq soliq toʻlovlarini amalga oshiradi. Yangi tahrirdagi 


150 
Soliq kodeksida soliqlarni ortiqcha undirganlik uchun davlat soliq 
xizmati organlarining javobgarligi kuchaytirildi, zamonaviy usullarni 
qoʻllagan holda xorijiy amaliyotda sinalgan soliq nazorati shakllari 
joriy etildi, shuningdek, soliqlarni hisoblash va toʻlash tartiblari 
soddalashtirildi. 
Yagona ijtimoiy toʻlov oʻrniga ijtimoiy soliq, yagona soliq 
toʻlovi oʻrniga — aylanmadan soliq, qatʼiy belgilangan soliq oʻrniga 
— jismoniy shaxslarning daromadlariga, ularga qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda ilgari berilgan imtiyoz va soliqni hisoblash 
xususiyatlarini saqlab qolgan holda, qatʼiy belgilangan miqdorda soliq 
joriy etiladi. 
Soliq kodeksining 145-
moddasiga quyidagi oʻzgartirishlar 
kiritildi: 
11-bandida ilgari vakillik xarajatlari uchun yalpi tushumning 1 % 
miqdorida chegirish huquqi boʻlsa, endilikda bu meʼyor olib tashlandi. 
14,32,55-
bandlarida xizmat safari, ixtiyoriy sugʻurta, mehnatda mayib 
boʻlganlik, kasb kasalligi yoki sogʻliqqa boshqacha shikast yetganlik 
bilan bogʻliq zararni oʻrnini qoplashning meʼyorlari bekor qilindi. 
Yuqoridagilardan tashqari, Soliq kodeksining 156-moddasida: 
Byudjetdan tashqari jamgʻarmalarning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini 
moliya bozorlarida joylashtirishdan olinadigan foizlar tarzidagi 
daromadlari soliqqa tortilishi bekor qilindi. Respublikamizdagi yuridik 
shaxslarning xalqaro birjalarda joylashtirilgan qimmatli qogʻozlariga 
ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining olgan 
daromadlariga soliq solinmasligi belgilandi. 
Soliqlarning yuridik mohiyatini tashkil etuvchi eng muhim 
xususiyatlar: 

Soliq toʻlovlarining begʻarazligi;

Soliq toʻlovlarning majburiyligi;
- Soliqlarni joriy etish va undirib olish tartibiyligi; 
- Soliqning aniq miqdoriyligi hamda uni amalga kiritishning aniq 
muddatiyligidan iborat. 
Soliqlarning quyidagi funksiyalari bor: fiskal, tartibga solish, 
qayta taqsimlash. 
• Soliqlarning Fiskal funksiya vositasida soliqlarning bosh 
ijtimoiy vazifasi amalga oshiriladi. 


151 
• Byudjet tizimi va byudjetdan tashqari jamgʻarmalarda toʻpla-
nadigan davlat moliyaviy resurslari shakllantiriladi hamda ulardan 
davlat oʻz funksiyalarini bajarishi uchun foydalaniladi.
• Soliqlarning qayta taqsimlash funksiyasi
• Soliq tizimi yalpi milliy mahsulotni qayta taqsimlashni amalga 
oshiradi va bu bilan u iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta koʻrish, aholiga 
ijtimoiy kafolatlarni taʼminlashda bevosita ishtirok etadi. 
• Soliqlarning tartibga solish funksiyasi
• Ijtimoiy ishlab chiqarish, uning tuzilmasi va dinamikasiga, fan-
texnika taraqqiyotini tezlashtirishga iqtisodiy taʼsir koʻrsatuvchi 
muhim vosita boʻlib xizmat qiladi. 
• Biznes subyektlariga soliqlar orqali taʼsir etish 
• Davlat soliqlar orqali iqtisodiyotga, xoʻjalik yurituvchi 
subyektlarning tadbirkorlik faoliyat
iga taʼsir oʻtkazishni amalga 
oshirar ekan, bir necha muhim vazifalarni koʻzlagani holda harakat 
qiladi. Bunda bosh vazifa 
– byudjetni mablagʻ bilan toʻldirish – fiskal 
maqsaddir. 

Yüklə 405,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin