Biznes huquqi cdr



Yüklə 405,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix05.06.2023
ölçüsü405,16 Kb.
#124954
1   2   3   4
Документ0

 
Yuridik shax
slardan olinadigan foyda solig’i stavkasi 
To’lovchilar 
Soliq stavkalari 
2018 yil 
2019 yil 
Yuridik shaxslar 
14 
12 
Tijorat banklari 
22 
20 
Mobil aloqa xizmatlari ko’rsatuvchi 
korxonalar: Rentabillik darajasi 
20 foizgacha 
20 foizdan yuqori 
14 
50 
20 
Sement, polietelen granula ishlab chi-
qaruvchi korxonalar (qo’shimcha foyda 
solig’i to’lash tartibi bekor qilindi) 
14 
20 
Biznes faoliyatini tartibga solishga qaratilgan soliq qonunchiligi. 
1. 2020-yil 20-
iyulda Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini 
14% - 50%
12% - 20%


152 
kamaytirish uchun aholi, tadbirkorlik subyektlari, umumuiy ovqatla-
nish, savdo va xizmatlar sohasini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha 
chora-
tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 
PF-6029-son Farmoni qabul qilindi. Bundan tashqari, kichik tadbir-
korlik suby
ektlariga quyidagi summalarni hisobdan chiqarish koʻrini-
shida davlat tomonidan qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash taqdim etildi: 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi 
PF-5969-son va 2020-yil 3-apreldagi PF-5978-son Farmonlariga 
asosan fo
izsiz kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) berilgan, 2020-yil 
aprel va may oylari uchun toʻlanishi lozim boʻlgan mol-mulk soligʻi va 
yer soligʻi summalari; 
1. 2020-yil 15-
may holatiga yer soligʻi va mol-mulk soligʻi 
boʻyicha 2020-yil 1-yanvardan boshlab hosil boʻlgan penya va 
jarimalar summalari. 
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq, yakka 
tartibdagi tadbirkorlar soliqlarni quyidagi tartibda toʻlaydi: 
Kalendar yilida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan 
olingan daromadi 100 mln. s
oʻmdan oshmaydigan yakka tartibdagi 
tadbirkorlar daromad soligʻini ikki xil usulda: 
1) har oyda qatʼiy belgilangan miqdorlardagi soliqni toʻlashi; 
2) tadbirkorlik faoliyatidan olingan haqiqiy daromadi boʻyicha 
ushbu daromadlarni olish bilan bogʻliq xarajatlar summasini chegirib 
tashlagan holda doimiy yashash joyidagi davlat soliq inspeksiyasiga 
deklaratsiya topshirish yoʻli bilan daromad soligʻini toʻlashi mumkin. 
Yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortish- Kalendar yilida 
tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi 100 
mln. soʻmdan oshgan biroq 1 mlrd. soʻmdan oshmaydigan yakka 
tartibdagi tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliqni (avvalgi yagona 
soliq toʻlovi) toʻlashga oʻtkaziladi. 
Bunday tadbirkorlar ham ikki xil usulda soliqlar
ni toʻlashni 
tanlashi mumkin: 
Kalendar yilida realizatsiya tushumi 100 mln. soʻmdan oshganda, 
oshgan summadan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashi; 
kalendar yilida realizatsiya tushumi 100 mln. soʻmdan oshganda, 
aylanmadan olinadigan soliqni toʻlash oʻrniga ixtiyoriy tarzda 
qoʻshilgan qiymat soligʻini va foyda soligʻini toʻlashni tanlashi 
mumkin. 


153 
Ayrim toifadagi soliq toʻlovchilarga soliq solishning oʻziga xos 
xususiyatlari 
• Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi 
yuridik shaxslarga soliq solish
• Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga soliq solish
• Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiriladigan 
faoliyatga soliq 
• Advokatlar hayʼati, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari 
tomonidan tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilganda (yuridik yordam 
koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlmagan) soliqlar 
• Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarga soliq 
solish 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-iyuldagi 
PF-6029-son Farmoni bilan quyidagi tadbirkorlarga imtiyozlar berildi: 
1. 2020-yil 1-iyuldan 2020-yil 31-dekabrga qadar umumiy 
ovqatlanish korxonalari va binolarni ijaraga berishga ixtisoslashgan 
korxonalar aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashdan ozod etildi. 
2. ovqatlanish korxonalari alkogol mahsulotlari bilan chakana 
savdo qilish huquqi uchun yigʻimni toʻlashdan ozod qilindi. 
3. Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun kichik tadbirkorlik 
subyektlariga tatbiq etilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllagan 
holda, ularni kichik korxonalar toifasiga kiritish maqsadida 2020-yil 1-
iyuldan boshlab umumiy ovqatlanish korxonalari uchun belgilangan 
xodimlarning yillik oʻrtacha soni 25 nafardan 50 nafarga oshirildi. 
4. 2020-
yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi 
tomonidan belgilangan holla
rda, soliq toʻlovchilarga soliq hisobotlarini 
taqdim etish muddatlarini besh kundan koʻp boʻlmagan muddatga 
kechiktirganlik uchun jarima solinmaydi. 
5. Kichik tadbirkorlik subyektlari; bozorlar va savdo kompleks-
lari, kinoteatrlar, umumiy ovqatlanish korxonalari, jamoat transporti 
korxonalari, sport-
sogʻlomlashtirish muassasalari, shuningdek, yoʻlov-
chi tashish, maishiy xizmatlar koʻrsatish, binolarni, shu jumladan 
banketlar oʻtkazish uchun ijaraga berish faoliyati bilan shugʻullanuvchi 
yuridik shaxslar uchun mol-
mulk soligʻi va yer soligʻini toʻlashdan 
ozod qilish boʻyicha berilgan imtiyozlarni amal qilish muddati 2020-
yil 31-dekabrga qadar uzaytirildi. 


154 
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi 
―Soliq va bojxona imtiѐzlari berilishini yanada tartibga solish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida‖gi PF-5755-sonli Farmoniga muvofiq 2019-yil 1-
avgustdan boshlab yagona yer soligʻi toʻlovchisi hisoblangan qishloq 
xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilari ixtiѐriy ravishda qoʻshilgan 
qiymat soligʻini toʻlashga oʻtish imkoniyatiga ega boʻldi, 2019-yil 1-
sentyabrdan boshlab esa 2019-yil yanvar oyidan sentyabr oyigacha 1 
milliard soʻmdan ortiq pul aylanmasi (tushumi)ga ega boʻlgan ѐki 50 
gektardan ortiq qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlariga 
e
ga boʻlgan yagona yer soligʻi toʻlovchilari qoʻshilgan qiymat soligʻi 
toʻlovchilari hisoblanishi belgilandi. 
Kalendar yilida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan 
olingan daromadi 1 mlrd.soʻmdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 
qoʻshilgan qiymat soligʻi va foyda soligʻini yuridik shaxslar uchun 
belgilangan tartibda toʻlashga oʻtadi. 
Shuningdek, soliqlarni yuridik shaxslar uchun belgilangan tartibda 
toʻlashga oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga foyda soligʻini hisoblab 
chiqarishning soddalashtirilgan tartibini tanlashga huquqi berildi. 
Bunda, foyda soligʻining soddalashtirilgan tartibdagi soliq bazasi 
jami daromadning 25 foizi miqdorida belgilanadi. 
Yakka tartibdagi tadbirkor foyda soligʻini hisoblab chiqarishning 
soddalashtirilgan tartibini tanlaganda soliqni hisoblab chiqarish 
maqsadida xarajatlar hisobini yuritish majburiyatlaridan ozod qilinadi. 
Eksport salohiyatini qoʻllab quvvatlash borasida foyda soligʻi 
imtiyozlari. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-noyabrdagi 
“Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini yanada 
ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5587-sonli Farmo-
niga muvofiq, 2019-yil 1-yanvardan boshlab tovarlar (ishlar, xiz-
matlar) eksport ulushi umumiy tushumning 15 foizdan yuqori bo
ʻlgan 
korxonalarning tovar (ish, xizmat)lar eksportidan olingan foydasi soliq 
solishdan ozod qilinadi. 
Masalan, “Sharq” MCHJning mahsulot sotishdan umumiy 
tushumi 2 500,0 mln.soʻm, shundan eksportga sotilgan mahsulotlar 
hajmi 1 300,0 mln.soʻm, soliq solinadigan foydasi 500,0 mln.soʻmni 
tashkil qilgan. Bunda, eksport ulushi 52 % (1 300,0/2 500,0x100%) ni 
tashkil qilganligi sababli korxona yuqoridagi imtiyozdan foydalanish 


155 
huquqiga ega boʻladi va soliq solinadigan foyda 500,0 mln.soʻmning 
eksportga toʻgʻri keladigan qismi, yaʼni 260,0 (52 %) mln.soʻm 
foydasi soliq solishdan ozod etiladi. Natijada, 240,0 mln.soʻmdan 
(500-
260) 12 % stavkada 28,8 mln.soʻm foyda soligʻi toʻlaydi yoki 
imtiyoz natijasida korxona ixtiyorida 31,2 mln.soʻm mablagʻ qoladi 
Toʻgʻridan toʻgʻri chet el xususiy investitsiyasi bilan bogʻliq 
boʻlgan toʻlovchilarga soliq solish Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy 
investitsiyalarni jalb qiluvchi va qonun hujjatlarida tasdiqlanadigan 
roʻyxat boʻyicha mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yuridik 
shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq kiritilgan investitsiya hajmidan 
kelib chiqqan holda quyidagi soliqlardan ozod qilinadi: 
1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi; 
2. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 
3. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish 
soligʻi 
4. Yagona soliq toʻlovini 
5. Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar 
300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha 
— 3 
yil muddatga; 
3 milliondan ortiq AQSH dollaridan 10 million AQSH dollari-
gacha 
— 5 yil muddatga; 
10 million AQSH dollaridan ortiq boʻlganda — 7 yil muddatga. 
Soliq imtiyozlari quyidagi shartlar asosida qoʻllanilishi belgilangan: 
Mazkur korxonalarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatini istisno 
qilgan holda, respublikaning barcha shaharlari va qishloq aholi 
punktlarida joylashtirish; 
Xorijiy investorlar tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy 
investitsiyalarni Oʻzbekiston Respublikasining kafolati berilmagan 
holda amalga oshirish; 
Korxonaning ustav kapitalida xorijiy ishtirokchilarning ulushi 
kamida 33 foizni tashkil etishi lozim; 
Xorijiy investitsiyalarni erkin almashtiriladigan valyuta yoki 
yangi zamonaviy texnologik uskuna tarzida qoʻyish; 
Mmazkur imtiyozlarni qoʻllanish muddati davomida imtiyoz-
lardan olingan daromadning kamida 50 foizini korxonani yanada 
rivojlantirish maqsadida qayta investitsiyalashga yoʻnaltirish. 


156 

Yüklə 405,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin