22
mujassamlashadigan matnning ichki psixologik jihati mavjud bo`lgan mazmunini
aniqlaymiz”.
Bunday o`qish naridan beri tez yuz beradi, chunki tevarak atrofdagilar bilan
muomala jarayonida avtomatik tarzda amal qiladigan psixologik ichki ma‟no hosil
bo`ladi. Muomala prioretiv jihati bu kishining kishi tomonidan idrok etilishi,
tushunilishi va baholanishi demakdir. Identifikatsiyalash - bir kishi ikkinchi kishini
uning ta‟rifini o`z ta‟rifiga anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda o`xshatilishi
orqali tushinish usulidir.
Shaxslararo idrok etish jarayonida teskari aloqa, xabar beruvchi funktsiyani
va o`zini - o`zi boshqarish funktsiyasini bajaradi. Steriotiplashtirish – xulq -atvor
shakllarini tasniflash va ularni hozirgacha ma‟lum va mashhur deb sanalgan ya‟ni
ijtimoiy qoliplarga mos keladigan hodisalar jumlasiga kiritish yo`li bilan ularning
sabablarini o`zgartirishdan iboratdir. Ko`p hollarda insonlarning bir-birlarini idrok
etishlari «ijtimoiy pertseptsiya» sifatida namoyon bo`ladi. Muloqotning bu jihati
ijtimoiy pertseptsiya haqidagina emas, balki shaxslar aro pertseptsiya haqida
hamdir. Inson jamiyatda shaxs sifatida qabul qilingani sari. Muloqotda ham shaxs
sifatida namoyon bo`ladi. S.L.Rubenshteyn aytganidek: «Biz insonni tashqi xulq -
atvoriga qarab o`qiymiz». «Boshqa odamni bila turib, o`rganayotgan individning
o`zi ham shakllanadi» deb yozgan edi L.S.Egodskiy. Insonni inson tomonidan
idrok etilishida kamida 2 kishi jalb qilingan bo`lishi lozim bo`lib, ularning ikkalovi
ham faol sub‟ektdir. O`zini boshqa inson tahlil qilishini o`z ichiga identifikatsiya
va reflektsiyani kiritadi.
Dostları ilə paylaş: