18
4. Kasb bu tarixiy rivojlanuvchi tizim hisoblanadi. “professiya” so„zi
lotinchadan olingan bo„lib "barchaning oldida gapirmoq" so„zini beradi. Kasbning
o„zi insonlarning yashash sharoitlariga qarab o„zgaradi. Asosan, psixologiya kasbi
mashhur bo„lgan shaxslarning hayoti bilan bog„liq holda amalga oshirilgan.
5. Psixologiya kasbi reallikdir, bu sub‟ektning o„zini shakllanish
imkoniyatini yaratadi. Demak, psixologiya kasbida insonlarning xatti-harakati
orqali xulosaga kelishi mumkindir. Bunda yo„riqnomalar ish bermasligi mumkin.
Psixologiya sohasida insonlarga yordam berish holati eng ustun jihatlardan biri
bo„lib hisoblanadi. Kasb tushunchasidan tashqari yana bir nom mavjud, bu
mutaxassislik hisoblanadi. Masalan, psixologiya sohasi ijtimoiy psixologiya
mutaxassisligi bo„lishi mumkin. Umuman olganda kasb o„z ichiga quyidagi
tavsiflarni kiritadi:
1. Bu mehnatning chegaralangan ko„rinishi bo„lib, psixolog uchun boshqa
mutaxassislar bilan hamkorlik qilish maqsadga muvofiqdir.
2. Bu kasb doimiy maxsus tayyorgarlikni talab qiladigan holat bo„lib, bunda
mutaxassislar doimiy tarzda malakalarini oshirishlari talab qilinadi.
3. Bu ma‟lum bir maqtovlar, taqdirlash usullari kerak bo„lgan kasblardan biri
hisoblanadi.
4. Jamiyat uchun foydali bo„lgan kasblardan biri hisoblanadi.
5. Bu kasb insonlarga ma‟lum bir statusni berishi mumkin.
Hammaga ma‟lumki, ko„pgina insonlar o„zlarini yaxshi psixolog deb
hisoblashadi, ularning bu fikrga kelganliklariga sabab ular insonlar bilan muloqot
qilishadi, boshqalarga hamdard bo„la olishadi. Hayotiy psixologiya insonlarning
hayotida kerak bo„lgan sohalardan biri hisoblanadi, hattoki haqiqiy psixologlar
ham bir necha bor hayotiy psixologiyaga murojaat qilishadi.
Dostları ilə paylaş: