O’zbeksitonda psixologik diagnostika va psixologik korreksion faoliyatni amalga oshirishdagi muammolarga yechimlar Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
Sanʼatshunoslik fakulteti Amaliy psixologiya
2A- kurs talabasi Aymuratova Umida
Annotatsiya: Ushbumaqolada O‘zbekistonda psixologik diagnostika va psixologik korreksiyani amalga oshirish muammolari va istiqbollari haqida fikr yuritilgan. Psixologik diagnostika o’tkazishdagi mavjud to‘siqlar va bartaraf etish, psixokorreksiyaniamalga oshirishuchun tavsiyalar berilgan.
Kalit so’zlar:psixologik xizmat, psixologik korreksiya, psixologik stress, diagnostika, psixodiagnostika, psixologik test, psixologik treninglar, metodika, diagnostik-korrektsion ishlar, bolalar, o‘smirlik.
Problems and solutions in the implementation of psychological diagnostics and psychological correction in Uzbekistan Abstract: This article discusses the problems and prospects of psychological diagnostics and psychological correction in Uzbekistan. Existing barriers to psychological diagnosis and elimination, recommendations for psychocorrection.
Keywords:psychological services, psychological correction, diagnostics, psychodiagnostics, psychological testing, psychological training, methodology, diagnostic and correctional work, children and adolescents.
Yurtimizda keyingi yillarda psixologiya sohasida kadrlarni tayyorlash hamda amaliyotchi psixologlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi“Psixologiya sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va jamiyatda huquqbuzarliklarning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”qarori qabul qilindi.[1,3]
Dastlabki davrda Oliy ta’lim muassasalarida “Pedagogika va psixologiya” yo’nalishi bo’yicha kadrlar tayyorlangan bo’lsa, so’nggi yillarda “Amaliy psixologiya” yo’nalishi bo’yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. Ushbu ixtisoslik bo’yicha magistiratur bosqichiga qabul kvotalari keskin oshirildi.
Biroq, ta’lim muassasalarida psixologik xizmatni tashkil etish murakkab jarayon hisoblanadi. Bu borada olib borilayotgan sayi-harakatlarga qaramasdan o’z yechimini kutayotgan dolzarb vazifalar ham mavju.
Biz kuzatishimiz natijasida maktabgacha ta’lim va umumiy o‘rta ta’limda psixologik xizmatni samarali tashkil etish uchun bir necha muammolar xalaqit beradi.
Jumladan, maktabgacha ta’lim tashkilotida:
- psixolog bolalar bilan faoliyatni kunning qaysi vaqtida amalga oshirilishi lozimligi haqida hozirgacha aniq ko‘rsatma mavjud emas;
- kunlik mashg‘ulotlar jadvalida psixolog uchun alohida vaqt ajratilmagan;
- ota-onalar uchun psixologik maslahatni qaysi payt amalga oshirish kerak?
Maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologi ish rejasini tuzishda quyidagi maqsadlarni belgilab olishi maqsadga muvofiq:
a) 6 yoshli bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda psixologik muammolar;
b) bolalarni maktabga pedagogik-psixologik jihatdan tayyorlashda tarbiyachi va psixologning hamkorligi;
c) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida iqtidorli bolalar bilan ishlash;
d) maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarida ijtimoiy-hissiy rivojlanish ko‘rsatkichlari;
e) maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologi ishlarini rasmiylashtirish, hujjatlar bilan ishlashda axborot texnologiyalarining o‘rni.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti singari maktablarda ham psixologik xizmatni samarali tashkil etish uchun to‘siq bo‘layotgan omillar bor. Masalan, maktab fanlariga psixologiyaga oid fan kiritilmagan yoki psixolog uchun alohida soat ajratilmagan. Shuning uchun psixolog psixodiagnostik ishlarni amalga oshirishda, psixologik trening mashg‘ulotlarni o‘tishda qaysidir fan mashg‘ulotini buzishga majbur bo‘ladi. [2, 295]
Yuqorida keltirilgan muammolarni umumiy xusususiylikka o’tib nazar tashlasak vaziyat yanada oydinlashadi:
Psixologik diagnostikani samarali amalga oshirishga to’sqinlik qiluvchi quyidagi omillar mavjud:
a) psixologik diagnostika uchun metodika va testlar bankini ma’naviy eskirganligi;
b) psixologik diagnostika uchun ko’p vaqt talab etilishi;
c) topshiriq qismlarini o’quvchilar uchun zerikarligi;
d) amaliyotchi psixologning amaliy tajribasi kamligi yoki yo’qligi va hokazolar.
Psixologik korreksion faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ham bir qancha sabablar bor:
- korreksion dastur ko’p vaqtni talab etishi;
natijalarni yaqqol ifodalanmasligi
korreksion ishga o’quvchilarni salbiy munosabatda bo’lishi;
milliy va etnik xususiyatlar;
maktab dars jadvalida alohida vaqt ajratilmaganligi va boshqalar.
Bugungi jadallashgan davrda davrda o‘quvchi-yoshlarni ruhiy salomatligini asrash har qachonidan muhimroqdir.
Ta’lim muassasasidan psixologik diagnostika va psixologik korreksiyon faoliyatni yaxshilash quyidagilarni tavsiya qilamiz:
Diagnostik maqsadda oʻtkaziladigan metodikalarning kompyuter va axborot texnologiylariga o’tkazish va yangi avlodini ishlab chiqarish lozim. Ularni o‘tkazish va natijalarini tahlil qilishda etnik xususiyatlarini, milliy mentalitetni hisobga kerak. bilish jarayonlarini tekshirishda ayni paytni hamda tashqi omillarni hisobga olish zarur. Respublika miqyosida rasmiy tasdiqlangan metodikalar bankini yaratish maqsadga muvofiq.
Psixologik stress – bu turli xil ekstremal ta'sirlarga (stressorlarga) javoban yuzaga keladigan keng ko'lamli hissiy holatlar va inson harakatlariga ishora qilish uchun ishlatiladigan tushuncha. Psixologik stressning rivojlanishiga ko'plab omillar ta'sir qiladi, ular orasida stressli hodisaning xususiyatlari, voqeani shaxs tomonidan talqin qilish, odamning o'tmishdagi tajribasining ta'siri, vaziyatdan xabardorligi (xabardorligi), individual va shaxsiy xususiyatlar. Bir kishining. O'z navbatida, stress insonning ruhiy jarayonlariga, xususan, yuqori ruhiy funktsiyalarga ta'sir qiladi.
Korreksion mashg‘ulotlarni ham milliylikka moslashtirish zarur. Chunki ko‘p trening-mashg‘ulotlar oʻgʻil-qiz aralash ishtirok etishini taqazo qiladi. Bunda ko‘pincha o‘quvchi qizlar tortinadi va qatnashmaydi. Bundan tashqari psixolog uchun korreksion mashg’ulotlar uchun alohida xona ajratilishi juda ham ijobiy natijalar beradi.
Xulosa qilib aytganda, psixologik xizmat ham murakkab va ko’p qirrali jarayon. Bu sohadagi rivojlanishlarga jiddiy e’tibor qaratish zarur. O`quvchi shaxsining psixologik sifatlarini o`rganishda qo`llaniladigan yana bir metod faoliyat mahsullarini tahlil qilish metodidir. Ma'lumki, inson doimo muayyan faoliyat turi bilan shug'ullanadi. Har bir faoliyat o'z mahsulotiga ega. Shaxsning psixologik sifatlari shu faoliyat natijasida yaratilgan mahsulotda namoyon bo`ladi. Binobarin, har bir shaxs faoliyati mahsuli (u qaysi sohada ishlashidan qat’iy nazar) shu shaxsga xos bo’lgan bir qator psixologik sifatlarni bildiradi. Masalan, talaba yozgan she’r mazmuni talabaning ijodiy qobiliyatini, mehnatsevarligini, tafakkurini, irodaviy fazilatlarini va hokazolarni bilish imkonini beradi, mustaqillikka, ijodkorlikka intilishini ko’rsatadi. Shuning uchun psixologiya fanida yordamchi usul sifatida shaxsiy faoliyat mahsullarini tahlil qilish usuli qo`llaniladi.
Ijtimoiy hayot psixologiya faniga yangi vazifalarni qo'yadi. Bu yangi vazifalar, birinchidan, istiqlol sharofati bilan respublikamizda yaratilgan yangi ijtimoiy muhit bo‘lsa, ikkinchidan, istiqlol mafkurasi tufayli mamlakatimiz aholisi ongida sifat o‘zgarishlari ro‘y bermoqda. Bu ikki nuqta insoniyat tarixida yangi munosabatlar va faoliyatning yangi shakllarini yaratadi.
Keyingi yillarda fan sohalarining, ayniqsa texnika fanlarining jadal rivojlanishi natijasida psixologiyada modellashtirishning yangi usuli paydo bo`ldi.
Model o'rganilayotgan psixologik hodisaning sintetik modeli hisoblanadi. Modellashtirish usulining o'ziga xosligi shundaki, bu usul yordamida ba'zi psixologik jarayonlar bevosita o'rganiladi. Biroq, psixik jarayonning (ko'rish, eshitish, hidlash va boshqalar) modelini yaratish uchun ushbu psixik jarayonni mukammal bilish kerak. Shuning uchun modelning mukammal bo'lishi o'rganilayotgan psixik hodisa haqidagi bilim darajasiga bog'liq. Biroq, model aqliy jarayonning o'zi bo'lishi mumkin emas. Modelda aqliy hodisa soddalashtirilgan. Bu modelning noto'g'riligiga, psixologik hodisani noto'g'ri o'rganishga olib kelishi mumkin. Umuman olganda, modellashtirish usuli yordamida turli xil psixologik sifatlarni (sezgi, idrok, xotira va boshqalar) o'rganish mumkin.
Foydalanilganadabiyotlar Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi “Psixologiya sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va jamiyatda huquqbuzarliklarning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 472-son qarori. T.: 2019-yil
M.S.Bannayev. O‘zbeksitonda maktabgacha ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida psixologik xizmatning tashkil etish imkoniyati va muammolari. Science and education.Volume 2, issue 7. 07.2021. 293-297-betlar