11
o‟z-o‟zini rivojlantirish va o‟zligini anglashini yuqori darajalariga yetishga
o‟rgatuvchi fanlar majmui tushuniladi). Shaxs psixologiyasini bilish, o‟z
taraqqiyotini va iqtidorini tashkil etishni bilish, har qanday yosh davrda ham
optimal ravishda ishga yaroqlilikni, turli o‟zgarishlarga psixologik jihatdan
tayyorlikni ta‟minlash, yangicha fikrlash va tafakkur qilish, ro‟y berayotgan
jarayonlarni obyektiv va to‟g‟ri idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish muammosini
ilgari surdi. Shunday qilib, yangi davr har bir insondan o‟z ichki imkoniyatlarini
adekvat bilish, shu bilimlar zahirasi bilan yaqinlari va hamkasblari psixik
dunyosini bilishni talab qilmoqda. Buyuk Suqrot o‟z davrida “O‟z-o‟zingni bil!”
degan shiorni o‟rtaga tashlagan edi. Yangi davr bu bilimlar yoniga “O‟z
yoningdagilarni va ularning qilayotgan ishlarini ham bil”, degan shiorni har
qachongidan ham dolzarb qilib qo‟ydi. Ayni shu muammoni yechishda hozirgi
zamon psixologiya ilmi va amaliyotining roli benihoya kattadir.
An‟anaga aylanib qolgan hodisalardan biri shuki, psixologiya va u
o‟rganadigan hodisalarni faqatgina ushbu fan bilan bevosita shug‟ullanadigan
kimsalar o‟rganib kelishgan, zero, psixologik hodisalar bilan har qanday inson ham
tanish bo‟lishi va u inson hayotining asosini tashkil etishi kerak. Yangi davr va
uning o‟zgarishlarga boy hayoti endi har bir kishining psixik hodisalar
qonuniyatlarini bilish va shunga mos tarzda oqilona va omilkorona ish yuritish
zaruratini talab qilmoqda.
Dostları ilə paylaş: