4
1-MAVZU. YANGI DAVR VA PSIXOLOGIYA.
Tayanch tushunchalar: yangi davr va psixologiya, sinergetik yondoshuv,
akmeologik yondoshuv, psixologiya fanining dolzarbligi, psixikaning zamonaviy va
klassik ta‟riflari, psixik jarayonlar, psixologiyaning tarmoqlari, psixologik
tarmoqlar klassifikasiyasi.
1.1. Psixologiya sohasida XX asrda erishilgan yutuqlar.
Boshqa
fan sohalari, ayniqsa, tibbiy-biologik izlanishlarda inson va uning
murakkab tuzilishi, ruhiy hayotiga qiziqish ortib borgan sari sekin-asta psixik
jarayonlarning ham yaxlit bir tizimi bo‟lishi va uni ham fanning yutuqlaridan
foydalangan holda o‟rganish mumkinligi g‟oyasi paydo bo‟ldi.
Qolaversa, XIX
asrning ikkinchi yarmiga kelib, inson ruhiyati to‟g‟risidagi psixologik hamda
falsafiy qarashlar bilan tabiiy-ilmiy (anatomik, fiziologik, biologik,
bioximik va
boshqalar) qarashlar o‟rtasida tafovutlar chiqqani sari uning alohida fan sifatida
shakllanishi zarurati ortib bordi. Olimlar orasida aynan inson ruhiy olamini izchil
va tizimli o‟rganishga extiyoj paydo bo‟ldi.
XIX asr oxirlarida, aniqrog‟i, 1879 yilda nemis olimi Vilgelm Vundt
Leybnis
universitetida dunyoda birinchi ekmperimental psixologik laboratoriyaga asos
soldiki, unda o‟tkazilgan yuzlab tajribalar va eksperimentlar psixologiyaning ham
alohida fan sifatida o‟zini ko‟rsatishga haqli ekanligini isbotladi. Aynan shu
insonning, Vundtning, psixologiya ilmi maktabini yaratganligida ham ma‟no bor.
Chunki Vundt tibbiyot fani bo‟yicha ham mukammal bilimlarga ega bo‟ldi, keyin
fiziologiya sohasida
muvaffaqiyatli ishladi, so‟ngra falsafaga berilib ketdi. Balki,
aynan bir qator fanlarni – ham gumanitar, ham tabiiy fanlar asoslarini yaxshi
bilganligi obyektiv sabab bo‟lgandirki, olim odam psixologiyasi, unda ro‟y
beradigan jarayonlar – oddiy sezishdan tortib, mavhum tafakkurgacha bo‟lgan
jarayonlarni, hissiy holatlarni amaliy tarzda eksperimentlarda o‟rgana boshladi.
Uning maqsadi – eng avvalo inson ongini tashkil etuvchi
sof elementlarni ajratib
olishdan iborat edi. Shuning uchun ham psixologiyada u asos solgan
yo‟nalish strukturalizm deb nomlandi. Vundtning ta‟siri shu qadar bo‟ldiki, yer
5
kurrasining
boshqa
bir
tomonida
–
Amerika
qo‟shma
Shtatlarida funksionalizm deb nomlangan yana bir yo‟nalish paydo bo‟ldi. E.
Titchener asos solgan bu yo‟nalish vakillari nafaqat ko‟zga ko‟rinmas ong tizimi
elementlari, balki ko‟z bilan ko‟rish mumkin bo‟lgan va faoliyat natijalariga
asoslangan belgilar asosida ham inson xulqi-atvoriga baho berish mumkinligini
isbotladilar. Boshqa bir yirik amerikalik psixolog V. Jeymsning tadqiqotlari amaliy
ahamiyatga molik bo‟ldiki, endi u dadil psixologiyani ong elementlari emas, balki
ong faoliyatini o‟rganuvchi fan deb ta‟riflay boshladi.
Ong dinamik, harakatdagi,
o‟zgaruvchan yaxlit tuzilma bo‟lib, uning namoyon bo‟lishida tananing shart-
sharoitlari, uning faolligi muhim rol o‟ynaydi. Shuning uchun ham bu ikki
tuzilmalar odamning yangi sharoiitlarga moslashuvi,
va umuman tashqi muhitda
o‟z o‟rnini topishga imkon beradi. Yuqoridagi fikrlar ta‟sirida XIX asrning
oxirlarida bugun ham o‟z aamiyatini yo‟qotmagan bixeviorizm oqimi paydo
bo‟ldi. E.Torndayk va D.Uotsonlar asos solgan ushbu yo‟nalish vakillarining
asosiy g‟oyalari shundan iborat bo‟ldiki, ular psixologiyaning predmeti nafaqat
ong,
yoki nafaqat faoliyat, balki xulqdir, deb asoslashdi. Xulq u yoki bu xatti-
harakatlar, amallar, reaksiyalarda ifodalanib, tashqi ta‟sirot – stimulga bog‟liqdir.
Shuning uchun ham odam va uning psixologiyasini bilish uchun o‟sha ta‟sir
ko‟rsatuvchi va ta‟sirlangan xulq o‟rganilishi kerak. Bu narsalar bizning hozirgi
sharoitimizda ham ishlab
chiqarishni tashkil etishda, ta‟lim berishda va
psixoterapiyada inobatda olinadi, ular o‟tkazgan mashhur “S→R”
formulasi
bizning sharoitlarda ham ta‟sir ko‟rsatish texnikasida inobatga olinadi, ular o‟z
dolzarbligini yo‟qotgani yo‟q.
Dostları ilə paylaş: