“Uch og‘a-ini botirlar” ertagi haqida 1. Hayot haqiqati bilan bog‘liq bo‘lib, xayoliy va hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan, tarbiyaviy
ahamiyatga ega og‘zaki hikoyalar nima deyiladi? – Ertak. 2. Ertak Surxondaryo, Samarqand, Farg‘onada qanday ataladi? – Matal. 3. Ertak Buxoro atrofidagi ba’zi qishloqlarda qanday ataladi? – Ushuk. 4. Ertak Xorazmda qanday ataladi? – Varsaqi. 5. Ertak Toshkent shahri va uning atrofida qanday ataladi? – Cho‘pchak. 6. Ertaklardagi qisqa boshlanmalar qanday bo‘ladi? – “Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir podshoh (yoki cho‘pon) bo‘lgan ekan”, “Sizga bog‘ bo‘lsin, bizga hayot” kabi so‘zlar bilan boshlanadi. 7. Ertaklardagi rangi qizil, quyrug‘i uzun jonivor bu … – Qirg‘ovul. 8. Ertaklarda karnaychi bo‘lgan jonivor qaysi? – G‘oz. 9. Ertaklarda surnaychi bo‘lgan jonivor qaysi? – O‘rdak. 10. Ertaklarda azonchi bo‘lgan jonivor qaysi? – Ola qarg‘a. 11. Ertaklarda qozonchi bo‘lgan jonivor qaysi? – Qora qarg‘a. 12. Ertaklarda chaqimchi jonivor bu? – Chumchuq. 13. Ertaklarda to‘qimchi jonivor bu? – To‘rg‘ay. 14. Ertaklarda bakovul qaysi jonivor? – Bo‘ri. 15. Ertaklarda yasovul qaysi jonivor? – Tulki. 16. Ertaklarning “… necha kunlik yerida dumi kalta bo‘ri” bor? – 7 kunlik yerida. 17. Ertaklarning tugallanmasi qanday bo‘ladi? – “Qirq kecha-yu qirq kunduz to‘y berib, oshlarini oshab, yoshlarini yashab, murod-maqsadlariga yetibdilar” yoki “Shu bilan Ayoz podshoh bo‘lib, o‘zining donoligidan xalqni odillik bilan so‘rab, mamlakatda adolat