Muhammad Ali G‘aribiy. 2. Alisher Navoiyning qaysi tog‘asi kamgap, jiddiy va sipo odam edi? – Mirsaid Kobuliy. 3. Alisher Navoiyning qaysi tog‘asi xushchaqchaq va gapdon bo‘lib, tor va tanburni yaxshi
chalar edi? Muhammad Ali G‘aribiy. 4. “Ilk” so‘zining ma’nosi nima? – Qo‘l. 5. “Muguz” so‘zining ma’nosi nima? – Hayvon shoxi. 6. “Biz go‘yoki beparvo oshiqlar-u yirtiq chopon, o‘t nafas, Jahon g‘ami sening g‘amingga arzimas”. Alisher Navoiy tilidan aytilgan ushbu bayt kimniki edi? – Shoir Qosim Anvar. 7. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida Alisher Navoiyning ukasining ismi kim deb
berilgan? – Darvishali. 8. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida keltirilishicha, Husayn Boyqaroning
otasining ismi kim? – Mansur binni Boyqaro. 9. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida keltirilishicha, Husayn Boyqaroning bir kun
taxtga chiqishini kim orzu qilar edi? – Otasi Mansur binni Boyqaro. 10. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida keltirilishicha, Husayn Boyqaro Alisher
Navoiydan necha yosh katta edi? – 2 yoshga katta edi. 11. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida keltirilishicha, Temurning o‘g‘li
Shohruxning o‘limini kim hikoya qilib beradi? – Mirsaid Kobuliy. 12. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida keltirilishicha, Alisher Navoiy Yazd
cho‘lidagi Taft qishlog‘ida kim bilan ko‘rishadi? – “Zafarnoma” asarining muallifi Sharafiddin Ali Yazdiy bilan. 13. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida keltirilishicha, Alisher cho‘lda adashib
qolganda yo‘lni qanday topadi? – Alisher otasidan Iroq viloyati kunbotish tomonda, Hirot – kunchiqishda, degan gapni eshitgan edi. 14. “Karvon yo‘llarida” asari muallifi kim? – Mirkarim Osim.