“Alisherning bolaligi” qissasida. 8. “Bolaning ko‘ngli poshsho” hikoyasi Oybekning qaysi qissasidan olingan? – “Bolalik” qissasidan. 9. “Tanda” so‘zining ma’nosi nima? – Mato to‘qish uchun uzunasiga tortilgan ip, o‘rish. 10. Oybekning “Bolalik” qissasidan olingan “Bolaning ko‘ngli poshsho” hikoyasida aytilishicha,
yosh Musoning qachon handalak yegisi kelib qoladi? – O‘rtog‘i A’zamning handalak yeganini ko‘rib. 11. “Shashpar” so‘zining ma’nosi nima? – Uchiga yumaloq, g‘adir-budir temir o‘rnatilgan uzun dastali gurzi, cho‘qmor. 12. Oybekning “Bolalik” qissasidan olingan “Bolaning ko‘ngli poshsho” hikoyasida kimning
do‘koni hamisha quruq ko‘rinar edi? – Musa baqqolning. 13. Oybekning “Bolalik” qissasidan olingan “Bolaning ko‘ngli poshsho” hikoyasida Musa
baqqol nima sotar edi? – Sabzi, piyoz, un, kerosin. 14. Oybekning “Bolalik” qissasidan olingan “Bolaning ko‘ngli poshsho” hikoyasida muloyim,
shirinso‘z, sersoqol, keksa sotuvchi kim edi? – Sobir baqqol. 15. Oybekning “Bolalik” qissasidan olingan “Bolaning ko‘ngli poshsho” hikoyasida kimning
do‘konida makkaisano topilar edi? – Sobir baqqolning. 16. “Makkaisano” so‘zining ma’nosi nima? – Tropik va subtropik o‘lkalarda o‘sadigan ko‘p yillik buta va daraxtlarning umumiy nomi, ularning surgi dori sifatida qo‘llaniladigan bargi. 17. Oybekning “Bolalik” qissasidan olingan “Bolaning ko‘ngli poshsho” hikoyasida Dadaqo‘zi
ota nevarasiga kimning do‘konidan handalak olib beradi? – Sobir baqqolning. 18. “Bolaning ko‘ngli tilla”. Oybekning “Bolalik” qissasidan olingan “Bolaning ko‘ngli
poshsho” hikoyasidagi ushbu fikr kimning tilidan aytilgan? – Dadaqo‘zi otaning. 19. Oybek tarjimon sifatida kimlarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan? – Pushkinning