Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi 1. Ham shoh, ham shoir bo‘lgan ijodkor kim? – Z. M. Bobur 2. “Bobur” so‘zining ma’nosi nima? – Arabcha “sher” degani 3. Boburning avlodlari hind diyorida qancha vaqt hukmronlik qilganlar? – 300 yildan ortiq. 4. Ruboiyning tengsiz namunanalarini yaratgan shoir kim? – Z. M. Bobur. 5. Bobur ko‘rgan-kechirganlari haqida qaysi asarini yozib qoldirgan? – “Boburnoma”. 6. Bobur yana nimalarga qiziqqan? – Musiqaga, musiqa haqida ilmiy kitob ham yozgan. 7. Z. M. Bobur qachon va qayerda tug‘ilgan? – 1483-yilning 14-fevralida Farg‘ona viloyatining Andijon shahrida. 8. Otasining ismi? – Temuriyzodalardan Umarshayx Mirzo. Farg‘ona viloyati hukmdori edi. 9. Onasining ismi? – Qutlug‘nigorxonim. Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi. 10. Bobur zimmasiga qachon va nima uchun taxtni boshqarish vazifasi tushadi? – Otasining vafoti tufayli, 12 yoshida. 11. U necha yoshida bobomeros vatani Samarqandni bosib oladi? – 15 yoshida. 12. Necha yoshida u yerni tashlab chiqib ketishga majbur bo‘ladi? – 16 yoshida. 13. U Samarqandni hammasi bo‘lib? – 2 marta qo‘lga kiritadi va 2 marta qo‘ldan chiqaradi. 14. Bobur 1503-yilda? – Jayhun (Amu)ni kechib, Xurosonga o‘tadi va Qobul bilan G‘azna shahrini qo‘lga kiritadi. 15. U qachon Hindistonni zabt etib, boburiylar sulolasiga asos soladi? – 1526-yilda. 16. Bobur qachon vafot etgan? – 1530-yilda Agra shahrida. 17. Uning xoki qayerda? – Vasiyatiga binoan Kobul shahrida. Bobur ruboiylari 1. Bobur qancha she’riy devon (to‘plam) tuzgan? – 2 ta. Ulardan faqat bittasi yetib kelgan,