3. “Ahli funun” so‘zining ma’nosi nima? – Hunar ahli, bilimdonlar. 4. “Kajraftor” so‘zining ma’nosi nima? – Teskari aylanuvchi. 5. “Voiz” so‘zining ma’nosi nima? – Va’z o‘quvchi. 6. “Badkor” so‘zining ma’nosi nima? – Yomonlik qiluvchi 7. Muqimiy qayerga sayohatida bozor ustidan chiqadi? – Shohimardon, O‘ltarmada. 8. Muqimiy qayerda bir ma’raka ustidan chiqqanligini, u yerda voiz 500 xotinga va’z
o‘qiyotganligini aytadi? – Shohimardon, O‘ltarmada. 9. Muqimiy Shohimardonning O‘ltarmasida yana nimalarga guvoh bo‘ladi? – Yomonlikni kasb qiligan mingboshi Xo‘ja Isoni, har gapda yuz marta qasam ichuvchi hojini. 10. Muqimiy qayerda yoqasini har soat tutib yotganligini, oqshomda g‘am yutib yotganligini va
u yerni qaroqchilar dashti ekanini aytadi? – Shohimardon, Do‘rmanchada. 11. Shohimardon Do‘rmanchada ham mufti, ham qozi kim edi? – G‘ozi. 12. Muqimiy qayerning echkilari faqat tariq yeyishini, ularning juda oriq (ozg‘in) ekanligini
aytadi? – Shohimardon, Bo‘rbaliq degan joyning. 13. Muqimiy qayerning boylari hashamatli uy-joylar solishini, ammo ularning birorta ham
mehmonini ko‘rmaganini aytadi? – Shohimardon, Oq yer degan joyning. 14. “Firdavs bog‘i” so‘zining ma’nosi nima? – Jannat bog‘i. 15. “Rido” so‘zining ma’nosi nima? – Ruhoniylar bo‘yniga solib yuradigan oq ro‘mol. 16. “Xayr-u saxo” so‘zining ma’nosi nima? – Xayr-saxovat. 17. “Dilfizo” so‘zining ma’nosi nima? – Ko‘ngilni quvontiruvchi. 18. “Dilkusho” so‘zining ma’nosi nima? – Ko‘ngilni oluvchi. 19. Muqimiy qayerning bog‘ini “Firdavs bog‘i” deya ta’riflaydi? – Shohimardon, Roshidon degan joyning. 20. Muqimiy qayerda keta-ketguncha do‘konlar borligini, u yerning odamlari hamisha ichib
yurishini aytadi? – Shohimardon, Zohidon degan joyning.