sabablar aytiladi. 2. Yo‘l xotiralari batafsil aytiladi. 3. Xulosa. Sa’diy Sheroziy hayoti va ijodi 1. Sa’diy Sheroziyning to‘liq ismi-sharifi? – Shayx Muslihiddin Sa’diy Sheroziy. 2. So‘fiylar boshlig‘i, din arboblariga nisbatan qanday atama ishlatilgan? – Shayx. 3. Sa’diy Sheroziy qayerlik? – Eronning mashhur shahri Sherozdan. 4. “Sarbon” so‘zining ma’nosi nima? – Tuya yetaklovchi, karvonboshi. 5. “Ey sarbon, ohista ron k-oromi jonam meravad”. Ushbu g‘azal muallifi kim? – Sa’diy Sheroziy. 6. Kimlar o‘z asarlarida Sa’diy Sheroziyga murojaat qilganlar? – Fransuz Volter, nemis Gyotelar. 7. Sa’diy Sheroziy nomini dunyoga mashhur qilib yuborgan asarlari qaysilar edi? – “Guliston” (1258) va “Bo‘ston” (1257) asarlari. 8. Sa’diy Sheroziy qachon tug‘ilgan? – Tug‘ilgan yilini har xil ko‘rsatadilar. Masalan, 1184, 1189, 1203, 1210. 9. Sa’diy Sheroziy qachon vafot etgan? – 1292-yilda. 10. Sa’diy Sheroziy umrining necha yilini sayohatda o‘tkazgan? – 20 yilini. 11. “Shahar qozisi haqidagi hikoyat” qaysi asaridan olingan? – “Bo‘ston” asaridan. 12. “Shahar qozisi haqidagi hikoyat”dagi darvesh kim edi? – Sa’diy Sheroziy. “Guliston” va “Bo‘ston” asari 1. “Hakim” so‘zining ma’nosi nima? – Donishmand. 2. “Pand” so‘zining ma’nosi nima? – Nasihat. 3. “E’timod” so‘zining ma’nosi nima? – Ishonch. 4. “Siym” so‘zining ma’nosi nima? – Kumush. 5. “Zar” so‘zining ma’nosi nima? – Oltin. 6. “Chashmayi ravon” so‘zining ma’nosi nima? – Oqar chashma. 7. “Sahl” so‘zining ma’nosi nima? – Oz. 8. “Ajamiy” so‘zining ma’nosi nima? – Eronlik.