Abdulla Oripov hayoti va ijodi 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi she’ri muallifi kim? – Abdulla Oripov. 2. Abdulla Oripov qachon va qayerda tug‘ilgan? – Qashqadaryo viloyatining Koson tumani Neko‘z qishlog‘ida. 3. Otasining ismi? – Orif bobo. 4. Onasining ismi? – Turdi Karvon qizi. 5. Abdulla Oripovning birinchi kitobi qaysi? – 1965-yilda “Mitti yulduz” nomi ostida chiqqan. 6. Abdulla Oripov qaysi asarni yuksak mahorat bilan tarjima qilgan? – Dantening “Ilohiy komediya” asarini. 7. U Amir Temur haqida qanday drama yozdi? – “Sohibqiron” dramasini. 8. 1998-yilda shoir va yozuvchilar orasidan birinchi bo‘lib “O‘zbekiston Qahramoni” unvoniga
loyiq ko‘rilgan ijodkor kim edi? – Abdulla Oripov. “O‘zbekiston” (qasida) 1. Abdulla Oripov “O‘zbekiston” qasidasida osmon ilmi haqida jadval tuzgan kim edi? –
Ko‘ragoniy (Mirzo Ulug‘bek) 2. Abdulla Oripov “O‘zbekiston” qasidasida Amerikani Xristofor Kolumbdan oldin kim kashf
etgan deydi? – Abu Rayhon Beruniy. 3. Abdulla Oripov “O‘zbekiston” qasidasida Temur tig‘i yetmagan joyni kim qalami bilan
olganligini aytadi? – Alisher Navoiy. 4. Abdulla Oripov “O‘zbekiston” qasidasida kim sahrolarda kon ochganini aytadi? – Habib Abdulla. 5. “O‘zbekiston” qasidasining hajmi qancha? – har biri 10 satrlik 14 band. Jami – 140 satr. 6. “O‘zbekiston” qasidasi qachon yozilgan? – 1968-yilda. 7. U paytlari insonlar ongiga “SSSR – bizning yagona Vatanimiz!”, - degan soxta shiorlar
singdirilganda, Abdulla Oripov qanday jasorat ko‘rsatadi? – “O‘zbekiston – Vatanim manim” deydi. 8. Ushbu qasida yana kimning qaysi qasidasi bilan o‘xshash tarzda yozilgan? – Erkin