5/18/23, 7:43 AM
https://lex.uz/acts/-2349913
https://lex.uz/acts/-2349913
19/34
121. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishi nizoli
masalalar kelib chiqqanda,
shuningdek
idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan yangi holatlar aniqlanganda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan
to‘xtatib turilishi mumkin.
122.
Mazkur Qoidalarning
121-bandiga
asosan to‘xtatib turilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat yoki uning
tuzilmaviy birligining amal
qilishi uni to‘xtatib turish asoslari bartaraf qilingan taqdirda qayta tiklanishi mumkin.
123. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal
qilishi mazkur Qoidalarning
121-bandiga
muvofiq
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘i bilan to‘xtatib turiladi yoki qayta tiklanadi, buyruqning nusxasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy
hujjatni qabul qilgan organga yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining idoraviy normativ-huquqiy hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishini to‘xtatib
turish yoki qayta tiklash to‘g‘risidagi buyrug‘i, agar buyruqning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, u rasmiy e’lon
qilingan kundan
e’tiboran kuchga kiradi.
Dostları ilə paylaş: