35
She‟r ustida ishlash chog„ida o„quvchilarning poetik eshitish qobiliyatini
rivojlantirish, she‟r qurilmasiga e‟tiborini qaratish orqali nazmni idrok etish
madaniyati shakllantiriladi. Buning uchun o„quvchilar qofiya, radif, ohang, she‟r
tuzilishi tizimi, badiiy tasvir vositalari singari tushunchalarni anglab olishi lozim.
Nazariy tushunchalarni o„zlashtirish orqali o„quvchilar she‟rdagi nafosatni
his qiladi, o„zi uchun qandaydir yangilikni kashf etadi. Masalan, 7-sinfda Shavkat
Rahmon ijodi yuzasidan tashkil etiladigan mashg„ulotlarda o„quvchilarning nazariy
bilimlarini hayotiy kuzatishlari bilan bog„lashga imkon yaratiladi. Shoir ijodi bilan
tanishar ekan, o„quvchi tabiatning kamalak yanglig„ rangin jilolari lirik
qahramonning nekbin tuyg„ulariga hamohanglikda bo„y ko„rsatganligiga guvoh
bo„ladi.
Shoir tun, osmon, oy, tong, bulut, shamol, suv, daraxt kabi qator timsollarga
zargarona ishlov berib, inson va tabiat o„rtasidagi garmoniyani topa bilgan.
Jumladan, “ingroqlarga to„lib ketgan tun”, “ko„zlarimdan ko„ra hayotni yelkalarim
ko„ribdi ko„proq” kabi chizgilarda inson ruhiyatining anglash mushkul bo„lgan
tiyiqsiz isyonlari o„z aksini topgan. Shavkat Rahmon ijodining xalqchilligi, o„ziga
xos jozibadorligi asl maqsadini yashirin tarzda badiiy vositalar yordamida
ifodalashiga bevosita daxldor. Shuning uchun ham shoir ijodidagi topilmalarni
ruhiyat manzarasi tasvirining nodir kashfiyoti sifatida baholash mumkin.
Shoirning “Tong ochar ko„zlarin...” she‟ri interaktiv
“Ikki qismli kundalik”
metodi asosida o„rganilishi o„quvchilarning estetik didi, tafakkur darajasi, xayolot
olami va idrok tarzini namoyon etishga yordam beradi. Shuningdek, ifodali
o„qish, tushunish va tahlil qilish hamda xulosa chiqarish kompetensiyasini
takomillashtiradi. Tahlil lirik qahramonning ichki kechinmalariga shaxsiy tajribalar
va qiziqishlar asosida munosabat bildirishni taqozo qiladi.
Texnologiya bir necha bosqichda amalga oshiriladi.
Texnologiyani o„tkazish bosqichlari:
Birinchi bosqichda she‟r o„qishga tavsiya qilinadi. Matn bilan to„liq
tanishilganidan so„ng ikkinchi bosqich vazifasiga o„tiladi. Bu jarayonda daftar
varaqlari vertikal chiziq bilan o„rtasidan teng ikkiga bo„linadi.
Navbatdagi bosqichda kundalikning chap tomoniga muallif g„oyalari –
she‟rdagi o„zlariga yoqqan yoki ma‟qul bo„lmagan misralar yoziladi. Masalan:
Dostları ilə paylaş: