Birinchi qism
Tong ochar ko„zlarin erinib,
Sevinchdan yig„laydi qiyoqlar,
Chechaklar jilmayar sevinib,
Shamolda cho„milar giyohlar.
Ikkinchi qism
Subhidamda
qiyoq
gullarga
shabnam
qo„nishi, quyosh nurlari erkalab uyg„otgan
chechaklar shodlikdan yaproq yozishi, o„t-
o„lanlarning shabadada tebranishlari go„yo
shudringda cho„milayotgandek tasvirlanadi
.
To„rtinchi bosqichda esa o„ng tomonga izohlanayotgan misralar, tasvir
vositalarining shoir g„oyasini yoritishdagi ahamiyati, she‟r haqidagi umumiy
xulosalar yoziladi.
She‟rda mehnat qilishdan boshqasini bilmaydigan kishilarning ishonch va
e‟tiqodlari falsafiy yo„sinda aks ettirilgan. Atrofidagi go„zalliklardan bebahra
36
kimsalarga hayotni faqat o„z qarashlari bilan o„lchamasligi ta‟kidlanadi. Unda
qo„llanilgan ramz – ko„chim san‟atining keng tarqalgan turi bo„lib, chumoli timsoli
orqali zahmatkash va tirishqoq, lekin ayni vaqtda loqayd, hissiz kishilarga ishora
qilinadi. Chumolining lirik qahramon tomonidan o„ziga jalb etuvchi maysalar
go„zalligi (borliqning maftunkorligi)dan bahramand bo„lish, hayotdan
zavqlanishga undalishi ritorik murojaatdir.
Keyingi bosqichda o„quvchilarning xohishlariga ko„ra bir nechtadan
ko„chirmalar va izohlarni o„qish taklif etiladi. Izohlar o„qilayotganda savollar
berish yoki bayon qilinayotgan fikrlarga tengdoshlarining fikri bilan qiziqish
beshinchi bosqich sharti hisoblanadi. Jarayon juftliklar yoki kichik guruhlarda
ishlash orqali davom ettirilib, so„nggi bosqichga o„tilishi ham mumkin.
Dramatik asarlar tahlili. Istiqlol yillarida o„zbek milliy dramaturgiyasi
sohasida ham ko„zga tashlanarli evrilishlar yuz berganligini Usmon Azimning “Bir
qadam yo„l”, Erkin Samandarning “Arabmuhammad Bahodirxon”, Abdulla
A‟zamning “Dugohi Husayniy”, Ilhom Hasanning “Bir kam dunyo” kabi dramalari
misolida ko„rish mumkin. Jumladan, Erkin Samandarning “Arabmuhammad
Bahodirxon” tragediyasini so„nggi yillarda inson qadr-qimmati, o„zlikni anglash
mavzusida yaratilgan sara asarlardan biri sifatida tilga olish mumkin. Ezgulik va
yovuzlik, qanoat va nafs kabi qarama-qarshiliklar ota va farzandlar o„rtasidagi
munosabatlar misolida tahlilga tortilishi jarayonida nutqiy, kommunikativ va
kreativlik kompetensiyasi shakllantirilishiga erishish mumkin. Bunda “Rolli o„yin
darsi”,
“Teatrlashtirilgan
dars”
texnologiyalarining
zarur
elementlari
qo„llanilsagina ijobiy natijalar qayd qilinadi.
Dramatik asar tahliliga tayyorlanayotib, o„qituvchi o„zi uchun matn ustida
ishlashning markaziy muammosini belgilab oladi. Asosiy ziddiyatni aniqlash
jarayonida o„quvchilarning yetakchi qahramonlar bilan to„qnashuvi ro„y beradi,
ular voqealar rivojida qanday o„rin tutishi belgilanadi. Dramada “voqelikning
muayyan bir qirrasiga, ya‟ni kulgili yoki fojeaviy tomoniga ko„proq e‟tibor
berilmasdan, hayot xuddi hayot holida, butun bir murakkabligi va turli-tuman
jarayonlari bilan yaxlitlikda va atroflicha qamrab olinadi”
1
.
8-sinf o„quvchilari mustaqil o„rganishlari mumkin bo„lgan Muhammad
Rahmonning “Abadiy nido”
2
dramatik dostonida Detektiv laqabli yigit, fizik
(o„qituvchi), taqvodor (domla imom), Uchar (aslida Ko„char, tijoratchi) kabi
obrazlar xarakter xususiyatlari yuzaga kelgan o„zaro to„qnashuvlar ta‟sirida
ochilib, davrning muhim ijtimoiy-ma‟naviy muammolarini qamrab oladi. Voqealar
rivojida keskin tus olgan bahslashuv tijoratchi Ucharning alal-oqibat boshqalarga
yon bosishiga, ma‟naviy qiyofasida tub o„zgarishlar yasashiga asos bo„ladi.
“Abadiy nido” doston deyilgani bilan sahna ko„rinishlari, dialoglar
mavjudligi bois dramatikdir. Muallif tomonidan ko„tarilgan hayotiy muammolar,
ijtimoiy-axloqiy munosabatlar sabablari yuzaga kelgan ziddiyatlar tasviri
vositasida badiiy talqin qilinadi.
1
Хudoyberdiyev E. Аdabiyotshunoslikka kirish. –Т.: Sharq, 2008. – 310-bet.
2
Мuhammad Rahmon. Yo„l ko„rayotgan odam. Saylanma. –Т.: Sharq, 2010.
37
Tijoratchi ismi aynan uning hayot tarzi, fikrlashi va xatti-harakatlariga
monand Ucharga aylantirilishi bejiz emas. Shaxsiy manfaatni odamiylikdan ustun
bilgan Ko„charning hech narsadan tap tortmasligi, hatto qabristonlarni daromad
manbaiga aylantirish borasidagi tortishuvlari kuchli dramatizmni yuzaga keltiradi.
Uning qabristonlar kechasi tinch ko„ringani bilan o„g„rilar bu yerda tonggacha
qimorbozlik, giyohvandlik va fahsh ishlari bilan shug„ullanishi haqidagi fikrlariga
munosabat bildirishi orqali o„quvchilar tafakkuriga ta‟sir ko„rsatish, bu turdagi
asarlar tahlilida e‟tibor qaratish muhim bo„lgan jihatlar hisoblanadi.
Ucharning bunday qabihliklarga chek qo„yish uchun tuzgan “reja”siga
ko„ra, qabristonlar baland devorlar bilan to„silishi, ustidan tikanli simto„rlar tortilib
kuchli yoritgichlar o„rnatilishi, burchak-burchaklardagi vishkalarda o„ktam yigitlar
soqchilik qilishlari zarur. Dafn marosimida ulov, go„rkov, g„assol, hatto
go„yandalar bilan ta‟minlash xizmatini yo„lga qo„yish bilan kadrlar masalasi hal
qilinadi. Agar mozorlarda issiqxona bo„lsa, qishda ham do„konlardan gullar
arimasligi, haykal, sag„ana o„rnatish uchun sangtaroshlar sexini ishga tushirish,
eng sara joylarni kimoshdi savdosiga qo„yish “loyihasi” voqealarning shiddatli tus
olib, qahramonlar ruhiyatidagi portlashlarga sabab bo„ladi.
Tanqidchi H.Abdusamatovning “Dramaning asosiy pafosi mavjud eski
tartiblarni inkor etish, yangi paydo bo„layotgan ijobiy hodisalarni tasdiqlashga
qaratilgan. Yangi hodisalar konflikt jarayonida dramatik xarakterni rivojlantirishda
asosiy kuchga aylanib boradi”
1
, degan fikrlari isboti sifatida xulosa qilish
mumkinki, taqvodor, o„qituvchi, detektivning insoniylik haqidagi bahslashuvi
tijoratchi kayfiyatida sodir bo„lgan tub evrilishlar bilan natijalanadi. Asar
boshlanishida avtoulov signallarining ishga tushib ketishi voqealar davomida
necha bor takrorlanishi tasodifiy hodisa emasligi, balki ma‟naviy tanazzulga yuz
tutgan kimsalarga Yaratgan tomonidan yuborilgan ogohlantirish sadosi bo„lib,
niyati buzuqlikning o„zi katta gunohligini Uchar nihoyat tushunib yetadi.
Mashg„ulot chog„ida ovoz chiqarib o„qish tahlilning birinchi bosqichi
hisoblanadi. O„quvchilar tahlilning asosiy maqsadini aniq tasavvur qilishlari uchun
voqealar rivojini kuzatishlari, kulminatsiyani topishlari, to„qnashuvni belgilashlari,
qahramonlarning xulq-atvorini aniqlashlari kerak bo„ladi. Busiz dramatik asarni
idrok etish amalga oshmaydi.
Asarni aktlar va kartinalarga taqsimlash bilan bog„liq dramatik shaklning
o„zi ham o„qish chog„ida kichikroq tanaffuslar qilish, o„zaro fikr almashish
imkonini beradi. Alohida sahnalar birinchi va ikkinchi mashg„ulotlarda o„qiladi,
shundan so„ng obrazlar tahliliga kirishiladi.
Qahramonning dramatik xarakterini taftish qilish va baholashdan avval
o„quvchilar u haqda aniq tasavvurga ega bo„lishlari lozim. Shuning uchun ham
asarni o„qish paytida o„quvchilarda qahramonga nisbatan ma‟lum hislarni uyg„ota
olish kerak.
Birinchi aktni o„qigandan so„ng “O„zaro savol yo„llash”, “Tergovni
bilimdonlar olib boradi” texnologiyalaridan biri asosida suhbat o„tkaziladi. Suhbat
jarayonida ... sizga qanday ta‟sir etdi?, ... qanday xulosalar chiqarish mumkin?, ...
1
Аbdusamatov H. Drama – аdabiyotning gultoji. O„zbek adabiy tanqidi. –Т.: “TURON-IQBOL”, 2011. –87-bet.
38
o„rtasida qanday farq yoki o„xshashlik bor?, ...ning kuchli yoki ojiz tomonini
ko„rsating tarzidagi savollar qahramonlar xarakteriga yangicha qarash va baho
berish imkoniyatini yaratadi, o„tgan davrni tasavvur qilishga o„rgatadi.
Tahlil o„quvchilar tomonidan mustaqil ishlarni bajarish bilan yakunlanadi.
Ularda asar yuzasidan aniq tasavvurlar uyg„otiladi, nuqtai-nazarlar shakllantiriladi.
O„qish va suhbat chog„idagi kuzatishlar asosida qahramon haqida muayyan
xulosalar chiqarish uyga vazifa tarzida beriladi.
Dramatik asarni tahlil qilish bilan bir paytda o„quvchilar personajlarning
nutqi ustida ham ishlaydi. So„z talaffuzi ustida ishlash, nutq maromi va sur‟atiga
amal qilish, mantiqiy urg„uni to„g„ri qo„yish, monologik nutqni dialogik nutqqa
aylantirib og„zaki hikoyalash – dramatik obrazni ochib berishning muhim
vositasidir. O„quvchilardan jiddiy tayyorgarlikni talab qiluvchi teatrlashtirilgan
rolli ko„rinishlarni sahnalashtirish ishning yakuniy bosqichi hisoblanadi.
Personajlar guruhi tahlili qahramonlarning asosiy xususiyatlarini ochib
beruvchi umumlashtiruvchi xulosalar chiqarish yo„li bilan amalga oshiriladi.
Xulosalardan asosiy fikrlar ajratib ko„rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: |