Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil book · January 022 citations reads 10,542 author



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/49
tarix06.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#126024
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   49
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333

vaqtdagi yarim vayrona xonasida o„yga cho„madi. Necha daf‟a buyuk rasadxona 
xarobalarini titroq va hayajon bilan ko„zdan kechiradi”
1
. 
Asar yaratilgan vaqt va voqealar kechgan davr o„rtasidagi tafovutlarni 
sharhlash jarayoni nafaqat o„tmishga qaytishga, balki hozirgi kunning eng dolzarb 
muammolarini yoritishni ham taqozo etadi. Jumladan, Mirzo Ulug„bek, Qozizoda 
Rumiy, Ali Qushchi kabi tarixiy shaxslar; qadimgi Movarounnahr, Shohruhiya, 
Xuroson davlatlarining geografik joylashuvi; “Kitob ush-shifo”, “Kitob un-najot”, 
“al-Qonun al-Ma‟sudiy” nomli benazir bitiklarga beriladigan sharhlar 
o„quvchilarda yurtimiz o„tmishi, ajdodlar ilmiy merosi haqida tushunchalar hosil 
qilibgina qolmay, mavzu yuzasidan kichik ilmiy izlanishlar olib borishga poydevor 
vazifasini o„tashi, shubhasiz. 
Adib tarixiy sharoit, qahramonlar turmush tarzi, muomala madaniyati, joy 
nomlari, liboslar, ilm-fanga oid ayrim atamalarni o„quvchiga yetkazishda qo„llagan 
eski o„zbek adabiy tili fonetik xususiyatlari, leksik boyliklari, stilistikasi ko„p 
hollarda sharhlashni talab etadi. Xususan, Qalandar Qarnoqiy monologini 
sharhlash orqali ajdodlarimiz ma‟naviyati, tafakkur tarzi va ijtimoiy munosabatlar 
1
Аbdurahmonova U. Butun borliq ijodxona. //Til va adabiyot ta‟limi. –T.: 2014, №10. – 47-bet. 


68 
yuzasidan tegishli xulosa chiqarish imkoni yuzaga keladi. “Gunohkor bandangni 
kechirgaysen, ey parvardigori olam! Faqir bu bebaqo dunyo lazzatlarini tark etib, 
haq yo„lini tanlaganda tariqat o„rniga bunday nopok yumishlar qilamen deb 
o„ylagan edimi?.. Mavlono Ali Qushchi betavfiqmi yo imoni barkamol bandangmi 
– buni bu takabbur shayx qaydin bilur, tangrim?”
1
.
Epizod, parcha o„qilganidan so„ng muallif g„oyasi, tasviriy ifoda vositalarini 
ochib berishga qaratilgan to„la sharh beriladi. 
Sharhlab o„qish usulidan asar matni yuzasidan savol tuzish, ayrim epizod va 
sahnalarni ifodali o„qish, qalamga olingan muammolar bo„yicha bahs-munozara 
tarzida ham foydalanish mumkin. Sharhli o„qish tahliliy xususiyatiga ega bo„lgan 
suhbatga ancha yaqinlashadi. 
Adabiyot o„qitish metodikasida o„quvchilarning lug„at boyligini oshirib 
borish va so„zga nisbatan ongli munosabatda bo„lish taqozo qilinadi. So„z ustidagi 
ish aniq adabiy material asosida olib borilishi va o„quvchiga asarni tushunishga 
yordam berishi lozim. Masalan, “...O„rmondan doim anbar nasimi esib turar, 
tuprog„idan ham anbar isi anqib turar, sandal-u, obnus, sandarus, shabah kabi 
xushbo„y daraxtlar u erda serob edi”
2
. Anbar – kitsimonlar tanasidan olingan 
xushbo„y modda. Sandal – tanasi qora-sariq rangli, xushbo„y hid taratuvchi 
daraxt
3
Obnus – qora daraxt
4
kabi. 
Sharhlash chog„ida so„z ustida ishlashning metodik usullari va shakllarini 
tanlashga ijodiy yondashuv badiiy asarni to„laqonli tushunishiga xizmat qilishi 
kerak. Masalan,
9-sinfda
“Alpomish” dostoni qahramonlari ma‟naviy dunyosiga 
munosabat bildirilayotganda amalga oshirilgan sharh u yoki bu voqelik yuzasidan 
o„quvchida tasavvur uyg„otishga yordam beradi. Xususan, Boysarining qavm-
qarindoshlaridan bezib, begona yurtlarda sargardon bo„lishiga sabab bo„lgan zakot 
voqeasi, tabiiyki, sharhlash talab qiladi.
O„g„li Hakimbek bilan saxiylik fazilati va ziqnalik qusurlari haqida 
suhbatlashib o„tirgan Boybo„rida ukasini yot odatlardan asrash istagi tug„iladi. Shu 
suhbat bahonasida inisiga odam yo„llab, o„z ixtiyori bilan zakot berishini so„raydi. 
Ma‟lumki, islom dinida mulkdor musulmonlar mol-mulki va daromadining 
qirqdan bir ulushi miqdorida olinadigan diniy soliqqa zakot deyiladi. Nabiy 
sollalahu alayhi vasallamning: “Qarindoshlariga zakot bergan odamga ikkita savob 
tekkaydir – biri qarindoshlariga oqibat qilgani uchun, ikkinchisi – zakot bergani 
uchun”
5
, – deyishlari bejiz emas, albatta.
Noo„rin izzat-nafsdan ko„ngil ko„zi xira tortgan Boysari o„z tug„ishgani asl 
maqsadini anglashda ojiz qoladi. Oqibatda nafaqat oilasi, balki butun 
qabiladoshlari ham anchagina ko„ngilsizliklarni boshidan kechirishga majbur 
bo„ladi. Dostonda zakot voqeasi syujetni harakatlantiruvchi asosiy vosita bo„lib, 
qahramonlar boshidan kechirgan turfa sarguzashtlarni yuzaga keltirgan.
1
Yoqubov О. Таnlangan asrlar. II jild. –Т.: Sharq, 2007. – 71-bet. 
2
Аlisher Navoiy. Хаmsa. Qisqartirib nashrga tayyorlovchi А.Hojiahmedov. –Т.: Yangi asr avlodi, 2013. –268-bet.
3
Berdak Yusuf. Mumtoz adabiy asarlar lug„ati. –T.: Sharq, 2010. 
4
Navoiy asarlari uchun qisqacha lug„at. Тuzuvchi B.Hasanov. –Т.: Fan, 1993. 
5
Ahmedov S. va boshq. Umumiy o„rta ta‟lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik. –T.: Sharq, 2011. –30-bet.


69 
Sharhlash o„quvchida insonlarni ezguliklarga chorlovchi ayrim an‟ana va 
qadriyatlar mohiyati haqida yangi bilimlarni o„zlashtirish, qahramonlar xatti-
harakatlaridan xulosa chiqarish ko„nikma va malakalarini shakllantiradi. 
Badiiy asarlarda sharhlashni talab qiladigan so„zlar ko„plab uchraydi. 
Bunday paytda o„qituvchi sharhiga illyustratsiya ilova qilinsa, tushunish 
osonlashadi. Masalan, “Xamsa” dostoni qahramonlari, “Boburnoma”da hayvonot 
va nabobat olami, Uvaysiy chistonlariga ishlangan miniatyuralar, qomuslar, 
lug„atlardan foydalanish o„quvchilarning aqliy faoliyatini o„stirish, kuzatish 
ko„nikmasini rivojlantirishga yordam beradi.
Slaydlar, hujjatli, o„quv va ilmiy-ommabop filmlar singari statik ko„rgazmali 
qurollar leksik sharh uchun mos keladi. Namoyishdan maqsad o„quvchilarga asar 
matnida uchrashi mumkin bo„lgan qator so„zlarning ma‟nosini izohlash orqali 
tasavvuri va nutqni o„stirishdir. 
Matn ustida ishlash jarayonidagi sharh kontekst izohning lo„ndaligi va 
ko„rgazmaliligini ta‟minlash, ayrim so„zlarning semantiklashuvini o„z ichiga oladi. 
Eskirib qolgan so„zlar bilan yonma-yon zamonaviy shaklini yoki sinonimini berish 
qiyin emas. Oddiy umumxalq tilidagi so„zlar izohlanishi, ko„p ma‟noli so„zlar yoki 
iboralar ta‟kidlanishi mumkin. Ayniqsa, mumtoz va tarixiy asarlarni o„rganish 
jarayonida bu talablarning ko„zda tutilishi o„quvchilarning matn mazmunini 
tushunish, davr ruhini his qilish, til xususiyatlarini o„rganishga bo„lgan 
qiziqishlarini oshiradi. Xususan, Boborahim Mashrab g„azallari tahlilida notanish 
so„zlarga jadval tuzilib, ularning ma‟nolari qomuslar, izohli yoki mumtoz asarlar 
lug„atidan izlansa, so„zlarning etimologiyasi va leksikasi yuzasidan ham ma‟lum 
darajada tadqiqotchilik faoliyati yo„lga qo„yiladi.
 
Xonavayronlar bilur aftodalarning holini, 
Eyki, mahram bo„lmasang, chashmi tarimni kavlama
1

№ Izohtalab so„z 
Qaysi tildan olingan 
Ma‟nosi 

Aftoda 
forscha 
Notavon, zaif; bechora. 

Mahram 
arabcha 
Yaqin, sirdosh, ulfat; xizmatkor, 
kanizak. 

Chashmi tar 
forscha 
Yoshli ko„z, namli ko„z
2

Sinfdan tashqari o„qish mashg„ulotlarida badiiy asar yoki undan parchalar 
o„rganishning yakuniy bosqichida leksikani sharhlash elementlari bilan suhbat 
o„tkazish matn mazmunini chuqurroq o„zlashtirishga yordam beradi. 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin