Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil book · January 022 citations reads 10,542 author


Sinfdan tashqari o„qish mashg„ulotlarida suhbat



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/49
tarix06.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#126024
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   49
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333

 Sinfdan tashqari o„qish mashg„ulotlarida suhbat. Suhbat jarayonida 
adabiy material mohiyati o„qituvchi bergan savollarga o„quvchilarning javoblari 
orqali ochib beriladi. Metodist olima Q.Husanboeva har tomonlama puxta tuzilgan 
savollar mazkur metodning muhim xususiyati ekanligini alohida e‟tirof etgan holda 
1
Boborahim Mashrab. Dilim daryoi nurdur. –T.: G„afur G„ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2004. – 13-
bet. 
2
Berdak Yusuf. Mumtoz adabiy asarlar lug„ati. –T.: Sharq, 2010. 


70 
“tafakkurning bilmaslikdan bilishga, bilishning chalaligi yoki noaniqlikdan to„liq 
va aniq shakliga o„tkazadigan samarali vosita”
1
sifatida baholaydi.  
Mashg„ulotga tayyorgarlik chog„ida savollarning xususiyatini o„ylab 
ko„rish, maqsadini aniqlab olish muhim. Suhbat mantiqiy izchilligi, aniqligi va 
mazmuni bilan ajralib turadi. Savollar o„rganilayotgan asarni anglashga 
yo„naltirilishi, o„quvchilar faoliyatini jadallashtirishi, mustaqil xulosa chiqarish va 
umumlashtirishga harakat qildirishi lozim. 
Yangi materialni o„rganish, mustahkamlash va umumlashtirish jarayonida 
uyushtiriladigan suhbat o„quvchilarning bilim darajasini baholashga yordam
beradi. 
Ulug„bek Hamdamning 8-sinflarga mustaqil o„qishga tavsiya etish mumkin 
bo„lgan “Na‟matak” mini romani butun borliq sinoatlarini o„zida jo etgan Ism, 
uning mohiyatini anglatish muammosiga bag„ishlangan. “Har qanday hikmatning 
ibtidosida fikr turadi, fikr o„zlashgach, hikmat maqomlarining pillapoyasi 
boshlanadi. Maqomlar hududiga o„tgan shaxs oqimlar shamolida g„ildirab 
ketavermaydi, har on, damning ASL mazmunini uqib, Ismlar siriga boraveradi”
2

Asar yuzasidan quyidagicha savollar tuzish adib g„oyasi, maqsad-
muddaosini tushunishga imkon yaratadi:
1. Na‟matak obraziga qanday g„oya singdirilgan? (Insonning O„zligini 
anglashi)
2. Bobolar o„rtasidagi nifoqning asl sababi nimada edi? (Nafs)
3. Ajdodlar adovatiga nima barham beradi? (Avlodlar muhabbati) 
4. Inson qachon Asliga yetishadi? (Ismini topganida) 
5. Asarda qo„llanilgan hikmatning kaliti qaysi satrlarga yuklangan? 
(“Qanday ko„z-la boqsa, odam olamga, shunday javob aylar olam odamga, degan 
ekan donishlar, degan ekan, degan, to„liq hukm shaklida)
3

Suhbat chog„ida muomala madaniyatiga o„rgatish ham o„quvchilarni 
axloqiy-estetik tarbiyalashga xizmat qiladi. 
Ta‟kidlash joizki, o„qituvchi muammoli vaziyatlar yaratishga yo„naltirilgan 
dastlabki savollardanoq asarda qo„yilgan asosiy muammo mohiyatini ochishni 
nazarda tutishi zarur. O„quvchilar javobini o„z vaqtida umumlashtirish, aniqlik 
kiritish va to„ldirishga qaratilgan suhbat o„qituvchidan alohida diqqat-e‟tibor talab 
etadi. 
Suhbat erkin bahs-munozara tarzida o„tkazilib, jarayonda o„quvchi 
javoblariga mustaqil fikrlash sifatida qaraladi: unda tezis (isbotlanayotgan narsa) 
va isbot bo„ladi. Agar o„quvchi o„rganilayotgan asar janrini aniqlashga doir 
savolga javob berish topshirig„ini olgan bo„lsa, eng avvalo, tezis tarzidagi fikrini 
aytishi kerak. O„quvchining izohi, isbotlari uning haqiqiy bilimini aniqlashga 
yordam beradi. 
1
Husanboyeva Q. Adabiyot – ma‟naviyat va mustaqil fikr shakllantirish omili. –T.: Alisher Navoiy nomidagi 
O„zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009. – 119-бет.
2
Ulug„bek Hamdam. Na‟matak. //Sharq yulduzi. –Т.: 2013, №3. – 93-bet.
3
Тurdimov Sh. Ismdagi sir. //Sharq yulduzi. –Т.: 2013, №3. – 96-bet.


71 
O„quvchini baholashda javobning to„g„riligi, fikrini izchil bayon etishi, 
o„rganilgan materialni tushunish darajasi (isbot uchun keltirgan fikrlarining 
aniqligi) hisobga olinishi zarur. 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin