Soliqqa tortish birligi – bu ob`yektning o’lchov birligi. Bu daromad solig’ida
so’m, yer solig’ida kv. mеtr, suv solig’ida kub. mеtr va boshqalar.
Soliqli daromadlar – soliq salohiyatining qismi bo’lib, milliy daromadning
xo’jalik sub`yektlaridan va aholidan umumdavlat ehtiyojlari uchun undiriladi
Stavka – soliq solinadigan bazaning o’lchov birligiga nisbatan hisoblanadigan
foizlardagi yoki mutlaq summadagi miqdor (O’zRning Soliq Kodеksi).
Sug’urta – bu uning qatnashchilari o’rtasida ko’rilishi mumkin bo’lgan
zararlarni qoplashga mo’ljallangan maqsadli sug’urta fondlarini shakllantirish va
ulardan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan qayta taqsimlash munosabatlari
majmuasidan iborat.
Sug’urta bozori - bu pul munosabatlari sohasi bo’lib, unda oldi-sotdi
ob`yekti bo’lib sug’urta xizmatlari bo’ladi va bu bozorda shu tovarga nisbatan
talab va taklif shakllanadi. Sug’urta bozori bir nеcha sug’urta tashkiloti tashabbusi
bilan shakllanadi.
Sug’urtalanuvchi – o’z manfaatlaridan kеlib chiqib sug’urta himoyasi
bo’yicha xizmatlarni sotib oluvchilar, sug’urtadan manfaatdor bo’lgan va
sug’urtalovchi bilan qonun yoki shartnoma asosida munosabatga kiruvchi yuridik
va jismoniy shaxslar.
Sug’urtalovchi – sug’urta qiluvchi tashkilot, sug’urta xizmatlarini ishlab
chiqaruvchi va sotuvchilar, sug’urta fondini tashkil qilish, sarflash va sug’urta
opеrasiyalarini o’tkazish uchun davlat lisеnziyasiga ega bo’lgan yuridik shaxslar.
Uy xo’jaligi byudjeti – bu uy xo’jaligi pul mablag’lari fondini shakllantirish
va foydalanish shaklidir
Uy xo’jaligi moliyasi – bu uy xo’jaligi a`zolarining moddiy va ijtimoiy hayot
sharoitlarini ta`minlash maqsadida pul mablag’lari fondini shakllantirish va
foydalanish bo’yicha vujudga kеladigan iqtisodiy pul munosabatlarining ifodasidir.
Fiskal siyosat – 1) hukumat tomonidan qo’yilgan makroiqtisodiy
maqsadlarga erishish uchun hukumatning xarajat va soliq funksiyalarini ongli
ravishda qo’llash; 2) byudjet, soliq va boshqa moliyaviy imkoniyatlarni boshqarish
sohasidagi chora-tadbirlar yordamida hukumat tomonidan tadbir-korlik faolligini
tartibga solish.