88
tushunadilar. Ular kattalarning oiladagi uy-ro‘zgor ishlariga zo‘r
ishtiyoq bilan
yondashadilar
,
kichkintoylar uchun qog‘ozdan, kartondan, faner va plastilindan turli
o‘yinchoqlar yasaydilar. Pedagogik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilingan mehnat faoliyati
bolalarning har tomonlama ya’ni ham jismoniy,
ham psixik, ham estetik, ham axloqiy
tomondan barkamol rivojlanishlariga juda katta ta’sir qiladi. Bog‘cha bolalari biron o‘yin,
ta’lim yoki mehnat faoliyatlari bilan mashg‘ul bo‘lar ekanlar, ular harakatlarining asosida
ma’lum motivlar, ya’ni ularni harakatga soluvchi mayllar yotadi. Kichik bog‘cha yoshidagi
bolalarning xatti harakatlari ko‘proq shu xatti-harakatlar amalga oshirilayotgan sharoitga
bog‘liq bo‘ladi. Ular xatti-harakat motivlarini anglab ham yetmaydilar. Shuning uchun
ko‘pincha o‘zlariga mutlaqo hisobot bermay ma’lum bir vaziyatda u yoki bu xatti-harakatni
amalga oshira boshlaydilar.
Shunday qilib, butun bog`cha yoshi davrida mehnat va oʼyin oʼzaro bog`liq holda
kechadi, biroq har qanday holda ham bolalar mehnatini oʼyinga aylantirish, ularning farqini
yoqqa chiqarish noto`g`ri boʼlar edi. Tarbiyachilar va ota-onalar ta`sirida
asta-sekin bolalar
mehnati oʼz vazifasi, mazmuni, metodi va tashkil etilishi bilan mustaqil faoliyat sifatida
ajratib boriladi.
Mehnatda uning beradigan samarasi faoliyatning majburiy, tarkibiy qismi hisoblanadi.
Аmmo bolalar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishda mehnat natijasiga bolalarda mehnatga
havas hissini tarbiyalash uchun yordam beradigan pedagogik omil deb qarash kerak.
Mehnatda natijaga erishishda mehnat malakalarini shakllantirishda pedagogning va bolalar
oʼrtoqlarining bahosi va oʼziga-oʼzi baho berishi katta ahamiyatga ega. Bolalar yasagan
buyumlar oʼyin va mashg`ulotlarda qoʼllanilsa, ular oʼzlari yasayotgan buyumlar yanada
sifatli boʼlishiga intiladilar. Maktabgacha tarbiya yoshi davrida bolalarning yoshi ulgayishi
bilan mehnat sabablari ham oʼzgarib boradi. Lekin biron ishni mustaqil bajarganlaridagina
oʼz mehnatlari boshqalar uchun foydali ekanligini ongli ravishda bilib oladilar.
Masalan, onalar va buvilar uchun 8 martga sovg`a
tayyorlash, kichik guruh bolalari
maydonchasini yig`ishtirishga yordamlashish, yirtilgan kitoblarini yamab berish konsert va
teatr qoʼyib berish va boshqalar bolalarda mehnatning muayyan natijasiga intilish uyg`otadi,
faoliyatning ijtimoiy sabablarini anglatib, mehnatga havasini, ishni bajarishda bolalarning
oʼz oldilariga qoʼyadigan talablarini oshiradi.