2-ma'ruza: Deformatsiyalangan metall strukturasi va xossalariga
kizdirishning ta'siri.
Ma'ruzaning rejasi:
1.
Kuchlanishlarni turlari.
2.
Metallarning elastik va plastik deformatsiyalanishi.
3.
Metallardagi o`taplastiklik
4.
Metallarning yemirilishi.
Tayanch so`zlar va iboralar:
Plastik deformatsiya, kuchlanish turlari, siljish yuzalar, naklyop, dislokatsiya zichligi, yemirilish
turlari, deformatsiyalangan struktura, polikristallardagi plastik deformatsiya.
Kuch ta'siri ostida metall jismlarining o`z formasini o`zgartirishga deformatsiyalanish
deb ataladi. Metallarni deformatsiyalanishi faqat tashqi kuch ta'siridagina ro`y bermasdan balki,
metallar faza o`zgarishida hajmini o`zgarishi yoki temperaturani beqaror o`zgarishi ta'sirida ham
ro`y berishi mumkin.
Kuchlanish (zo`riqish) bo`ylama kuch ta'sirida bo`lsa =P/Ғ MPa bo`ladi.
Lekin, odatda ta'sir etayotgan kuch P yuziga (Ғ) perpendikulyar bo`lmaydi, balki biror bir
burchak ostida ta'sir qiladi. Ana shuning uchun kuchlanish ikki turga bo`linadi, ya'ni normal (^)
hamda urinma (t) kuchlanishga. Normal kuchlanish cho`zilishda ham, siqilishda ham hosil
bo`ladi.
Deformatsiya momentiga mos kelgan yuzaga nisbatan kuchlanish sof kuchlanish deb
ataladi. Deformatsiyadan oldingi yuzaga nisbatan kuchlanish esa shartli deb ataladi.
Kuchlanish metall deformatsiyalanayotganda bir xil hajm bo`yicha tarqalmaydi.
Kuchlanishni notekis taqsimlanishiga ataylab teshilgan ariqchalar (nadrez) darzlar, materialning
ichki nuqsonlari geometriyadagi beqaror o`zgarishlar, teshikchalar ta'sir ko`rsatadi. Ana shunday
nuqsonlar (nuqsonlar) kuchlanishi ma`lum joyda kuchaytirishga (oshirishga) olib keladi. Lekin
qancha nuqson kichik bo`lsa, kuchlanishini to`planishi shuncha katta bo`ladi.
Kuchlanishni hosil bo`lishini har xil sabablari bo`lgani kabi, kuchlaiish ham vaqtinchalik, ya'ni
faqat kuch ta'siri paytidan keyin yo`qoladigai, yoki kuch ta'siri olingandan keyin ichki
kuchlanish sifatida metall ichida qoladigan bo`lishi mumkin.
Ichki qoldiq kuchlanishlar, faqat mexanik deformatsiya ta'siridagina paydo bo`lmasdan
balki metalni tez sovitish (isitish) natijasida yoki butun hajm bo`yicha notekis qizdirish (sovitish)
natijasida bo`lishi mumkin. Bunday qoldiq kuchlanishlar issiqlik yoki termik qoldiq
kuchlanishlar deb ataladi. Umuman kuchlanishlar kristallanish jarayonida ham hosil bo`lishi
mumkin yoki butun hajm bo`yicha struktura o`zgarishlari bir xil bo`lmaganda yoki metall
bir tekis deformatsiyalanmaganda ham ichki qoldiq kuchlanishlar mavjud bo`lishi mumkin.
Bunday ichki kuchlanishlarga strukturaviy yoki fazoviy ichki kuchlanishlar deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: