nuqsonlarni zichligini ko`paytirishga (lakatsiya va asosan dislokatsiya) olib keladi. Shuning
uchun metallarning beqaror holati naklyop holatidir. Agar sovuq holda plastik
deformatsiyalangan metallni qayta qizdirsak, xossalari avvalgi holiga qaytadi, agar
kattaroq temperaturaga qizdirsak, poligonlar va rekristallanish ro`y beradi. Ana shu protsesslarni
ko`rib chiqamiz.
Qizdirish temperaturasi hali ancha past bo`lganda Tk = (0,2-0,3) T.,r, qaytish protsessi
boshlanadi. Qaytish protsessida hali struktura o`zgarmasdan turib nuqsonlar hisobiga beqaror
holatidagi struktura mukammallashadi. Qaytish protsessida ikki hol bo`lishi mumkin. T = 0,27^
bo`lganda qaytishni birinchi bosqichi desa bo`ladi. Bunda nuqtaviy nuqsonlar son jihatidan
kamayadi, dislokatsiyalar qaytadan taqsimlanib yangi guruhlarni hosil qiladi. Naklyop natijasida
vujudga kelgan ortiqcha nuqsonlar (vakansiya, dislokatsion atom) dislokatsiya (1ta taqsimlanishi
natijasida kamayadi (dislokatsiyalar tomonidan yutiladi). Bundan tashqari, nuqtaviy nuqsonlar
(vakansiyalar) dislokatsiya harakati natijasida chegaraga chiqib yuk bo`lishi mumkin. Bunda
vakansiya dislokatsion atomlar bir-birlari bilan yeyilishib ketishi ham mumkin.
Plastik deformatsiyalangan metallarni qayta qizdirishda ro`y berayotgan bunday protsessi
metallarning rekristallanishi deb ataladi. Rekristallanish ham qaytish kabi ikki bosqichdan iborat.
Birlamchi rekristallanishda, ya'ni rekristallanishning birinchi bosqichida elementar
kristall yacheykasi mukammal bo`lgan yangi markaz (donacha) hosil bo`ladi. Bu markaz plastik
deformatsiya natijasida eng katta qiyshaygan (ya'ni ichki kuchlanish eng katta bo`lgan) joyda
mavjud bo`ladi, keyinchalik bu markaz qo`shni deformatsiyalangan uchastkadan atomlarning
o`tishi hisobiga o`sadi. Deformatsiyalangan-metallni qayta qizdirishda eski donachada ichki
kuchlanishlar kamayib, tiklanmaydi, balki uning o`rniga yangi donacha vujudga keladi. Shuning
uchu yangi donachalarning o`lchamlari va joylashish tartibi uski donachalarni o`lchamlari va
joylashish tartibidan beqaror farq qiladi. Birlamchi kristallanishi yangi bir tartibdla joylashgan
yangi donachalarning hosil bo`lishi bilan xarakterlanadi.
Yangi donachalarning hosil bo`lishi va dislokatsiya zichligining beqaror kamayishi metallda
yig`ilib kolgan ichki kuchlanishlarni kamaytirishgn olib keladi.
Etarli darajada deformatsiyalangan metallar termik tozalikka ega bo`lsa, rekristalizatsiya
topilgan 0,4 Ter boshlanadi (a. A. Botsvar qoidasi bo`yicha). Agar metall juda toza bo`lsa,
rekristallanish boshlanishi to (0,1-0,2) T
er
tushishi mumkin. Metall qattiq qotishmalari uchun
(0,5-0,6) T
er
gacha ko`tarilishi mumkin.
Naklyop holatila metallni to`la qizdirish uchun uni ancha yuqoriroq temperaturagacha
qizdirish kerak. Ana shu rekristalizatsiya katta tezlikda boradigan jarayonga rekristallizatsion
yumshatish deb ataladi.Birlamchi rekristalizatsiya tamom bo`lgandan keyin, qizdirishni davom
ettirsak, mayda yangi paydo bo`lgan domachalar eski donachalar hisobiga o`sadi. Bunday
protsessga yig`uvchi rekristalizatsiya deb ataladi Donachalarning o`sishiga asosiy sabab, juda
katta deformatsiyalangan yuza anergiyasi kamayishi deb qarash kerak
Metallarii plastik deformatsiyalash sovuqlayin va qizdirib bajarish mumkin. Bu qizdirish
temperaturasiga bog`liq. Agar deformatsiyalash uchun qizdirish temperaturasi rekristallanish
temperaturasidan past bo`lsa, sovuqayin plastik deformatsiyalash, agar katta bo`lsa, issiqlayin
plastik deformatsiyasi deb ataladi.
Nazorat savollari.
1.
Qaytish va poligonlash orasidagi farq nimada?
2.
Rekristallanish temperaturasi nimaga bog`liq?
3.
Birlamchi va yig`uvchi rekristallanish temperaturasi
va strukturasi orasidagi
farq?
4.
Sovuqlayin plastik deformatsiyalanish metall strukturasi va xossalari qanday?
5.
Qizdirish, issiq-deformatsiya deb nimaga aytiladi?
Adabiyotlar:
|1| 83-90 bet, |2| 81-86bog, |3| 74-79 bet, |4| 112-118 bet.