TOSHKENT KIMYO TEXNOLOGIYALARI
INSTITUTI
“YOQILG’I VA ORGANIK BIRIKMALAR
KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI” FAKULTETI
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Mavzu:
AVT qurilmasini loyhalash, Vakuum kolonnasini
hisoblash quvvat 1000000 T/Y(neft hisobida )
23-09 guruh
Bajardi: Tojiboyev A.U.
Raxbar: To’rayev T.
Toshkent-2013
Kirish
“…O’zbekiston amalda fors ko’rfazi, Kasbiy
dengizi havzasi va Tarim havzasining
neft va gazga juda boy konlari joylashgan
yarim xalqaning strategik markazidir”.
I.A.Karimov.
Jahondagi ilg’or iqtisodiy tadqiqot markazlarining ma’lum
qilishicha, XXI-asrda dunyo bo’yicha resurslar iste’moli sezilarli
ravishda o’sishi, bu birinchi navbatda iqtisodiyoti rivojlanayotgan
davlatlarda kuzatilishi mumkinligi haqida bashorat qilinmoqda.Bu
holat jahon energetika resusrlari bazasini qo’shimcha ravishda
rivojlantirishni talab etmoqda.
Shu bilan bir qatorda mustaqillikka erishganimizdan so’ng
prezidentimiz tashabbusi bilan neft mustaqilligiga erishildi.Shundan
so’ng bu sohaga alohida, chuqur e’tibor berila
boshlandi.Respublikamizning neft-gaz sanoati xalq xo’jaligining
asosiy bo’g’ini bo’lib, muhim energetika bazasi hisoblanadi.
Respublikamiz mustaqil bo’lgandan neft-gaz sanoatini
rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Ilgarigi o’z holicha ish
yurituvchi neft, gaz, neft va gazni qayta ishlash tarmoqlari yagona
tarmoq
–
“O’zbekneftgaz” milliy holding korporatsiyasiga
birlashtirildi.
Bukorporatsiyaningtarkibidaneftvagazniqaytaishlashbo’yichauch
tayirikkorxonaishlabturibdi. Bular : “O’zneftni qayta ishlash” davlat
sanoat birlashmasi, Sho’rtan va Muborakdagi gazni qayta ishlash
zavodlari, “O’zneftni qayta ishlash” birlashmasi tarkibiga Farg’ona,
Oltiariq va Buxorodagi neftni qayta ishlash zavodlari kiradi. Bu
korxonalar uchun xomashyo neft, gaz kondensati va tabiiy gaz
hisoblanadi. Gaz kondensatining kimyoviy tarkibi neftning kimyoviy
tarkibiga o’xshash bo’lib, faqat qaynash tempuraturasining oxiri bilan
farqlanadi. Shu sababli gaz kondensati va neftlar bir xil qurilmalarda
qayta ishlanadi.
Neft va gaz kondensatini qayta ishlash ikki xil yo’nalishda
amalga oshiriladi. Birinchisi yoqilg’i yo’nalishi. Buna neft va gaz
kondensatini atmosfera bosimining 360° C gacha qizdirib, ulardan
benzin, kerosin va dizel yoqilg’isi fraksiyalarini ajratib olinadi.
Qolgan og’ir qismi-mazutni katalitik kreking, termik kreking yoki
gidrokreking qurilmalariga berilib, qo’shimcha ravishda benzin,
kerosin va dizel yoqilg’isi olinadi.
Ikkinchi yo’nalish- yoqilg’i moylar olish yo’nalishdir. Bu yo’nalishda
neft va gazokondensatni yengil fraksiyalar olingandan so’ng, qoldiq
vacuum qismi- mazut ostida ishlovchi qurilmalarda turli fraksiyalarga
ajratilib ulardan har xil neft moylari olinadi.
Farg’on shahridagi zavod 1959-yilda ishga tushirilgan.Zavod
yoqilg’i –moy yo’nalishida ishlaydi.
Yengil fraksiyalar ajratib olingandan so’ng, og’ir qoldiq mazut
vacuum sharoitida ishlaydigan qurilmalarda har xil fraksiyalarga
ajratiladi. Har qaysi fraksiya aloxida – aloxida tozalanib, ulardan turli
moylar olinadi.
Hozirgi kunda zavvodda 30 dan ortiq texnologik qurilmalar
ishlab turibdi. Zavodda ilk bor yiliga 600 ming tonna neftni
haydaydigan AVt qurilmasi ishga tushirilgan, AVT qurilmalari
foydalanishga topshirildi. 1965-1968 yillarda yiliga 300 va 600 ming
tonna benzinni reforming etuvchi qurilmalar ishga tushirildi.
Zavodda Markaziy Osiyoda yagona moy ishlab chiqaruvchi blok
qurilgan. Yiliga 500 tonna tirli xildagi moylar, zarur moy mahsulotlari
bilan to’la ta’minlanadi.
Katalitik reforming qurilmalarida A
П-56, AП-64 markali
alyumoplatina katalizatori ishtirokida benzinni oktan soni ko’tarilar
edi. 1995-1997 yillarda
ЛЧ-35\11-600 qurilmasi Fransiyaning
“Prolaktizin” firmasi bilan hamkorlikda qaytadan ta’mirlangan.
Alyumoplatina katalizatorini o’rniga tarkibida reniy v aboshqa
metallar qoshilgan. H-582 va h-482 markali katalizatorlar joylandi.
Qurilmaning gidroochistka blokida ya’ni benzinni oltingugurtli
birikmalardan tozalash uchun alyumokobaltmolibden katalizatori
o’rniga HK-306 katalizatori joylanadi.Buning natijasida zavod
tarkibiga tetraetilsvint (TEC) qo’shilmagan turli xil uiqori oktan sonly
ekologik toza avtomobil benzinlarini ishlab chiqarish imkoniyatiga
ega bo’ldi.
Zavodda dizel yoqoilg’isini gidroochistka etadigan qurilm ayo’q
edi. 1997-1999 yillarda Yaponiyaning “EKDKO, LTD” va “Toyo
injiriring korporeshn” firmalari bilanhamkorlikda yangi qurilma ishga
tushirildi. Hozir zavod kam oltingugrtli ekologik toza dizel yoqilg’isi
ishlab chiqarmoqda.
Shunday qilib, Respublikamizning “O’zneftgaz” holding
shaklidagi milliy korporatsiyaning korxonalari mamlakitimizning xalq
xo’jaligining tarmoqlarining sifatli neft va gaz mahsulotlari bilan to’la
ta’minlanmoqda.
Chetdan bu mahsulotlar olib kelinmaydi. Yuqorida neft va gz
kondensati bir xil texnologik qurilmalarda qayta ishlanadi deb aytib
o’tgan edik. Shu sababli bizning loyiha ishimiz farg’ona neftni qayta
ishlash zavodining asosiy texnologik qurilmalariga
asoslangan.Oltiariqdagi zavodda mazutni termik kreking jarayoniga
berilib mazutdan qo’shimcha ravishda yengil fraksiyalari olinadi.
Neftdan olingan benzin fraksiyasini oktan soni 55-60 ga
teng.Uni avtomobilllarda ishlatib bo’lmaydi.
Benzinni katalitik reforming qilish qurilmalarida oktan sonini
oshirilib, undan sifatli mahsulot olinadi.
Neftdan olingan kerosin va dizel yoqilg’isi fraksiyalarini
tarkibida oltinguggurt birikmalari ko’p. ularni gidroochistka
jarayoniga berilib, merkaptanlar va boshqa birikmalardan tozalanadi.
Vacuum sharoitida ishlaydigan kolonnadan olinadigan moy
fraksiyalarini har qaysisini alohida –alohida qayta ishlanadi.
Birinchi navbatda ularnitarkibidagi aromatic uglevodlardan va
smolasimon birikmalar ajratib olinadi. Keyin yuqori molekulali qattiq
parafinlar ajratib olinadi.
Dostları ilə paylaş: |